35-tajriba. Fenolning suvda eruvchanligi
Reaktiv va materiallar: fenol kristallari; lakmus qogozi, probirkalar.
Probirkaga 1 g fenol soling va unga 2 ml suv quying, ularni aralashtiring.
Eritma tindirilgach, ikki qatlam hosil bo’ladi: pastda suyuqlangan ortiqcha
fenolning qizil rangli eritmasi hosil bo’ladi. Fenol sovuq suvda yomon eriydi.
Probirkani ichidagi aralashmasi bilan asta-sekin qizdiring, bunda bir jinsli eritma
hosil bo’ladi. Eritmani soviting, u yana loyqalanadi. Harorat ko’tarilganda
fenolning suvda erishi ham , suvning fenolda erishi ham oshadi va 68
о
С da ular har
qanday nisbatda bir-biri bilan aralashadi. Fenol emulsiyasining lakmusga ta`sirini
kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: |