Tipologik guruhlash yordamida to`plamning turli xildagi birliklari sifat
jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Xalq xo`jaligini
tarmoqlarga bo`lish, aholini sinflarga bo`lib o`rganish, qishloq xo`jaligini jamoa
va ijara, shaxsiy xo`jaliklar miqyosida o`rganishlar tipologik guruhlashlarga
misol bo`la oladi.
Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil
bo`lgan guruhlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to`plam
tarkibi o`rganiladi. Bunday guruhlashlar yordamida aholining milliy, jinsik
tarkibi, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |