Analitik guruhlash yordamida hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish
o`rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bo`yicha amalga
oshiriladi. Masalan, ishchi malakasining oshishi (omil belgi) mehnat
unumdorligining (natijaviy belgi) oshishiga olib keladi.
Ikki va undan ortiq belgilar bo`yicha amalga oshirilgan guruhlashlar
kombinatsion guruhlashlar deyiladi. Bunday guruhlashlar bitta belgi bo`yicha
bajarilgan guruhlashlarga qaraganda kengroq analitik xususiyatga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |