Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   208
Bog'liq
Statistika

 
12.2. Aholi soni statistikasi 
Statistikaning  eng  muhim  birlamchi  vazifalaridan  biri  aholi  sonini  va 
uning mamlakat hududlari bo`yicha joylashishini o`rganishdan iborat. YUqorida 
aytilganidek, aholi soni haqidagi asosiy ma’lumot manbai bo`lib, aholi ro`yhati 
hisoblanadi  va  u  aholi  sonini  ma’lum  kun  yoki  ma’lum  momentga  (kritik 
momentga)  nisbatan  ifodalaydi.  Ro`yhatlar  orasida  ma’lum  aholi  punktining 
aholisi  soni  avvalgi  aholi  ro`yxati  ma’lumotlari  va  aholining  joriy  hisobi, 
ularning tabiiy va mexanik harakati ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish yo`li 
bilan balans sxemasi bo`yicha aniqlanadi: yil oxiridagi aholi soni=yil boshidagi 
aholi  soni+yil  davomida  tug’ilganlar  soni+kelganlar  soni-o`lganlar  soni-yil 
davomida ko`chib kelganlar soni. 
A
1
=A
0
+T+K
el
-O’-K
et

Aholi  sonini  hisobga  olish  aholi  yashaydigan  punktlar  bo`yicha  amalga 
oshiriladi  va  u  doim  o`zgarib  turadi.  Aholi  xaqidagi  ma’lumot  tenglashtirilgan 
vaqt – kritik moment deb ataladi. 
Bunda  doimiy  va  vaqtincha  yashaydigan  aholi  sonini  bir-biridan  ajratish 
lozim. 
Doimiy  yashaydigan  aholiga  -  hisob  o`tkazilgan  davrda  qaerda 
bo`lishidan  qat’iy  nazar  shu  aholi  punktida  ro`yhatdan  o`tgan  va  yashaydigan 
shaxslar kiradi. 
Bu  ko`rsatkichlarni  to`liq  hisobga  olish  uchun  vaqtincha  yo`q  bo`lganlar 
va vaqtincha yashayotganlar kabi ko`rsatkichlar bilan to`ldiriladi. 


 
116 
Vaqtincha  yashayotganlarga  doimiy  yashash  joyi  boshqa  punktda  bo`lib, 
hisobga  olinayotgan  vaqtda  shu  punktga  kelgan  shaxslar  (odatda  6  oydan 
oshmasligi kerak) tushuniladi. 
Vaqtincha  yo`q  bo`lganlar  doimiy  shu  punktda  yashab,  lekin  hisob 
vaqtida  vaqtincha  (odatda  6  oydan  oshmasligi  kerak)  boshqa  hududga  ketgan 
shaxslar tushuniladi. Lekin bu qoidadan ba’zi bir cheklanishlarga yo`l qo`yiladi. 
Masalan, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari talabalari amalda o`quv joylaridagi 
doimiy aholi soniga qo`shiladi. 
Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib 
turishi  sababli,  har  xil  ko`rsatkichlarni  hisoblash  maqsadida  statistikada 
aholining o`rtacha yillik soni aniqlanadi. 
Aholining  o`rtacha  yillik  soni,  odatda  aholini  yil  boshidagi  va  yil 
oxiridagi  sonini  hisobga  olgan  holda  o`rtacha  arifmetik  formula  bo`yicha 
aniqlanadi: 
2
1
0
A
A
A


 
Aholining  soni  bir  necha  teng  oraliqdagi  muddatlar  masalan,  choraklar 
bo`yicha  berilgan  bo`lsa,  u  holda  o`rtacha  xronologik  formula  bo`yicha 
aniqlanadi: 
1
2
1
...
2
/
1
3
2
1





П
A
A
A
A
A
П

Mamlakat  aholisi  uning  hududi  bo`yicha  joylanishi  nuqtai  nazardan 
shahar  aholisi  va  qishloq  aholisiga  bo`linadi.  SHahar  aholisiga  shaharlarda  va 
shahar  ko`rinishidagi  posyolkalarda  yashovchi,  qishloq  aholisiga  esa  qishloq 
joylarida  yashovchi  barcha  shaxslar  kiradi.  (Aholini  bunday  shahar  va  qishloq 
aholisiga  ajratishni,  ularni  ishlab  chiqarish  belgisi  bo`lgan  mehnat  xarakteriga 
qarab:  qishloq  xo`jaligida  va  unda  bo`lmagan  aholiga  ajratish  bilan 
almashtirmaslik  lozim).  U  yoki  bu  aholi punktini shaharga  kiritish qonun bilan 
belgilanadi. 
O`zbekiston  aholisi  soni  2004  yil  1  aprelda  25  670  ming  kishini  tashkil 
etdi.  Ularning  60  foizdan  ortig’i  qishloq  aholisi  tarkibiga  40  foizga  yaqini  esa 
shahar aholisi tarkibiga kiritilgan. 
Aholi umumiy soni bo`yicha O`zbekiston MDH davlatlari ichida Rossiya 
va  Ukrainadan  so`ng  uchinchi  o`rinda  turadi.  Aholi  zichligi  1  km

ga  54,4 
kishini  (2004  y.)  tashkil  etdi.  O`zbekistonda  Markaziy  Osiyo  mintaqasining  40 
foiz aholisi yashaydi. 
O`zbekistonning  o`ziga  xos  demografik  xususiyati  shundaki,  bu  erda 
aholining  o`sish  sur’atlari  yuqori.  Keyingi  yillarda  aholi  tabiiy  o`sishining  bir 
qadar pasayishiga qaramasdan, respublikamizda bu ko`rsatkich MDH davlatlari 
orasida eng yuqori ko`rsatkichlardan biri bo`lib qolmoqda. 
SHunday qilib:  
 
DA=MA-VYa+VY 
MA=DA+VYa-VY 
DA – doimiy aholi soni 
MA – mavjud aholi soni 
VY – vaqtincha yo`q bo`lgan aholi soni 
VYa – vaqtincha yashayotgan aholi soni 


 
117 
Masalan, «A» shahri bo`yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi): 
1) yil boshida mavjud aholi soni - 315 
2) shulardan vaqtincha yashayotgan shaxslar soni – 11 
3) vaqtincha yo`q bo`lgan shaxslar soni – 19 
4) yil oxirida shaharda doimiy yashovchilar soni – 307 
5) shulardan vaqtincha yashayotganlar soni – 12 
6) yil oxirida vaqtincha yo`q bo`lganlar soni – 18 
U holda:  
1) DA yil boshida=315-15+19=323 ming kishi 
2) DA yil oxirida=307-12+18=313 ming kishi 
3) DA soni o`zgarishi = - 10 ming ishi 
4) MA yil boshida=323+11-19=315 ming kishi 
5) MA yil oxirida=307+12-18=301 ming kishi 
6) MA soni o`zgarishi = - 14 ming kishi 
Bunda  aholining  yil  boshi  va  oxiridagi  ikki  xil  sonini  hisoblashdan 
maqsad,  har  xil  ijtimoiy-iqtisodiy  ko`rsatkchilarni  aniqlash  hisoblanadi:  ularga 
uy-joy, bog’cha-yasli, o`quv yurtlari binolari va kasalxonalarni qurishda har bir 
aholi  yashaydigan  punktning  doimiy  aholisi  sonidan,  shaxar  transportini 
to`xtovsiz  ishlashini  va  kunlik  oziq-ovqat  bilan  ta’minlash  maqsadida  mavjud 
aholi sonidan kelib chiqishi kerak. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoit 
aholining 
hududlar  bo`yicha  tarqalishini  va  ayrim  hudud  yoki  administrativ  birliklar 
bo`yicha  soni  va  zichligi  aniqlanadi.  Zichligini  aniqlash  uchun  shu  xududda 
yashovchi  aholi  sonini  hudud  kengligiga  (km
2
)  bo`lib  aniqlanadi.  Masalan, 
O`zbekiston bo`yicha  bu ko`rsatkich 2004  yilda o`rtacha  54,4 kishi (25,6  ming 
kishi/447,300  km
2
)ga  teng  bo`lgan.  Lekin  bu  ko`rsatkich  mamlakatning  ayrim 
xududlari bo`yicha bir-biridan keskin farq qiladi. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish