Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


 Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   208
Bog'liq
Statistika

12.1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti 
Aholi  (demografiya)  statistikasi  –  ijtimoiy-iqtisodiy  statistikaning  eng 
qadimgi  va  muhim  tarkibiy  qismi  bo`lib,  u  aholi  yashash  sharoitida  yoki 
hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va 
tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo`llaydi. 
U  ijtimoiy  fan  bo`lib,  o`zining  bilish  jarayonida  umuminsoniy  falsafa  va 
iqtisodiyot  nazariyasi  fanlariga  suyanadi  va  aholini  yashash  qonuniyatlarini 
miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va mexanik harakati, 
mamlakat hududlari bo`yicha joylanishi, takror paydo bo`lishi va uning ijtimoiy 
tuzilishi  xaqidagi  qonunlardir.  Ilmiy  ta’limotga  asosan  bu  qonunlar  zaminida 
jamiyatning  ishlab  chiqarish  munosabatlari  –  iqtisodiy  tuzumi  yotadi.  SHuning 
uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o`rganilishi kerak. 
Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o`z tarkibi bo`yicha har xil bo`ladi 
va  vaqt  o`tishi  bilan  o`zgarib  turadi.  SHuning  uchun  aholining  rivojlanish 
qonuniyatlari, uning tarkibini o`zgarishi va uning ko`p tomonlari konuret tarixiy 
sharoitlarni hisobga olgan holda o`rganilishi kerak. 
Mamlakatimizning  bozor  iqtisodiyotiga  o`tishi  tufayli  aholini,  jamiyatda 
ro`y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o`rganishga qiziqish 
yanada  ortib  bormoqda,  chunki  aholi  birinchidan  ishlab  chiqarish  jarayonining 
bevosita  ishtirokchisi  va  ikkinchidan  bu  jarayon  natijasining  iste’molchisi  xam 
hisoblanadi. 
Aholi  statistikasining  o`rganish  ob’ekti  ma’lum  hududda  yashovchi 
odamlar  jamoasi  hisoblanib,  ular  tug’ilishi  va  vafot  etishi  hisobiga  o`zini-o`zi 
tiklab  turadi.  Bunda  kuzatish  birligi  alohida  odam,  oila  yoki  uy  xo`jaliklari 
bo`lishi  mumkin.  Aholi  statistikasida  statistik  kuzatish  ob’ekti  bo`lib, 
odamlarning  xar  xil  to`plamlari  bo`lishi  mumkin:  barcha  aholi  (mavjud  yoki 
doimiy  yashovchi),  aholining  ayrim  guruhlari  (mexnatga  layoqatli  aholi, 
ishsizlar, nafaqaho`rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), 
yoshlar  yoki  aksincha,  yoshi  ulug’lar,  yil  davomida  tug’ilganlar  (yoki  boshqa 
davr  orasida)  yoki  vafot  etganlar  va  h.k.  Odatda  kuzatish  ob’ekti  va  birligi 
tadqiqot maqsadiga bog’liq holda tanlanadi. 


 
115 
Aholi  statistikasining  ma’lumot  manbalari  quyidagilardan  iborat:  aholi 
ro`yhati  –  aholi  xaqidagi  ma’lumotlarning  birinchi  va  asosiy  manbai  bo`ib,  u 
aholi haqida har tomonlama to`liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy 
aholi  ro`yxatini  o`tkazish  –  katta  mehnat  va  mablag’  talab  qiladigan  jarayon 
bo`lgani  uchun  BMT  statistik  hay’ati  uni  har  o`n  yilda  bir  marta  amalga 
oshirishni taklif qilgan. 
Ro`yhatga  olishlar  orasida  esa  mamlakatda  yuz  bergan  demografik  va 
ijtimoiy  jarayonlar  haqidagi  ma’lumotlarni  joriy  hisob  yoki  tanlama  kuzatish 
ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va mexanik harakati haqidagi 
ma’lumotlar asosida har bir xududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin. 
Aholini  statistik  o`rganish  natijalari  asosida  turli  xil  ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash; 
- aholini mamlakatning ayrim hududlari bo`yicha joylanishini (zichligini) 
tahlil qilish; 
-  aholi  tarkibini  (jisni,  yoshi,  millati,  ijtimoiy  holati,  ma’lumoti,  bandligi 
va h.k.) o`rganish; 
-  aholini  takror  paydo  bo`lishi  (tug’ilish,  vafot  etish,  tabiiy  o`sish, 
nikohdan o`tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o`rganish; 
-  aholi  migratsiyasi  (ko`chib  kelishi,  ko`chib  ketishi)  jarayonlarini 
o`rganish; 
- aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish