Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


Mavzu 11. IQTISODIY INDEKSLAR



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   208
Bog'liq
Statistika

Mavzu 11. IQTISODIY INDEKSLAR  
 
Reja:  
11.1 Indeks so`zining luaviy ma`nosi va qo`llanishi  
11.2.Indekslarning turlari va tasnifi  
11.3. Yakka indekslar va ularning turlari.  
11.4. Yakka indekslarning xossalari  
11.5. Vaznsiz umumiy indekslar  
11.6. Vaznli o`rtacha indekslar  
11.7. Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari  
11.8. Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari  
Tayanch iboralar: 
Iqtisodiy  indekslar,  individual  indekslar,  o`zgaruvchan  va  o`zgarmas 
tarkibli indekslar, hududlararo taqqoslash indekslari, umumiy indekslar, iste`mol 
baholari indeksi, YAIM deflyatori.  
 
11.1 Indeks so`zining luaviy ma`nosi va qo`llanishi 
Lotincha  indeks  (index)  so`zi  aynan  tarjima  qilinganda  alomat,  belgi 
degan  ma`noni  bildiradi.  Bu  so`zni  ko`pincha  «ko`rsatkich»  mazmunida  ham 
sharhlaydilar. 
Statistikada 
indekslar 
deganda 
maxsus 
iqtisodiy 
ko`rsatkichlar 
tushuniladi.  Ular  iqtisodiy  hodisa  va  jarayonlarni  o`rganishda  muhim  qurol 
hisoblanadi.  Statistik  indekslar  iqtisodiy  hodisalarning  rivojlanish  darajasini 
ko`rsatadi, ya`ni ular o`rganilayotgan 
hodisalarning umumiy hajmini ifodalamaydi, balki ularni qiyosiy jihatdan 
xarakterlaydi, o`zgarishini aniqlaydi. 
Indekslar  odatda  nisbiy  miqdor  shaklida  ifodalanadi.  SHunga  asoslanib, 
indekslarni  nisbiy  miqdorlar  deb  ta`riflash  darsliklar  va  ilmiy  asarlarda  keng 
tarqalgan.  Ammo  bunday  ta`rif  indekslar  mohiyatini  haddan  tashqari 
soddalashtirish, ularning sotsial-iqtisodiy hodisalarni bilish quroli sifatida roli va 
o`rnini tor doirada chegaralashdan boshqa narsa emas. 
Indekslarning  nisbiy  miqdorlarda  ifodalanishi,  ularning  mohiyatini 
namoyon  bo`lish  shakllaridan  biridir,  xolos.  Indekslar  nafaqat  nisbiy 
ko`rsatkich,  balki  shu  bilan  birga  o`rtacha  ko`rsatkichdir,  chunki  ular  o`rtacha 
o`zgarishlarni  ta`riflaydi.  Bundan  tashqari,  mutlaq  o`zgarishni  ham  ta`riflashi 
mumkin, chunki o`rtacha nisbiy o`zgarishda mutlaq o`zgarish ham o`z ifodasini 
topadi. 
Demak,  indekslar  murakkab  iqtisodiy  ko`rsatkichdir,  tabiatan  u  nisbiy, 
o`rtacha va mutlaq miqdorlarni o`zida birlashtiradi. 
Indekslarni  hisoblash  natijasi  odatda  nisbiy  miqdor  shaklida  ifodalansa-
da,  ammo  ular  mohiyatan  nisbiy  miqdorlardan  farq  qiladi.  Nisbiy  miqdorlarda 
asosiy  urg’u  va  e`tibor  taqqoslanayotgan  ko`rsatkichlarning  iqtisodiy  mohiyati, 
predmeti,  moddiy  jihatiga  qaratilmasdan,  balki  so`z  u  yoki  bu  jarayonda 
kuzatiladigan qiyosiy natija qanday hisoblanishi ustida boradi. 


 
100 
Indekslarda  esa  birinchi  o`rinda  solishtiriladigan  ko`rsatkichlarni 
shakllantirish, ularning predmetliligi, iqtisodiy mohiyatliligini ta`minlash turadi. 
Indeks  deganda  shunday  murakkab  ko`rsatkich  tushuniladiki,  u  iqtisodiy 
hodisalarning  ikki  yoki  undan  ortiq  holatiga  tegishli  ko`rsatkichlarini 
taqqoslama  bir  o`lchovli  ko`rinishga  keltirib,  ular  orasidagi  nisbatlar  orqali 
o`rganilayotgan hodisalarning o`zgarishini ifodalaydi. 
Bu  ta`rifda  «hodisalarning  ikki  yoki  undan  ortiq  holatlariga  tegishli 
ko`rsatkichlari»  degan  ibora  bekorga  ishlatilmagan.  Gap  shundaki,  ikki  yoki 
undan  ortiq  holatlar  orasida  ma`lum  jarayon  kechadi,  indekslar  esa  o`sha 
jarayonda  o`rganilayotgan  hodisalar  me`yorida  sodir  bo`lgan  o`zgarishlarni 
ifodalaydi. Hodisa holatlari zamonda yoki fazoda (tekislikda masalan, hududlar, 
mamlakatlar)  jihatidan  yoki  haqiqatda  erishilgan  va  normalashtirilgan 
(rejalashtirilgan,  optimallashtirilgan)  darajada  qaralishi  mumkin.  Demak, 
indekslar dinamik va statik jarayonlarda ro`y bergan o`zgarishlarni tavsiflaydi. 
Indekslar  mantiq  ilmi  (logika)ning  sintez va  analiz usullariga  asoslanadi. 
Hodisalar  to`plami  yoki  murakkab  hodisa  ayrim  elementlardan,  qismlardan 
tarkib  topadi,  ularning  o`zgarishlari  har  xil  me`yorlarda  kechadi.  Indeks  usuli 
ularni  bir  butunga  aylantiradi,  yaxlitlashtiradi  va  o`rtacha  o`zgarish  me`yori 
sifatida  shakllantiradi.  Demak,  indekslar  sintezlash,  umulashtirish  funktsiyasini 
bajaradi. 
Shu  bilan  birga  ular  natijaviy  hodisalar  o`zgarishida  boshqa  omil-
hodisalar  rolini  baholash,  ularning  hissasini  aniqlash  imkonini  beradi,  demak, 
indekslar analitik funktsiyani ham bajaradi. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish