Aylanma ishlab chiqarish fondlari
korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi
bo`lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o`zgartirib, o`z
qiymatini to`lig’icha tayyor mahsulot tannarxiga o`tkazadi. Shu sababli aylanma ishlab chiqarish
fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining
asosiy qismi hisoblanadi.
Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga xomashyo va materiallar zaxirasi,
yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i va energetika resurslari, qadoqlash va o`rov materiallari,
ehtiyot qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelajakdagi xarajatlarni kiritish mumkin.
Rejalashtirish, tizimli hisob va hisobotni tashkil qilish uchun qulaylik yaratish maqsadida
aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |