5.4. Aylanma mablag’lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona faoliyatidagi
ahamiyati
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy fondlar)
va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag’larga ham ega bo`lishlari zarur. Aylanma
mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga
mo`ljallangan pul mablag’laridan iborat. Aylanma mablag’lar, qoidaga ko`ra, korxonaning hisob
raqamida naqd pul ko`rinishida jamg’ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy
fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog’liq. Korxona qanchalik
katta va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko`p bo`lsa, aylanma mablag’lar
shunchalik ko`p talab qilinadi. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini
ta`minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
“Aylanma mablag’lar” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham ko`p
qo`llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo`jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi.
Mohiyatiga ko`ra, aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo`lib, uning
qiymati ishlab chiqarishning har bir siklida ishlab chiqarilgan mahsulotga o`tkaziladi hamda
ushbu tovarni sotgandan so`ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko`pincha korxonaning
pul mablag’lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag’lariga aylantiriluvchi
harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi.
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o`rniga ko`ra,
“aylanma mablag’lar” va “aylanma kapital” o`rtasida sezilarli farq yo`q. Korxona doimiy
kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xomashyo, yoqilg’i, energiya resurslari, yordamchi va
boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga
haq to`lashga bo`nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag’larga bo`lgan qo`shimcha
talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag’larga etarli tarzda ega
bo`lishi ularning me`yorl faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki,
ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xomashyo, material, yoqilg’i va energiya
miqdori mahsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmagan holda qanchalik kam bo`lsa, mahsulot shunchalik
arzonlashadi hamda aylanma mablag’lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi
yuqori bo`ladi.
Korxonalarning aylanma mablag’lari aylanma fondlari va muomala fondlariga
taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiy
buyumlashgan tuzilishidan tashqari, ishlab
chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki asosida amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida aylanma mablag’larga bo`lgan ehtiyojini aniqlashda
katta rol’ o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |