15-modda. Birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar
Birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan:
birja savdolarini o‘tkazish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin ko‘tarilishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
birja savdolarida talabning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bilan bog‘liq harakatlar taqiqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi birja savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |