1. Savdo markalari raqobati. Bunda raqobatdosh-raqib sifatida taxminan bir narxda va o’xshash mahsulot (xizmat)larni etkazib beruvchi kompaniyalar tushuniladi. Misol uchun “Neksiya” avtomobillari uchun, bu o’rtacha narxlar chegarasi “Espera” yoki “Lada” avtomobillari bo’lishi mumkin, ammo «Mersedes-Benst» va «Alfa Romeo» avtomobillari o’rtacha narxlarini «Neksiya» avtomobillari o’rtacha narxlari bilan solishtirib bo’lmaydi.
2. Tarmoq raqobati. Kompaniya, u bilan bir xil yoki shu turkumga kiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi barcha kompaniyalarni raqobatdosh sifatida ko’radi. Bunda “Neksiya” uchun barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar raqobatdosh sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |