1
2
3
97
ta`kidlanganidek, zamonaviy va istiqbolli avtomobil benzinlarida aromatik
uglevodorodlarning borligi bo`yicha – miqdori bo`yicha ham, bevosita benzol
bo`yicha ham qattiq talablar qo`yilyapti.
Uglevodorodlarni benzindan xromotografik ajratish uslubiyoti
Buning uchun 3.11-rasmda keltirilgan laboratoriya qurilmasi yig`iladi. 0.25-
1.00 mm fr. adsorbentlar qo`llaniladi.
1-shisha kolonka, 2-adsorbent, 3-yig`gich.
3.11-rasm. Benzin uglevodorodlarini adsorbsion ajratish uchun laboratoriya
qurilmasi.
Jo`mrаkli shisha xromotografik kolonkaga oldindan degidratlangan va neft
sorbatlari bo`yicha uning sorbsion sig`imi aniqlangan sorbent solinadi.
Kolonkaning bo`sh qismiga yuqorisidan benzinning hisoblab chiqilgan miqdori (u
benzindagi uglevodorodlarning guruhli miqdoriga binoan hisoblab chiqiladi)
quyiladi. Yopiq jo`mrakda butun sistema adsorbsion muvozanatni o`rnatish uchun
bir sutkaga qo`yiladi. So`ngra yengil petroley efir (Q.O. 40
0
C) quyiladi va 1
soniyada 1 tomchi tezlik bilan adsorbsiyalanmagan moddalar toza petroley efirning
sindirish ko`rsatkichiga elyuirlanadi.
Adsorbsiyalangan moddani desorbsiyalash uchun kolonkaga elyuatrop
qatorlardagi (masalan, atseton, etil spirt, sulfat efiri va b.q.) qutbli erituvchi
quyiladi va bir sutkaga qo`yiladi, so`ngra 1 soniyada 1 tomchi tezlik bilan
elyuirlash
sodir
bo`ladi.
Desorbent
sifatida
etanol
bo`lsa
benzindan
adsorbsiyalangan moddalar aralashmasini ajratish voronkasida distillangan suv
98
bilan yuvish mumkin, boshqa hollarda erituvchilar haydab olinadi. Benzin va
ajratib olingan aromatik uglevodorodlar uchun fizik-kimyoviy ko`rsatkichlarni
aniqlaydilar.
Sorbentlarni benzin sifatini yaxshilash maqsadida qo`llash uchun ularning
sig`imini suyuq fazadan dinamik sharoitlarda neft komponentlarining turli
etalonlari: benzol, naftalin, n-geksan bo`yicha krioskopik usul bilan aniqladik (O`z
Res FA ONKI ishlanmasi). Tekshirish natijalari avval 5*bobda berilgan edi.
Ishda qo`llanilgan sorbentlarning adsorbsion sig`imi qiymatlari o`tkaziladigan
dearomatlash va denormallash jarayonlari asosini tashkil qiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, avval dearomatlanishni so`ngra esa
denormallashni o`tkazish zarur, chunki seolit bog`lovchi komponentni saqlaydi va
u aromatik uglevodorodlarni adsorbsiyalashi mumkin. Odatda seolitlarning
bog`lovchi komponentlari bo`lib tabiiy gillar hisoblanadi. T.T.Odilovaning
ma`lumotlariga ko`ra bog`lovchi komponent 3% gacha aromatik uglevodorodlarni
adsorbsiyalashi mumkin.
Shuning uchun AI-80 benzini uglevodorodlarining individual tarkibini
tekshirish uchun avval yonilg`ining silikagel KSK da dearomatlanishini o`tkazdik.
Sorbsiyalash sig`imini yaxshilash uchun u xlorid kislota bilan faollashtirildi.
Silikagelni xlorid kislota bilan faollashtirish uslubiyoti avval 5-bobda bayon
etilgan egi. Faollashtirilgan silikagel 160
0
C haroratda 6 soat davomida quritilgan.
Ajratib olingan aromatik uglevodorodlar quyidagi fizik-kimyoviy tavsiflarga
ega: mol. massasi (benzolda krioskopiyalash) 120, n
D
20
=1.4920; d
y
20
=0.8640.
Aromatik uglevodorodlarning sifat va miqdoriy identifikatsiyalanishi gaz-
suyuqlikli xromotografiya usuli bilan o`tkaziladi. Tekshirilayotgan aralashma 13 ta
komponentdan iborat edi (3.12- rasm).
99
Do'stlaringiz bilan baham: |