Buxoro muhandislik texnologiya instituti


-jadval. Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanish darajasi



Download 1,08 Mb.
bet11/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

2-jadval.

Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanish darajasi.

Mamlakatlar

Kichik biznes sub`yektlar soni (ming kishi)

1000 kishiga to`g’ri keladigan kichik biznes soni

Kichik biznesda bandlarning umumiy bandlikdagi ulushi(%)

Kichik biznesning YAIMdagi ulushi (%)

Buyuk Britaniya

2930

46

49

50-43

Germaniya

2290

37

46

50-54

Italiya

3920

68

73

57-60

Fransiya

1980

35

54

55-62

AQSH

19300

74

54

50-52

Yaponiya

6450

50

78

52-55

Jadvaldan xulosa qilish mumkinki, bir qator mamlakatlarda kichik biznesning umumiy iqtisodiyotidagi ulushi katta va hatto ustuvordir. Mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko`prog’i shu sohada ishlaydi va bu sohada butun mahsulotning 50-60 foizi ishlab chiqarilgan.

Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kichik biznes faoliyatining mustahkamlashuviga sabab bo`layotgan muhim global omillardan biri innovatsion, texnik-texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillar bo`lib, ular global biznes muhitida raqobatardosh faoliyat yuritishi uchun katta rol o`ynaydi.

Ko`pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta`minlanadi. Ularda bu ishda katta ijobiy tajriba to`plangan bo`lib, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin.

Jumladan, AQSH da tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimi tashkil etilgan bo`lib, uning asosiy vazifasi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yordam ko`rsatish, zarur bo`lgan miqdorda kafolatlash asosida qarz berish, kredit olish masalalari bo`yicha ham ko`maklashishdir. Ularga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uning ishlab chiqarish texnologiyalarini, ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish, maxsus konstruktorlik muassasalari tomonidan yangi ishlab chiqarilgan namunaviy mahsulotlardan foydalanish ishlari bo`yicha ham yordam ko`rsatiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda xususiy va davlat tashkilotlari ham ularning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini iste`molchilarga savdo sohasi orqali etkazib berishda yaqindan yordam beradilar. Tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi maxsus ma`muriyat, uning Prezidenti tomonidan boshqariladi. Prezident ixtiyorida esa maxsus ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi masalalari bilan shug’ullanuvchi komissiya faoliyat olib boradi, ammo davlat tomonidan tadbirkorlik sub`yektlariga iqtisodiy yo`nalishda soliq to`lovlari, banklardan qarz va kredit olishda imtiyozlar berilmaydi, ammo ularga doimiy ravishda moliyaviy kafolatlar orqali iqtisodiy yordam beriladi.

Kichik tadbirkorlikka investitsiya mablag’larini sarflovchi investorlar yirik ishlab chiqarish korxonalarini investitsiyalashtiruvchi investorlarga nisbatan ko`proq foyda olish xususiyatiga ega. Buning asosiy sabablari:


  • kichik tadbirkorlik korxonalari yirik firmalarga nisbatan bozor talablariga kam investitsiya sarflari orqali ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish asosida yangi iste`mol tovarlarini ishlab chiqarishga moslasha olishlari;

  • kichiktadbirkorlikda ishlab chiqarishni tezlik holatda tashkil qilish va foyda olishni ta`minlashning mumkinligi;

  • tadbirkorlikfaoliyati bilan shug’ullanayotgan sub`yektlar tomonidan ishlab chiqarishni takomillashtirishga, innovatsiyaga intilishga bo`lgan munosabatlarning yirik korxonalardagiga nisbatan yuqori bo`lishida ifodalanadi.

Buning asosiy sababi ular o`zlari olayotgan foydani yo`qotmaslik, iqtisodiy o`sib borishni ta`minlash va inqiroz bo`lmaslik maqsadida yangiliklargaintilish orqali raqobatbardosh bo`lishga intiladilar.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo`nalishida beriladigan yordamlar AQSHda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish tajribalaridan farq qiladi.

Yevropa Ittifoqi a`zosi bo`lgan Fransiyada tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash, xizmat qiluvchi davlat tashkilotlari ularning konferentsiyasi, savdo palatasi, maxsus hunarmandchilik, qishloq xo`jaligi palatalari, investitsiya xavf-xatarini sug’urtalash, fransuz jamiyati va biznesni boshqaruvchi markaz tashkil etilgan. Fransiyada davlat darajasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishini hukumat vazirliklari orqali qo`llab-quvvatlanadi.

Ular asosan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va olib borishni istagan jismoniy va huquqiy sub`yektlariga hech qanday kafolat talab qilmagan holda beriladigan kreditlarga foiz olmasdan yordam beradilar. Shu bilan birga besh yilgacha olingan kreditlar uchun kichik foizlarni belgilash va imtiyozli soliq tizimini qo`llash orqali ham yordam beradilar.

Gollandiya hukumati tomonidan maxsus kichik tadbirkorlik kurslari tashkil etilgan. Bu kurslarning asosiy vazifasi ishlab chiqarishlarini qanday ochish, olib borish va biznes rejalarini tuzish bo`yicha maslahatlar berish, tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni olishni ta`minlaydi.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun davlat tomonidan Iqtisodiyot vazirligi qoshida maxsus tashkilot ish yuritadi. Mahalliy hokimiyatlar esa tadbirkorlik faoliyatini olib borish korxonalarini tashkil etish, biznes-markazlarini tuzish litsenziyalar berish ishlarini amalga oshiradilar.

Gollandiyada tadbirkorlikni rivojlantirishni ta`minlash maqsadida ularning faoliyatini o`rganuvchi maxsus tadqiqot va konsalting instituti tashkil etilgan. Bu institut o`zining 12ta mintaqaviy bo`limlariga ega bo`lib, asosan ishchi va xizmatchilarni o`qitish va konsalting xizmatlarini tashkil etish bilan shug’ullanadi. Shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etgan talabalarga moddiy yordam berish uchun «kichik korxonalar fondi» tashkil etilgan. Maxsus savdo palatasi tadbirkorlik sub`yektlariga xizmat ko`rsatadi.

Rossiyada tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotganlarning asosiy qismini yakka tartibdagi va malakasi yo`q fuqarolar tashkil etib, ular asosan umumiy ovqatlanish va savdo shahobchalarida qo`shimcha qiymatning ma`lum qismini yaratmoqdalar.Tadbirkorlik korxonalarining xususiyatlaridan biri ularning o`z ishlab chiqarish faoliyatini asosan ijaraga olingan asosiy vositalar yordamida amalga oshirishdir. Kichik tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarishni tashkil etish asosan yirik ishlab chiqarishdan chiqqan xodimlarining yollanma mehnatiga asoslanadi.

Yaponiyada tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishini ta`minlash uchun boshqaruv muassasasi, davlat korporatsiyasi, ularning faoliyatini moliyalashtirish uchun maxsus milliy korporatsiyalar, tadbirkorlarning federatsiyasi tashkil etilgan.

Yaponiyada XX asrning 40 yillarida mamlakat hukumati qoshida «Kichik va o`rta korxonalar boshqarmasi» ham tashkil etilgan. Milliy davlat markazlari kichik biznesni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlashni umumdavlat dasturini bajarish yo`li bilan amalga oshiradilar.

Shunday markazlardan 170 tasi tuzilgan va faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, kichik korxonalarning raqobatbardoshligini yuqori darajada tutib turish uchun har bir prefekturada davlat texnologik dasturni amalga oshirgan javob beradigan davlat texnologik markazlari ham mavjud.

Yaponiyada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo`yicha maxsus banklar xizmat ko`rsatadi. Yaponiya davlati tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga berilayotgan yordamlar quyidagilardan iborat: imtiyozli soliqqa tortish; imtiyozli kreditlash tizimini qo`llash; amortizatsiya fondini shakllantirishni jadallashtirish; tadbirkorlarning bankrotlik holatidan chiqish uchun yordam berish; tadbirkorlarning ishlab chiqarish faoliyatini texnik darajasini oshirish; tadbirkorlarga ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun zarur bo`lgan yo`nalish va kasblar bo`yicha xodimlarni o`qitish va qayta tayyorlash.

Yaponiyada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda nafaqat tijorat banklari balki davlat va jamoa fondlari ham yaqindan yordam beradilar.

Koreya Respublikasida kichik biznesga ko`maklashish siyosatini barcha tashkilotlar tizimi amalga oshiradi. Bu masalalarning barchasini kichik biznesga doir maxsus qonun tartibga soladi. Bu qonun davlat muassalari - kichik biznesga ko`maklashish organlarini tuzishni ko`zda tutadi, lekin u yerda kichik biznesga ko`maklashish ishlari shunday tashkil etilganki, kichik korxona chetdan aniq yordam kutmay o`zi oyoqqa turib olish «immunitetini», o`sish va rivojlanish xususiyalarini o`zi ishlab chiqadi.

Kichik tadbirkorlik korxonalari Germaniyada umumiy korxonalar sonining 95% ni, Yaponiyada esa 99,7 foizni tashkil etadi.

Xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining turlari uyda bajariladigan tadbirkorlik, pochta orqali buyurtma qabul qilish va uni bajarish tadbirkorligi, ko`chma korxonalar shaklidagi tadbirkorlik, turli bayramlar bilan bog’liq bo`lgan sayllarni tashkil etish va o`tkazish tadbirkorligi, tovarlarni namoyish qilish va sotish tadbirkorligi, tutilgan eski narsalarni xarid qilish va sotish bilan bog’liq bo`lgan tadbirkorlik faoliyatlari ham mavjud. Bu tadbirkorlik faoliyati katta mablag’, bilim va kuch talab etmaydigan tadbirkorlik faoliyati bo`lganlari uchun ular keng doirada tarqalgan.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish