Tadbirkorlik faoliyati turlari
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishlab chiqarish
|
|
Tijorat
|
|
Moliyaviy
|
|
Konsal’tinglar
|
|
|
|
|
|
|
|
Innovatsion
|
|
Savdo
|
|
Bank
|
|
Umumiy b oshqarish
|
|
|
|
|
|
|
|
Ilmiy-texnik
|
|
Savdo-xarid
|
|
Sug’urta
|
|
Ma`muriy b oshqaruv
|
|
|
|
|
|
|
|
Tovar ishlab chiqarish
|
|
Savdo-vositachilik
|
|
Auditorlik
|
|
M oliyaviy boshqarish
|
|
|
|
|
|
|
|
Xizmat ko`rsatish
|
|
Tovar birjalari
|
|
Lizingli
|
|
Xodimlarni boshqarish
|
|
|
|
|
|
|
|
Iste`mol tovarlari ishlab chiqarish
|
|
|
|
Fond birjalari
|
|
Marketing
|
|
|
|
|
|
|
|
Iste`mol xizmatlari ko`rsatish
|
|
|
|
|
|
Ishlab ichqarishni boshqarish
|
|
|
|
|
|
|
|
Axborot
|
|
|
|
|
|
Axborot texnologiyasi
|
2-rasm. Tadbirkorlik faoliyati turlari
Tijorat banki aktsiyadorlik turidagi moliyaviy-kredit muassasasi bo`lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko`rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko`rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o`rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Maslahat tadbirkorligi. Ma`lum bir sohada o`z mutaxassisligi bo`yicha yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet ellarda boshqaruv bo`yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo`yicha Yevropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assotsiatsiyasining ta`rificha, menejment-konsalting boshqaruv bo`yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordam ko`rsatishdir.
O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g’risida»gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
yakka tartibdagi tadbirkorlik(YATT);
xususiy tadbirkorlik;
jamoa tadbirkorligi;
aralash tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug’ullanadilar.
2019 yil1 yanvardan boshlab RespublikadaYATT ro`yxatidan quyidagilar chiqarib tashlandi:
alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash; avtotransport vositalarini yuvish, salonni tozalash va shunga o`xshash boshqa xizmatlar;
pishloqdan mahsulotlar tayyorlash va sotish;
vitraj ishlari (shisha, smalta va boshqa materiallardan tayyorlangan vitrajlar).
Davlat xizmatlari markazlari ro`yxatdan chiqarilayotgan faoliyat turlari bilan shug’ullanayotgan YATTga boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta ro`yxatdan o`tishlarida (ya`ni yuridik shaxs tashkil etish) ko`maklashadi.Shuningdek ro`yxat ayrim yo`nalishlar bilan to`ldirildi. Shu tariqa, YATTda:
salqin ichimliklar, ayron tayyorlash va quyib sotish;
davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta`minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyati bilan shug’ullanish imkoniyati paydo bo`ladi.
O`zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g’risidagi nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif berilgan:
Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o`z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat yurituvchilar o`z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko`radilar va o`z korxonalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma`qul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Qo`shma korxonalar o`zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va boshqa vazifalarni yechishga qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va iqtisodiyot tarmoqlarida tarkib topishi mumkin.
Qo`shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xomashyo va ish kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona mustaqil balansiga ega bo`ladi va xo`jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi.
Respublikamizda AQSH, Italiya, Turkiya, Frantsiya, Germaniya, Angliya, Koreya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Hindiston kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan hamkorliqda qo`shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |