Tanlov fani dasturi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi (201__yil“____” __________dagi ___ -sonli bayonnoma)
Istitut kengashi kotibi: dots.I.I. Mexmonov
I. O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta`limdagi o`rni.
Ushbu fan bugungi kunda jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanish holatlarini inobatga olgan holda barcha tarmoq va yo`nalishlarda ro`y berayotgan ulkan o`zgarishlar tadbirkorlik faoliyati jadallashuvi va soliqlarning soddalashtirilishi O`zbekiston iqtisodiyotining ham tobora rivojlanib borishiga asoslanadi.
Tadbirkorlik jamiyat rivoji va iqtisodiyot uchun juda muqim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotimizning asosiy tayanch nuqtasi, tadbirkorlik sub`ektlari esa jamiyatimizning obod farovonlik va mo`l-ko`lchilik bunyodkorlari hisoblanadi. Ayni paytda tadbirkorlarga keng yo`llar ochilib ular faoliyati bir necha farmonlar va qarorlar bilan soddalashtirilyapti, ayniqsa bu soliq siyosatida yaqqol namoyon bo`lyapti.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi "O`zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to`g’risida"gi farmoni imzolandi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini soddalashtirish, soliq ma`muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida Soliq konsepsiyasining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2019 yildagi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g’risida”gi 2018 yil 24 dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorida, 2019 yil 9 dekabrdagi O’RQ-589-sonli 2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risidagi q’onunida va 2019 yil 30 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida»gi q’onuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida PQ-4555-qarorlarida o’z aksini topdi.Soliq kodeksiga bir necha qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish davlatnnng soliq siyosatiga chambarchas bog’liqdir. Soliqlarni chuqur o`rganish va ularni to`g’ri qo`llashni o`rganish har bir kishi uchun muhimdir. Bakalavriat bosqichining noiqtisodiy ta`lim yo`nalishlarida “O`zbekistonda soliq tizimi va xususiy tadbirkorlik” fanini o`qitish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati, ular turlari va shakllari, soliqlarning nazariy masalalari, jumladan, soliklarning iqtisodiy mohiyati, xususiyatlari, ularning ob`yektiv zarurligi, soliq to`lovchilarning majburiyatlari va huquqlari, tadbirkorlarni, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish masalalari atroflicha o`rganiladi.
“O`zbekistonda soliq tizimi va xususiy tadbirkorlik” fani tanlov, qo`shimcha fanlar blokiga kiritilgan hisoblanib, 2-3 kurslarda o`qitilishi maqsadga muvofiq. Bu fan barcha noiqtisodiy bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida o`qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |