II. O`quv fanining maqsadi va vazifalari.
“O`zbekistonda soliq tizimi va xususiy tadbirkorlik” fanini o`qitishdan maqsad - talabalarga xususiy tadbirkorlik faoliyati, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlarini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashkiliy–huquqiy asoslari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bank, soliq va audit bilan bo`ladigan aloqalari, soliq to`lovchilardan undiriladigan soliqlar va soliqsiz to`lovlarning zarurligi, ularni hisoblash va byudjetga jalb qilish bilan bog’liq moliyaviy munosabatlarning mohiyatini ochib berish, shuning bilan birgalikda soliq organlari tomonidan ishlab chiqilgan me`yoriy hujjatlar asosida O`zbekistonda amal qilayotgan soliqlar va soliqsiz to`lovlar bo`yicha nazariy hamda amaliy tamoyillarni o`rgatish hamda ularni tadbiq etish ko`nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes faoliyatini rivojlantirish yo`nalishlari, xususiy tadbirkorlikni soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari, soliq yukini kamaytirishga qaratilgan soliq siyosati bo`yicha uslubiy yondashuv va ilmiy dunyoqarashini shakllantirish fazifalarini bajaradi.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi: Talaba:
-O`zbekiston Respublikasida soliq tizimi va xususiy tabirkorlik to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi;
- soliqqa tortishning tamoyillari, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan umumdavlat va mahalliy soliqlarning mohiyati va ahamiyati, soliqqa tortishning soddalashtirish usullarini, xorijiy rivojlangan mamlakatlar soliq tizimi va soliqqa tortishning o`ziga xos xususiyatlarini, tadbirkorlik tushunchasining mohiyati rivojlanish tarixi va biznesdan farqini, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari,xususiy tadbirkorlik va kichik biznes muhiti hamda unga ta`sir etuvchi omillar va uning iqtisodiyotda tutgan o`rni, tadbirkorlik turlari va shakllari, O`zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident Farmoni va qarorlari hamda mazkur sohada erishilgan yutuqlar, muammolar hamda milliy tizimning rivojlanish istiqbollarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- soliq to`lovchilardan undiriladigan soliqlar va majburiy to`lovlarning turlari, stavkalari, soliqqa tortiladigan baza va uning elementlari, soliq imtiyozlari, soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartiblari, shuningdek soliqlarni to`lash muddatlari va soliqlarni hisoblash, xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bosqichlari, biznes reja tuzish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini ishlab chiqish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |