Solik solish ob`yekti— soliq to`lovchining soliq hisob- lanadigan va soliq solish uchun asos bo`lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq solish ob`yektiga foyda yoki daromad, muayyan tovarlar qiymati, er maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi.
Soliq solish birligi — bu ob`yektning o`lchov birligi, masalan, daromad yoki mol-mulk solig’ida ob`yektning o`lchov birligi sifatida uning so`mdagi bahosi ifodalansa, er solig’ida o`lchov birligi bo`lib kv.m yoki gektar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |