Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - soliq solishning ayrim toifadagi soliq to`lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to`lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo`llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi.
Soliq to`lovchilar - soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni to`lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo`linmalari.
Solik agenti — yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolib, davlat byudjetiga o`tkazib beruvchi yuridik shaxslar.
Solik sub`yekti— soliq to`lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o`zaro majmuasi bo`lib, unda bir tomondan soliq to`lovchilar, boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |