Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliqlar va maxsus to`lovlarning ob`yekti, stavkasi.
Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta`minlashga qaratilgan muhim vosita – bu davlat tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq turli xil to`lovlardir.
Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib oluvchi, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib oluvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida konlarni qidirishni, foydali qazilmalarni qazib olishni, minyeral xom ashyodan va (yoki) texnogen minyeral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qa’ridan foydalanuvchilar deb e’tirof etiladi.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus to‘lovlarni to‘laydilar:
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
qo‘shimcha foyda solig‘i;
bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).
Jahon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to`lovlar tizimini bonuslar, rentals, royalti va soliqlar tashkil etadi. Bonuslar – bir martalik to`lov bo`lib, davlat uchun soliqlar kabi unchalik muhim moliyaviy resurs bo`lmasada, davlat byudjeti daromadlarini oshirishning zarur elementlaridan biri hisoblanadi. Bonuslar xajmi har bir mamlakatning qonunchiligi bilan belgilanib, ular tabiiy resurslardan foydalanish bo`yicha kelishuvlar predmeti hisoblanadi.
O`zbekistonda ham xo`jalik yurituvchi sub`yektlar tabiiy resurslardan foydalanishi jarayonida bonuslar to`laydi. Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, bonuslar – bu bitim tuzilgan vaqtda yoki muayyan natijaga erishilgach bitim shartlariga muvofiq belgilangan bir martalik to`lovlar hisoblanadi.
O`zbekistonda yer qa`ridan foydalanuvchilar ikki xil bonusni to`laydilar. Bular imzoli bonus hamda tijoratbop topilma bonusi.
Rentals tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to`lovlarning ikkinchi ko`rinishi hisoblanib, davlat tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish bo`yicha shartnoma tuzish vaqtida undiriladigan to`lov hisoblanadi. Rentals kelishuv davri davomida yoki qazib olish boshlanishidan avval undiriladi.
Royalti tabiiy resurslardan foydalanuvchining yalpi daromadidan foiz ko`rinishida undirilib, davlat tomonidan tabiiy resurslarning egasi sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotning qat`iy ulushi o`zlashtiriladi. Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, royalti – bu mineral xom-ashyoni qazib olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foiz hisobida bitim shartlariga muvofiq belgilangan va investor tomonidan pul shaklida yoki qazib olingan mineral xom-ashyoning bir qismi tarzida to`lanadigan muntazam to`lovlardir.
Jaxon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanishni soliqqa tortish odatda foyda solig’i va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus soliqlar, ya`ni renta soliqlari sifatida undiriladi.
Respublikamiz qonunchiligiga ko`ra mavjud yer osti boyliklari umumdavlat mulki hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrdagi “Yer osti boyliklari to`g’risida” gi Qonuniga muvofiq 1995 yildan boshlab yer osti boyliklaridan foydalanilganlik uchun soliq joriy etildi va yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar ularning xajmidan kelib chiqqan holda maxsus soliq to`lay boshladilar.
Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishidan asosiy maqsad – umumdavlat mulki hisoblangan yer osti boyliklaridan oqilona tarzda butun jamiyat a`zolarini va kelajak avlod manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Soliq solish ob’yekti
Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’yektidir.
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi foydali qazilmalarning haqiqiy yo‘qotishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Foydali qazilmaning zaxirasi qaysi foydali qazilmaning miqdoriga kamaytiriladigan bo‘lsa, o‘sha foydali qazilmaning hisoblangan miqdori va foydali qazilmani qazib olishning (ajratib olishning) to‘liq texnologik sikli yakunlangach aniqlangan, haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma miqdori o‘rtasidagi farq foydali qazilmaning haqiqiy yo‘qotishlaridir.
Soliq solish ob’yekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Quyidagilar soliq solish ob’yektidir:
qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar (shu jumladan birga qo‘shilib chiqadigan);
foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar;
sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan qazib olingan uglevodorodlar shu jumladan birga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi qazib olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar;
ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |