YATTlar uchun Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar
Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi:
1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinishi lozim bo‘lgan daromadlari;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini to‘lashga o‘tguniga qadar aylanmadan soliqni to‘lash davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.
Foyda solig’ini hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Hisobot (soliq) davrining yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi yakun bilan, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha – hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha – soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
Byudjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq bo‘yicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga ko‘ra taqdim etiladi.
Soliq davri.
Kalendar yil soliq davridir.
8.2. O`zbekiston Respublikasi soliq tizimiga yer solig’ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliqlar va maxsus to`lovlarning ob`yekti, stavkasi.
1990 yilda O`zbekistonda “Yer to`g’risida” qonun qabul qilindi va ushbu qonunga ko`ra yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning pullik bo`lishi belgilandi hamda yer uchun haq yillik yer solig’i sifatida undiriladigan bo`ldi.
1991 yilda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to`g’risida”, 1993 yilda “Yer solig’i to`g’risida” O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda yer solig’ini undirishda soliqqa tortish ob`ekti, sub`yektlari, soliq bo`yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to`lash tartiblari ko`rsatib berildi. 1997 yilda “Soliq kodeksi”ning qabul qilinishi hamda 1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig’ining to`laqonli huquqiy asoslari yaratildi.
Yer solig’i O`zbekiston soliq tizimida mahalliy soliqlar va yig’imlar tarkibiga kiradi hamda mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbai hisoblanadi.
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to'lovlar yer solig’i yoki yer uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi
Ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – yerdan oqilona foydalanishni rag’batlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo`lgan yerlarda xo`jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish, aholi yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta`minlash hamda yerni talon-taroj qilinishiga yo`l qo`ymaslik hisoblanadi.
Yer fondi hajmida qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yer maydonlarining o`sishi fermer xo`jaliklari sonining yildan-yilga ko`payib borayotganligi va o`rmon xo`jaliklari ixtiyoridagi yer maydonlarining bir qismining ular tasarrufiga o`tkazilishi hamda zaxira yerlarning o`zlashtirilishi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |