Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


-rasm O‘simlik moylari ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

14-rasm O‘simlik moylari ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari 
 
      
Ba'zi bir moyli xomashyolarni qayta ishlab moy ajratib olishda ularning urug' 
(yoki  meva)  po'stlog'ini  ajratib  olish  talab  etilmaydi.  Bu  holda  texnologik  sxema 
yanada soddalashadi. 
Moyli  xomashyoni  quritish  va  saqlash.  Odatda  ko'pgina  yetishti-rilgan  moyli 
xomashyoni yig'ishtirib olib jamg'arish muddati 2-3 oydan oshmaydi, shuning uchun 
moyli  urug'larning  katta  partiyalarini  qayta  ishlash  payti  yetib  kelguncha  uzoq 
muddat davomida sifatiga zarar yetkazdirmasdan, minimal yo'qotilishlar bilan saqlash 
zarur bo'ladi. 
   
Ko'pgina  o'simliklarning  moyli  urug'lari  saqlash  uchun  yetkazib  berilganida, 
ularning  namligi  saqlash  va  texnologik  qayta  ishlash  uchun  optimal  hisoblanadigan 
namlikdan yuqori bo'ladi. Saqlanadigan moyli urug'lar uchun biologik obyekt sifatida 
nafas  olish  jarayoni  xosdir.  Bu  jarayon  davomida  esa  urug'lardagi  zaxira  moddalar, 


71 
 
eng  birinchi  navbatda  lipidlar  va  moylar  sarflanadi.  Shu  sababli  saqlash  davomida 
urug'larning  moyliligi  pasayadi.  Moydagi  erkin  yog'  kislotalari  va  ularning 
oksidlanish mahsulotlari miqdori oshadi. 
Nafas olish jarayonining intensivligi urug'lardagi namlik miqdoriga, harakatga, 
urug'lar  atrofidagi  atmosfera  gazlari  tarkibiga  bog'liqdir.  Bu  omillar  faqat 
urug'largagina  emas,  balki  urug'lar  massasidagi  barcha  tirik  komponentlar-
mikroorganizmlar va bar xil hasharotlarga (ular urug'larda, turli begona aralashmalar 
va  begona  o'simliklar  urug'larida  hamisha  uchraydi)  ham  ta'sir  qiladi.    O'simlik 
tanasida  to'la  yetilgan  urug'lardan  iborat  urug'lar  massasining  namligi  yuqori 
bo'lmaydi  va  nafas  olish  jarayoni  ularda  ancha  sekin  amalga  oshadi.  Bunday 
sharoitda  urug'lar  massasidagi  boshqa  tirik  organizmlarning  hayot  faoliyati  va 
rivojlanishi qiyinlashadi. 
Urug'larning  namligi  oshishi  bilan  ularning  massasi,  nafas  olish  intensivligi 
avvaliga  asta-sekinlik  bilan,  keyin  esa,  ma'lum  bir  namlik  chegarasidan  (kritik 
namlik)  o'tgandan  so'ng  keskin  oshadi.  Bunday  o'zgarish  urug'  to'qimalarida  erkin 
namlik  hosil  bo'lishi  bilan  bog'liq  (bog'langan  namlikka  nisbatan  erkin  namlik 
ishtirokida  biokimyoviy  reaksiyalar  anchagina  keskinroq  amalga  oshadi).  Bu  esa 
urug'lardagi  zaxira  moddalarining  sarflanishi  bilan  boradigan  barcha  biokimyoviy 
jarayonlarning faollashganini bildiradi. 
Urug'larni  yuqori  haroratlarda  saqlash  ham  ulardagi  nafas  olish  jarayonini 
tezlashtiradi,  harorat  tushganida  nafas  olish  jarayoni  ham,  urug'larning  zaxira 
moddalari  sarflanishi  ham  sekinlashadi.  Urug'lar  massasini  past  musbat  yoki  kichik 
manfiy  haroratlarda  sovuq  havo oqimida  saqlash, hattoki urug'larning  namligi  kritik 
namlikdan yuqori bo'lgan holda ham, ularning sifati yaxshi saqlanishiga ijobiy ta'sir 
etadi.  Nam  urug'larni  saqlashning  samarali  usullaridan  biri-tarkibida  1-2%  kislorod, 
qolgani esa azot bo'lgan boshqariladigan gazli muhitlarda saqlashdir.  
Bunday  muhitda  kislorodning  deyarli  yo'qligi  urug'  massasida  nafas  olishni 
to'xtatadi  va  buning  natijasida  urug'larning  sifati  yaxshi  saqlanib  qoladi.  Odatda 
moyli urug'larni saqlashga tayyorlash uchun ularning namligini kritik namlikdan past 
namlikkacha tushirish tavsiya etiladi. 


72 
 
    
 Saqlashga  yuborishdan  oldin  urug'lar  namligini  tushirishning  eng  keng 
tarqalgan usuli-bu issiqlik ta'sirida quritishdir (odatda quritish agenti sifatida havo va 
tutun gazlari aralashmasi qo'llaniladi). 
Urug'larni  quritishda  VTI,  SZSH,  DSP  shaxtali  quritgichlari  keng  qo'llaniladi 
(5.2-rasm). 
Quritiladigan  urug'lar  bunker  1  orqali  quritish  shaxtasiga  tushadi.  Shaxtada 
havo-gaz aralashmasini yo'naltiruvchilar joylashgan. Urug'lar 
o'zining massa og'irligi ta'sirida bu yo'naltiruvchi to'siqlar oraliqlaridan tushaverishda 
maxsus  qizdirish  qurilmasidan  yuborilayotgan  havo-gaz  aralashmasi  yordamida 
quritiladi. Urug'larning ma'lum miqdordagi namligi bug'lanib ketib, sovitish kamerasi 
4 da atmosfera havosi oqimida sovitiladi. Quritilgan urug'lar qabul qilish bunkeri 5 ga 
tushadi. 
 
 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish