15-rasm shaxtali quritgich sxemasi
Issiqlik ta'siri ostida quritilgan urug'larda ularning texnologik xossalarini
yaxshilaydigan kimyoviy va biokimyoviy o'zgarishlar sodir bo'ladi.
Urug'larni quritib, namligini pasaytirish jarayonini tezlashtirish uchun keyingi
paytlarda resirkulatsion quritgichlar qo'llanilmoqda (5.3-rasm). Quritiladigan urug'lar
bunker 5 orqali qizdirish kamerasi 4 dan o'tadi va issiqlik hamda namlik almashinuvi
uchun mo'ljallangan bunkerga kelib tushadi. So'ngra oraliq 1 va yakuniy 7 sovitish
shaxtalaridan o'tkaziladi. Ishlab bo'lgan qizitish agenti ventilator 6 orqali so'rib
olinadi, shu bilan birga, shaxtaga ventilator orqali tashqaridan havo oqimi yuboriladi.
73
Quritilgan urug'larning bir qismi hali quritilmagan urug'lar kelib inshayotgan bunker
5 ga yuboriladi. Bunda issiqlik va namlik almashinuvi sodir bo'ladi, quritilmagan
urug'lar birmuncha qizib, namligi biroz pasayadi, quritilganlari esa, aksincha,
birmuncha sovib, namligi shunga yarasha ortadi. Shundan so'ng quritish sikli
yana qaytariladi. Bunday resirkulasion quritishning iqtisodiy ahamiyati
shimdaki, quritish uchun issiqlik sarfi kamayadi. Shuni ham ta'kidlab o'tish
kerakki, resirkulatsion quritishda urug'lar oqimi quriti-layotgan urug'larning
namlik miq-doriga bog'liq ravishda doimo boshqa-rilib turiladi. Ya'ni,
quritilayotgan urug'larning namligi qanchalik yuqori bo'lsa, resirkulatsiyaga
yuboriladigan quritilgan urug'lar miqdori ham shunchalik yuqori bo'lishi kerak.
Quritgichning qizdirish kamerasi temir-betondan to'g'ri burchakli shaklda qurilgan.
Kamera ichida ko'n-dalang yo'nalishda 20 qator diametri 100 mm li cho'yan quvurlar
(trubalar) o'rnatilgan. Kameraga tushayotgan urug'lar uning kesimi bo'yicha bir
tekisda taqsimlanishini ta'minlash maqsadida quvurlarning har bir keyingi qatori
avvalgisiga nisbatan 100 mm ga siljitilgan.
16-rasm. Resirkulatsion qurilmaning sxemasi
74
Qurituvchi agent 300-350 °C harorat ostida havo yuborish yo'li 3 orqali
qizdirish kamerasining pastki qismiga urug'lar oqimiga qarama-qarshi yo'nalishda
yuboriladi. Urug'lar namligi 10-12% ga pasayadi.
Moyli urug'larni qayta ishlovchi zavodlarda o'z yordamchi xizmat bo'limlariga
ega bo'lgan keng omborxona xo'jaliklari mavjud. Ularning eng takomillashganlari-
urug'lar saqlanadigan aylana yoki kvadrat kesimli temir-beton yacheykali 2 silosli va
elevatorli omborlardir (5.4-rasm).
Gorizontal transportyorlar sistemasi urug'larni quritish-tozalash qurilmalari 1
dan silosli yacheykalarga, noriyalar esa urug'larni yuqoridagi lentali transportyorlar 3
ga yetkazib berishga xizmat qiladi.
Elevatorli omborlar juda ixcham bo'lib, yong'inga chidamli, ularda
bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish va masofadan turib boshqarish
mumkin. Ammo shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki urug'lar qatlami balandligi 30 m
dan ortiq bo'lgan elevatorli omborlarda sochiluvchanlik xususiyati yomon bo'lgan
urug'lar (paxta chigiti urug'i) va urug' po'stlog'i mustahkam bo'lmagan urug'larni
(kanakanop urug'i) saqlab bo'lmaydi. Bunday omborlarda kanakanop urug'iga
o'xshagan urug'lar saqlanadigan bo'lsa, omborlarni yuklash va bo'shatish jarayonida
urug' to'qimalariga ko'rsatilgan katta mexanik ta'sir natijasida urug'larning ko'p qismi
shikastlanishi mumkin.
17-rasm. Uruglarni elevatorli omborxonasi
75
Saqlanadigan urug'lar qatlamining balandligi 15 m dan oshmaydigan
mexanizatsiyalashtirilgan omborlarda urug'lar birmuncha kamroq mexanik ta'sirlarga
uchraydi. Bunday omborlarda paxta chigitidan tashqari barcha moyli urug'larni
saqlash mumkin.
Paxta chigiti va shunga o'xshash sochiluvanlik xususiyati kam bo'lgan urug'lar
massasi yassi tekisliklarda to'kilgan holda omborxonalarda saqlanadi. Bunday
omborxonalar ham mexanizatsiyalashtirilgan bo'ladi. Urug‘larni chaqish. Moyli urug'
va mevalar to'qimalaridagi moy zaxiralari, odatda bir tekisda taqsimlanmagan bo'ladi:
moyning asosiy qismi urug' mag'zida-murtak va endospermda joylashgan. Urug' va
meva po'stloqlarida esa juda ham kam moy to'plangan bo'lib, u boshqa xil
(oziqaviylik qiymati pastroq) lipidli tarkibga ega bo'ladi.
Shunga asosan, ko'pgina turdagi moyli urug'lar va mevalarni qayta ishlashda
ularning meva va urug' po'stloqlari asosiy moyli to'qima qismi- mag'izdan ajratiladi.
Bunda qayta ishlanayotgan xomashyoning moyliligi, texnologik qurilma va
moslamalarning ishlab chiqarish unumdorligi, moy va oqsilning sifati oshadi.
Urug' po'stlog'ini mag'zidan ajratish jarayoni po'stloqni tashkil etuvchi
to'qimalarga shikast yetkazish-urug'ni chaqish, so'ngra esa «chaqilma» deb
nomlanuvchi aralashmadan mag'iz va sheluxani (luzgani) ajratish jarayonlaridan
iboratdir. Moyli urug'lar po'stlog'i va mag'zining fizik-mexanik xossalariga bog'liq
ravishda ularni chaqish uchun turli usullar qo'llaniladi. Chaqish jarayoniga bo'lgan
eng asosiy talab-mag'izga shikast yetkazmaslik va uning maydalanib ketishiga yo'l
qo'ymaslikdir. Chaqish mashinalarining takomillashmaganligi sababli ushbu talabni
to'la bajarib bo'lmaydi.
Kungaboqar urug'ini chaqish uchun R-3 MOS markazdan qochma chaqish
mashinalariga (5.5-rasm) o'xshash qurilmalar qo'llaniladi. Sunday mashinalarda urug'
bir marotabalik zarbaga uchrashi natijasida mag'izga ko'p shikast yetkazilmaydi.
Kungaboqar urug'lari uzluksiz oqimda simto'rli to'siq 3 ga kelib tushadi va uning
umumiy yuzasi bo'yicha bir tekisda taqsimlanadi. O'z o'lchamidan ham katta bo'lgan
aralashmalar bu yerda ajratib olingandan so'ng, urug'lar taqsimlovchi qurilma 2 orqali
yuqori va pastki ishchi bo'lim gardishlari (disklar) 4 ning o'n beshta radial
76
yo'naltiruvchi kanallari 6 ga so'rib olinayotgan havo bilan birga yuboriladi. Rotor
gardishining diametri 380 mm, rotorning aylanma harakati chastotasi 2100-2400
min"1. Radial kanallardan urug'lar aylanma qalqonga (deka) kelib uriladi. Bunda
kungaboqar urug'i uchki qismi bilan bir marotabalik zarbaga uchrashi natijasida u
chaqiladi.
Chaqilma korpus 1 dan patrubka 11 orqali siklon 12 ichida joylashgan silindrik
elak 13 ga kelib tushadi. Elak to'ri teshiklarining diametri 4 mm. Chaqilma silindrik
elakning pastki qismiga yo'nalgan spiralsimon harakat qiladi, bunda moyli kukunlar
(moyli «chang») elakdan o'tib tarnov 9 orqali mag'iz liniyasiga yuboriladi. Chaqilma
esa tarnov 10 orqali aspiratsion clash qurilmasiga yuboriladi.
18- rasm R-3 MOS rusumli markazdan qochma chaqish mashinasi
Stanina 8 va rotorning o'qi (val) 7 chaqish mashinasining konstruktiv
elementlaridir. Chaqilgan urug'laming (chaqilmaning) sifati undagi maqsadga
muvofiq bo'lmagan fraksiyalar-chaqilmay qolgan yoki chala chaqilgan urug'lar,
maydalangan mag'iz (sechka) va moyli kukunlar miqdori bilan belgilanadi.
Chaqilmay qolgan yoki chala chaqilgan urug'lar mag'iz luzgaliligini oshiradi,
maydalangan yadro va moyli kukunlar esa luzga bilan birgalikda moyning
yo'qotilishlarini oshirib, moy chiqishini kamaytiradi.
77
Kungaboqar urug'ini chaqishda bichali chaqish qurilmalaridan ham
foydalaniladi. Ammo bunday qurilmalarda urug'lar ko'p marta pala-partish zarbalarga
uchrashi natijasida sifatsiz chaqilma olinadi. Shu sababli markazdan qochma chaqish
mashinalaridan foydalanish afzalroqdir.
Paxta chigiti va shunga o'xshash moyli urug'larni zarba natijasida yorib
chaqishning iloji yo'qligi sababli, ular kesish va ishqalanishga asoslangan
qurilmalarda chaqiladi. Bunday qurilmalarning asosiy organlari bo'lib gardishlar
(disklar), barabanlarga o'rnatilgan maxsus pichoqlar yoki abraziv hamda
perforatsiyalangan gardishlar va valeslar xizmat qiladi. Tukliligi yuqori bo'lgan paxta
chigiti, odatda, ikki bosqichda chaqiladi.
Bunda birinchi nav urug' mag'zi tarkibidagi sheluxa miqdori 10% dan,
to'rtinchi nav urug4 mag'zi tarkibidagi sheluxa miqdori esa 15% dan ortiq bo'lmasligi
kerak.
Chaqilmani mag'iz va luzgaga (sheluxaga) ajratish maqsadida, asosan,
aspiratsion clash qurilmalari. buratlar, bitter-separatorlar, purifayerlar qo'llaniladi. Bu
qurilmalarning ishlash prinsipi mag'iz va luzganing (sheluxaning) liar xil
o'lchamlarga va aerodinamik xossalarga ega ekanligiga asoslangan. Bu
qurilmalardagi clash simto'rlarining diametrlari clash yo'nalishida kamayib boradi va
bunda har xil fraksiyalar alohida ajratib olinadi.
Bu bo'limning ish sifati ajratib olingan mag'izdagi luzga (sheluxa) ning qoldiq
miqdori hamda ajratib olingan luzga (sheluxa)ning moylilik darajasi bilan
baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |