Fitonsidlar.
B.P.Tokin tomonidan ko‗plab o‗simliklarda mikroorganizmlarni
o‗ldiruvchi moddalar mavjudligi topilgan. Bu moddalar o‗simlik antibiotiklari va
fitonsidlari deb ataladi. Fitonsidlar piyoz, sarimsoq, sabzi, lavlagi, tomat, shirin
qalampir, oq boshli karam, kartoshka, qo‗zoqli loviya, sitrus mahsulotlar, ryabina,
qora qorag‗at, turli ziravorlarda mavjud. Baqlajonda fitonsidlar miqdori kam,
kabachok, patisson, rangi karamda esa ular umuman yo‗q.
Kartoshkaning fitonsidlik xususiyatlari solanin borligi tufayli, sabzida - efir
moylari, lavlagida – antotsianlar tufayli. Sarimsoq fitonsidi – allitsin sof ko‗rinishda
ajratilgan. U allin aminokislotasidan tashkil topgan va quyidagi ko‗rinishga ega.
Allil (xantal) moyi C
3
H
5
N=C=S ham bakteritsid xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |