Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti



Download 0,75 Mb.
bet63/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

Diqqatning chalg’ishi - diqqatning ongli ravishda ko’chishiga butunlay o’xshamaydi. Shu sababli ularni adashtirib yuborib bo’lmaydi. Diqqatning osonlik bilan chalg’ishi, uning yetarli darajada barqaror emasligidan darak beradi. Albatta kuchli, kutilmagan, umuman ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaradigan sabablar diqqatning chalg’ishiga olib keladi. Ammo, diqqatning o’ta tez bo’linishi (chalg’ishi), uning barqaror emasligi faoliyatga, o’qishga xalaqit beradi.
Parishonxotirlik. Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonlaridan biridir. Parishonxotirlik ikki turi farqlanadi. Birinchisi, biror ishga (fikrga, o’yga) nihoyatda berilib ketish natijasida kishining atrofdagi narsalarga, voqealarga va kishilarga e’tibor bermasligi.
Parishonxotirlikning tomoman boshqa holati - kishining biror narsa ustida diqqatini to’play olmasligi, bir narsa yoki hodisadan ikkinchisiga doim o’tib ketaverishidir. Katta kishilarda bunday parishonxotirlik toliqqan paytlarda uchraydi. Bolalarda esa, diqqatning to’g’ri rivojlanmaganligi oqibatida bu xususiyat shakllanishi mumkin. Bundan tashqari parishonxotirlikning bunday turi ruhiy kasallik holatlarida ham uchrashi mumkin.
Idrok haqida tushuncha. Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi. Idrok narsa va hodisalarni yaxlit, bir butun holda aks ettiradi. Lekin idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.
Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deb ataladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o’ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o’qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko’z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo’lmaydi. Idrokning predmetliligi tug’ma hisoblanmaydi. Sub’ektlar olamning predmetliligini ochib beruvchi ma’lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda tuyish va harakat sezgilari muhim rol’ o’ynaydi. Harakatlar ishtirok etmagan taqdirda bizning idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo’lmagan, ya’ni tashqi olam ob’ektlariga qaratilmagan bo’lar edi. Sezgi va idrokning farqini tushunish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz. B.G.Anan’ev tomonidan bemor kishida ko’rish analizatorining sezgirligi (sezgi) saqlanib qolgan holda idrokning buzilishi tasvirlangan. Davolanishning avval boshida u butun fazoni qandaydir uzluksiz yorug’lik oqimi sifatida sezgan. Keyinchalik (davolanish natijasida) shaklsiz, ma’nosiz dog’larni ajrata boshlagan. U birorta ob’ektning predmet sifatidagi xususiyatini so’z bilan ham, chizish bilan ham tasvirlay olmagan. Uch oy davomidagi davolanishlardan keyingina bemor ko’zining idrok qilish xususiyati qayta tiklangan. Faqat ko’rish sezgisining o’zi narsalarni aks ettirishni ta’minlay olmaydi. Bunga misol tariqasida ko’pchilik olimlar qurbaqaning ko’zidagi to’r pardaning ishini misol qilib keltiradilar. Qurbaqaning ko’ziga tushgan soyaning bir necha belgilari, asosan harakatlari va burchaklari haqida darak beradi. Shu sababli baqa harakatsiz pashshalar orasida ochdan o’lishi ham mumkin.
Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o’ynaydi. bu xususiyat yordamida tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o’ziga solishtirib ko’riladi va idrok obrazlarining real predmetlarga adekvat (mos)ligi ta’minlanadi. Tashqi olam bilan uning aks ettirilishi mos kelmay qolgan hollarda odam to’g’riroq aks ettirishni ta’minlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga majbur bo’ladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish