Anketada savollar ochiq va yopiq tarzda berilishi mumkin. Ochiq ko’rinishdagi savollar: Qolipsiz savol - bunda so’roqqa olinuvchi savolga o’z so’zi bilan xoxlaganicha javob beradi.
Gapni tugallash - bunda respondentdan bir nechta tugallanmagan gapni tugallab berish so’raladi.
Hikoyani yakunlash - bunda kichik bir xikoyani yakunlab berish so’raladi.
Rasmni tugallash - bunda so’rokka olinuvchiga 2 ta suhbat qurayotgan kishilar tasvirlangan rasm havola kilinadi. Respondent rasmdagi holatga karab, o’zini suhbatlashayotgan kishining biri sifatida faraz kiladi va ta’surotlarini bayon etadi.
Tematik appersepsion test (TAT) - bunda rasm ko’rsatiladi va so’roqqa olinuvchidan u nimani his etayotgani so’raladi. Bo’layotgan yoki bo’lishi mumkin bo’lgan voqea turli muammolarning echimini topishga yordamlashadi.
YOpiq ko’rinishdagi savollar: Tasdiqlovchi savollar - bu savollar «ha» yoki «yo’k» javoblarini ko’zlaydi.
Masalan: “Polietilen paketini olayotganda rasmiga e’tibor berasizmi?”
Tanlash imkonini beruvchi savollar - bunday savollarga javob berayotganda variantlar orasidan biri tanlab olinadi.
Masalan: “Siz sut mahsulotlaridan qay birini ko’proq iste’mol qilasiz?”
A) sut B) kefir V) qaymoq G) sariyog’ D) suzma.
«Laykert ko’rsatkichli» savollar - bunda so’roqqa olinuvchi berilgan savolga qo’shilishi yoki noroziligi aniqlanadi.
Masalan: “Sut va sut mahsulotlari inson organizmiga zarur mahsulotlardan xisoblanadi.”
A) to’la qo’shilaman
B) roziman
V) noroziman
G) umuman noroziman
D) bilmayman.
Semantik differensial - bunda respondentga ko’rilayotgan ob’ekt haqidagi qarama-qarshi tavsiflar ro’yxati beriladi va u shu tavsiflar ichidan fikriga mos keladiganini tanlab, nuqta bilan belgilashi so’raladi.
Muhimlilik ko’rsatkichi - so’roqqa olinuvchi berilgan fikrni o’qiydi hamda unga o’z munosabatini bildiradi.
Masalan: «Men uchun sut tarkibidagi yog’ mikdori qancha bo’lishi:
A) juda muhim (1,0)
B) muhim (0,8)
V) umuman olganda muhim (0,6)
G) muhimmas (0,4)
D) umuman muhimmas (0,2)
E) kerakmas (0)
6. “Osgud ko’rsatkichli” savollar - bunda respondent berilgan fikrni o’qib, unga baho beradi.
Masalan: “Hozirda ishlab chiqarilayotgan muzkaymoqlarning o’ramasi:
A) ajoyib - «1»
B) juda yaxshi - «2»
V) yaxshi - «3»
G) o’rtacha - «4»
D) yomon - «5»
E) juda yomon - «6»
J) yaroqsiz - «7»
Ko’rsatkich qancha ijobiy bo’lsa, shunchalik natija ijobiy hisoblanadi.