Buxoro muhandislik- texnologiya instituti



Download 1,2 Mb.
bet78/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

16.1-rasm. CHakana savdo korxonalarining tasniflanishi

Tovarlari, maydoni kattaligi, ko’rsatiladigan xizmatlar hajmi va narxlarning nisbiy darajasi har xil bo’lgan do’konlar yig’indisi chakana savdo tarmog’ini tashkil qiladi.


CHakana savdoda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyili dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida eng etakchi bo’lib qolmoqda va kundalik ehtiyoj hamda oldindan tanlanadigan tovarlar savdosida samarali ishlatilmoqda. Bu usulning asosiy afzalligi: xaridorning tovarni xarid qilishga ketadigan vaqtini tejash, tovarlar bilan tanishish, taqqoslash, tanlash maqsadida ularning ochiqiigi.
Xaridorlarga xizmat ko’rsatishning eng yuqori darajasini xizmat ko’rsatish to’plami to’liq bo’lgan chakana savdo korxonalari ko’rsatadi. Xizmat ko’rsatishning bunday yuqori darajasini ta’minlash ko’p harajatni talab qilganligi sababli bu sotiladigan tovarlarning narxlar darajasi biroz ko’tarilishida o’z aksini topadi.
Xizmat ko’rsatishi cheklangan chakana savdo korxonalari asosiy xizmatlarni tovarlarni bevosita sotish bosqichida, xaridorga, ayniqsa, oldindan tanlanadigan tovarlar haqida ko’proq ma’lumot kerak bo’lganda namoyon qiladilar. Xizmat ko’rsatish, kreditlashtirish va tovarni qaytarish xizmatlari bilan to’ldirilishi mumkin. Tabiiyki, bunday do’konlarda xarajatlarning ko’payishi ham tovarlar narxlarida aks etadi.


16.3.Chakana savdo korxonalari
Tovar assortimenti va uning shakllanish xususiyatlari nuqtai nazaridan quyidagi do’konlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
Supermarket — tovarlar oboroti va nomenklaturasining hajmi katta, narxlar darajasi past va savdo maydonlari 5—10 ming kv.m va undan ko’p bo’lgan o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish korxonasidir. CHakana savdo korxonasi bunday turining mamlakatda va xalqaro miqyosda mashhurligi juda kattadir. CHet elda supermarketlar asosan shahar chegarasidan tashqarida joylashtiriladi. Bu esa transport sharoitining va avtomobillarni qo’yishning (parkovka) qulayligi bilan bog’liq. Ular ommaviy iste’molchiga mo’ljallangan bo’lib, MDH mamlakatlarida alohida do’konlardan tarmoqqa aylangan holda dinamik tarzda rivojlana bordi. Iste’molchi supermarketlarning xizmatlaridan foydalangan holda quyidagi afzalliklarga ega bo’lishi mumkin:

  • hamma zarur bo’lgan tovarlarni bir joyda xarid qilishi;

  • tovarlarning hamma ijtimoiy guruhlar uchun to’planishi va ko’pchilik xaridorlar uchun narx ko’rsatkichi jihatidan qulayligi;

  • hududiy jihatdan joylashishining qulayligi.

Univermag, asosan, nooziq-ovqat tovarlaridan iborat bo’lgan ixtisoslashgan tovar bo’limlarini o’z ichiga oladi. Narx darajasi jihatidan arzon do’konlar qatoriga kiradi, savdo-texnologik jarayonda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish usuliga urg’u beriladi.
Universam, odatda, tovar assortimenti keng va turli xil xizmatlar tizimi (avtomobillarga yoqilg’i quyish shaxobchasi va yuvish, kir yuvish, pochta xizmatlari, fotografiya xizmatlari va hokazo) bo’lgan korxonadir. Universamlar ko’p hollarda oqilona taqsimlash siyosati, nazorat tizimi, tovar sifati, narxlarni pasaytirish va elektron texnologiyalardan foydalanish evaziga ancha samarali ishlaydilar.
Ombor-do’kon bir necha o’n ming kv. metr maydonni egallaydi, ham ulgurji, ham chakana savdo funksiyalarini bajaradi, tovarlarining assortimenti 100 mingga yaqin nomlarga ega, tovar assortimenti — keng, narxlar — past.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish