Uvuldurug'i va ichki yog'lari oqsil, yog', D, A, darmondorilariga boy bo'ladi. Osyotr va losos baliqlarining uvuldurug'i baliq tutilgan zahoti ajratiladi. U tuzlanadi yoki konservalanadi. Qolgan baliqlar uvulduruqlari bahq sho'rvalarini tindirish va gazaklarini tayyorlash uchun ishlatiladi, Uvulduruq ishlatilishidan awal yupqa pardasidan tozalanadi. Karp oilasiga mansub bahqlar — marinka, ostan, usach uvulduruqlari zaharliligi sababh ishlatilmaydi. Ichki yog'lari yuvilib kotlet massasiga qo'shib ishlatiladi, bunda kotlet massasining yog'liqlik darajasi oshadi.
Yog' — baliqqa ishlov berish paytida ajratiladi. Yuvilib, kotlet massasini tayyorlashda qo'shib ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |