I.Bob. Tadbirkorlikning mohiyati…………………………………………….6 1.1 Tadbirkorlik faolyatining vazifalari…………………………………………6
1.2 Tadbirkorlik faolyatining rivojlanish shart-sharoitlari……………………....11
1.3 Tadbirkorlik faolyatining shakllari………………………………………….19
II.Bob. Xarajatlar to’g`risida umumiy tushunchalar………………………..25 2.1 Firmaning xarajatlari………………………………………………………...25
2.2 Doimiy va o’zgaruvchan xarajat turlari……………………………………..28
Xulosa…………………………………………………………………………...32 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..34
Kirish Kurs ishining dolzarbligi. Tadbirkorlik faoliyati natijalari sistematik va kompleks tahlil qilinadi. Sistematik tahlilda doimo o`zgarib turuvchi bozor muxitini tahlil qilishdan, korxonani foydador va raqobat kobil qilishni ta`minlash uchun tahlil qilinadi. Har kanday korxona o`zini katta kichikligiga, faoliyat yunalishiga foydador yoki zarar ko’ruvchi ekanligidan kat`iy nazar bozor muhiti bilan o`zaro harakat qiluvchi murakkab tizimdir. Korxona faoliyatini birgina ko`rsatkich bilan, ya`ni masalan foyda ko`rsatkichi bilan ifodalash mumkin emas. U ko`rsatkichlar tizimiga asoslanadi. Bunday kursatkichlarga - foyda, sotilgan mahsulot xajmi yoki ko`rsatilgan xizmat hajmi, moddiy xarajatlar, mehnat haqi fondi, ishchilar soni va hokazolar, ya`ni korxona faoliyatini oxirgi natijalarini xarakterlovchi ko`rsatkichlar kiradi. Korxona faoliyatini baholashni eng oddiy usuli haqiqiy ko`rsatkichlarni reja (normativ) ko`rsatkichlariga solishtirish bo`lib hisoblanadi. Korxona faoliyati samaradorligini baholashni murakkab uslubi esa oxirgi faoliyat natijalarini o`zaro aloqalarini, xarajatlar bilan resurslarni, shuningdek turli omillar ta`sirini baholashdan iborat. Bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan korxonalarni ish sifatini oshirish, mavjud imkoniyatlardan okilona foydalanish asosiy fondlardan foydalanish samardorlik darajasini yanada oshirish, mehnat unumdorligini har taraflama o`stirish, kelgusida respublika aholisini ozik- ovkatga va boshqa tovarlarga bo`lgan talabni yanada yuksaltirishni ko`zlab iqtisodiy tejashni kuchaytirish sohasidagi vazifalarni ommaviy hal qilish lozim. Bu vazifalarni bajarish uchun avvalo har bir tadbirkorlikni xo`jalik faoliyatini atroflicha chuqur tahlil qilish asosida ichki xo`jalik imkoniyatlaridan imkon boricha yaxshirok foydalanishga, kamroq xarajat qilib yuqori natijalarga erishishga alohida e`tibor berish kerak. Hukumat kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni milliy iqtisodning o`sishi uchun oziqlantiruvchi tarmoq sifatida ko`radi. Tadbirkorlikning bu shaklidagi qadr-qimmatini quyidagilar tashkil etadi: harakatning mustaqilligi; tezkor va o`zgaruvchan qarorlarning bo`lishi mumkinligi;mahalliy mahalliy sharoitlarga moslashuvi; aholi o`rtasida xususiy tadbirkorlikka bo`lgan ishonchning mavjudligi, bir necha kasbning birlashtirish imkoniyati ning borligi;biznes operatsiyasiga ketadigan xarajatning kamligi;uzoq muddatli foydalar;tezkor moddiy foydaga bo`lgan imkoniyatlar. Respublikada kichik biznesning qaysi shakli samarali ekanligini xo`jalik faoliyati yo`nalishlari va ishchilar soni bo`yicha qaysi korxona chidamlilini hozircha aytish qiyin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishida olingan tajribani umumlashtirish va ma`lum xulosa qilish va takliflar kirish uchun ma`lum vaqt kerak. Lekin hozirdan kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanish muammolari aniq. Ular mulkni to`la himoya qila oladigan va shartnomalarni bajarishni kaoflatlaydigan huquqiy tizimning yo`qligi tufayli paydo bo`lmoqda.