Buxoro davlat universitetining



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

Uchinchidan
, tilda ayni bir tushuncha nafaqat turli sath birliklari 
bilan, ayni bir sathning bir necha birligi bilan berilishi mumkin 
(sinonimiya). Chunonchi, kichik –mayda, o‘rganmoq – o‘zlashtirmoq, 
o‘lmoq – vafot etmoq va aksincha, ayni bir so‘z bir necha tushunchani 
ifodalashi mumkin (ko‘p ma’nolilik): o‘rik – meva, o‘rik – daraxt. 
Shu asosda so‘z va tushuncha orasidagi uchinchi farqni “Bir 
tushuncha bir necha so‘z bilan va bir necha tushuncha ayni bir so‘z 
bilan ifodalanishi mumkin” deb berishimiz mumkin. 
To‘rtinchidan
, tushuncha tafakkur birligi, borliq alohidaliklari va 
munosabatlaridagi umumiy va muhim tomonlarning ongdagi in’ikosi 
bo‘lib, baholash, unga kimningdir munosabati, qo‘shimcha (yondosh, 
hamroh) ma’nolar xos emas; u baho ma’nosidan xolidir. So‘z esa, 
aksincha, konnotativ (qo‘shimcha uslubiy) ma’no bo‘yog‘isiz 
bo‘lmaydi. Chunonchi, turq-angor-aft-bashara-YUZ-chehra-jamol-
oraz-ruxsor qatoridagi yuz so‘zi bo‘yoqsiz emas, balki neytral 
bo‘yoqlidir. Shu xususiyat asosida to‘rtinchi farqni “Tushuncha uchun 
qo‘shimcha ma’no xos emas, so‘z esa qo‘shimcha ma’nosiz 
bo‘lolmaydi”, - deb ifodalashimiz mumkin. 
Beshinchidan
, tushuncha tarixiy taraqqiyot natijasida o‘zgarishi, 
hatto o‘z aksiga o‘tishi va bu so‘zga ta’sir etmasligi, shuning aksi 
sifatida so‘z tamoman o‘zgarib, tushunchaga mutlaqo ta’sir etmasligi 
mumkin. Birinchi holatni Yer va Quyosh haqidagi bundan yuz yil 
oldingi va bugungi tushunchalarimizning qiyosida ko‘rsak, ikkinchi 
holatni bundan yigirma yil oldin ishlatilgan oblast, rayon so‘zlarining 
viloyat, tuman so‘zlari bilan osongina almashinganida ko‘ramiz. Shu 
asosda so‘z va tushuncha orasidagi beshinchi farqni “So‘z o‘zgarib, 
tushuncha o‘zgarmasligi va, aksincha, tushuncha o‘zgarib so‘z 
o‘zgarmasligi mumkin” deb ifodalashimiz mumkin. 


127 
So‘zning borliqdagi biror (bir turdagi) narsa, belgi, miqdor, 
harakat, munosabat haqidagi tushunchani ifodalashi uning ma’nosi 
deyiladi. Masalan, gilam so‘zining ma’nosi “odatda jun, ipakdan 
to‘qilib, yerga, polga to‘shaladigan yoki bezak uchun xona devorlariga 
osib qo‘yiladigan uy jihozi”. 
So‘zning ma’nosi murakkab bo‘lib, uning bir necha turi mavjud. 
Eng avvalo ma’noning lug‘aviy (leksik) va grammatik ma’no turini 
farqlash kerak. 
So‘zning borliqdagi qanday narsa, belgi, miqdor, harakat, 
munosabat haqidagi tushunchani ifodalashi uning lug‘aviy ma’nosi 
deyiladi. Masalan, atala – “qizdirilgan yog‘ga qovurilgan un solib, suv 
qo‘shib pishiriladigan suyuq ovqat”, arang – “katta qiyinchilik bilan, 
zo‘rg‘a”, archmoq – “po‘stini, qobig‘ini olmoq, po‘chog‘ini 
tozalamoq”. So‘zlarning lug‘aviy ma’nosi izohli lug‘atda qayd etiladi. 
So‘zning leksik ma’nosi uning o‘zak, negizida bo‘ladi. Ba’zi bir 
so‘zda lug‘aviy ma’no bo‘lmaydi: lekin, bilan, ammo, uchun, sari 
kabi. Faqat mustaqil so‘zgina atash ma’nosiga ega. Olmosh bundan 
mustasno. U o‘zi ishora qiladigan so‘zning atash ma’nosiga ishora 
qiladi. 
So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va 
gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. 
Chunonchi, “Bolalar qiziqarli kitobni o‘qiydi” gapini olsak, “bolalar” 
so‘zida 2 xil ma’no ajralib turadi: 1) lug‘aviy ma’no – ya’ni bu 
so‘zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo‘lgan, yosh jihatdan 
voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga yetgan kimsaning farzandi, 
avlodini atab kelish; 2) ko‘plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega 
vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma’nolardan birinchisi lug‘aviy, 
leksik ma’no bo‘lsa, ikkinchisi grammatik umumlashgan ma’nodir. 
Grammatik ma’no juda ko‘p so‘z uchun bir xil, ya’ni umumiy bo‘ladi. 
Lug‘aviy ma’no esa har bir so‘zda alohida. 
Lug‘aviy ma’noning bir necha turi mavjud. Bu turlar o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan bir necha juftlikni hosil qiladi. 


128 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish