non, suv, katta, yugurmoq
va b.), ayrim so‘zlarning iste’mol doirasi
ma’lum jihatdan chegaralangan bo‘ladi. Masalan, dialektal so‘zlar
hududiy jihatdan chegaralangan bo‘ladi (
kallapo‘sh
– do‘ppi,
istamoq
– qidirmoq,
moyak
– tuxum,
eshik
– hovli, uy); terminlar ijtimoiy
nuqtayi nazardan chegaralangan, ya’ni ma’lum kasb-hunar sohasidagi
kishilar nutqida qo‘llanish bilan chegaralangan bo‘ladi ( Masalan,
urg‘u, leksika, affiks – tilshunoslikka oid terminlar; hujayra,
sitoplazma, xromosoma – biologiyaga oid terminlar; voleybol, gol,
nokaut, futbol – sportga oid terminlar va h. k.). Leksikologiya lug‘at
tarkibini ana shu nuqtayi nazaridan ham o‘rganadi.
4.
Lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqqa, uslubga bo‘lgan
munosabatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi. Ma’lum so‘zlar nutq
turlariga, uslubga betaraf munosabatda bo‘lsa (quchoq, bechora,
osmon, ichmoq va b.), ayrim so‘zlar nutq uslubining ma’lum turiga
xos bo‘ladi (og‘ush – badiiy uslubga xos, boyoqish – oddiy nutqqa
xos, samo – badiiy uslubga xos, adib – kitobiy uslubga xos va h.k.).
Leksikologiyada so‘zlarning ana shu xususiyati ham o‘rganiladi.
122
5. Har bir so‘z tovush tarkibi va ma’nosiga, ya’ni shakl va
mazmunga ega. Lug‘at tarkibidagi so‘zlar ana shu shakl va mazmuni
jihatidan turlicha munosabatda bo‘lishi mumkin. Masalan, chaqqon,
epchil, chechan, abjir, chapdast, so‘zlarining shakli har xil, ma’nosi
bir xil (sinonim); o‘t (olov), o‘t (maysa), o‘t (harakat) so‘zlarining
shakli bir xil, ma’nosi har xil (omonim) va h.k. Leksikologiyada
so‘zlar ana shunday munosabatlari nuqtayi nazaridan ham o‘rganiladi.
Leksikologiya leksikaga til tizimidagi ichki tizim (sistema)
sifatida qaraydi. Shuningdek, o‘zaro ma’noviy umumiylikka ega
bo‘lgan lug‘aviy birliklar yanada kichik, ichki tizimcha sifatida
qaraladi. Shu asosda katta va kichik, ichki tizimlarning pog‘onali, bir-
birini tashkil etuvchillik munosabati ochiladi. Masalan,
olma, o‘rik,
nok
kabi ho‘l meva nomi bir tizimni tashkil etadi. Sabzavot nomi
boshqa bir tizimni tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi –
kichik tizimchalardan tashkil topgan “meva-sabzavot nomi” tizimini
tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab davom etaveradi.
Leksik tizimda har bir so‘zning ma’nosi u mansub bo‘lgan
lug‘aviy ma’no guruhidagi boshqa so‘zlar bilan munosabati orqali
ochiladi. Masalan,
ota, ona, aka, uka, opa, singil
so‘zlari “qon-
qarindoshlik” lug‘aviy ma’no guruhini tashkil qiladi. Bu guruhdagi
aka
so‘zining ma’nosi quyidagicha:
qon-qarindosh, bir avlod, erkak,
mendan katta.
Bu so‘z
bir avlod
degan ma’no bilan
ota, ona
so‘zlaridan,
erkak
degan ma’no bilan
opa, singil
so‘zlaridan,
mendan
katta
degan ma’no bilan
uka
so‘zidan farqlanadi.
Qon-qarindosh
degan ma’nosi bilan esa bu qatordagi boshqa so‘zlar bilan bir guruhga
birlashadi.
Leksik tizim, yuqorida aytilganidek, pog‘onali qurilishga ega.
Ya’ni leksik tizimning o‘zi murakkab bo‘lib, bir necha tarkibiy
qismning birikishidan tarkib topadi. Har bir tarkibiy qism esa o‘z
navbatida murakkabligi bilan ajralib turadi. Binobarin, bularning har
ikkisi ham murakkab bo‘lib, bu jarayon, alohida, yakka so‘zgacha
davom etadi. Jumladan, o‘zbek tilining lug‘aviy tizimi mustaqil,
yordamchi va undov so‘zlarga bo‘linadi. O‘z navbatida mustaqil
so‘zlar ishora ma’noli so‘zlar – olmoshlar va atash, nomlash vazifasini
atovchi so‘zlarga ajraladi. Atovchi so‘zlar o‘z navbatida ot, sifat, son,
fe’l, ravishga bo‘linadi. Ularning har biri, o‘z navbatida, yana o‘nlab
mavzu guruhlariga, bularning har biri esa yana ham kichikroq ma’no
123
guruhlariga – alohida, yakka so‘zga yetib kelguncha pog‘onali
ravishda bo‘linib ketaveradi.
Leksik tizimlarning bunday pog‘onali (bosqichli) qurilishi
leksema sememasi tarkibidagi semalarning birlashtiruvchi va
farqlovchi bo‘linish dialektikasi bilan, nisbiyligi bilan uzviy
bog‘liqdir. Muayyan leksik tizim muayyan sema (ma’noning tarkibiy
qismi) asosida tashkil topadi. Bu sema leksik tizim uchun
birlashtiruvchi sema hisoblanadi. Ayni vaqtda u (sema) o‘zi
birlashtiruvchi leksik tizimni o‘ziga nisbatan yuqorida joylashgan
tizimdan va o‘zi bilan bir pog‘onada joylashgan boshqa tizimdan
farqlab turadi. U farqlovchi sema vazifasini bajaradi. Leksik tizimdagi
kichik tizimlar va ular tarkibidagi so‘zlarni giponimiya, partonimiya,
sinonimiya, antonimiya kabi ma’noviy munosabatlar o‘zaro bog‘lab
turadi.
Leksik tizimlarga nisbatan katta tizim (makrotizim) va kichik
tizim (mikrotizim) atamalari ko‘p ishlatiladi. Ayni vaqtda katta tizim
va kichik tizim tushunchalari hamisha nisbiy bo‘ladi. Chunki
muayyan bosqichda muayyan tizim yuqorida joylashganidan kichik
(ya’ni unga nisbatan kichik tizim, mikrotizim), pastda joylashganidan
esa katta (ya’ni katta tizim, makrotizim)dir. Hatto o‘zbek tilining
butun lug‘at tarkibi tilning atovchi (nomlovchi) birliklari (leksemalar,
so‘z yasash vositalalari, so‘z birikmalari hosil qilish qoliplari,
murakkab atamalar, iboralar va h.k.)ga nisbatan kichik tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |