quloqchin
so‘zida
-chin
elementi ma’no ifodalaydi; tiril, tirik
so`zlarida esa "tir" qismi ma’noga ega emas. Shuningdek, -xona, -
noma, -xo‘r, -boy kabilar aniq o‘zak morfema ma’nosidan uzoqlashib,
qo‘shimcha morfemaga aylangan. Morflar turli ko‘rinishlarga ega
bo‘ladi. Masalan: ishla so‘zidagi -la elementi hayda so‘zida -da
shaklida kelgan (lekin hay-hayla fe’lida yana -la tusida qo‘llangan),
hozir ajralmaydigan
unda
so‘zida ham aslida shu -da qo‘shimchasi
bor (un – ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema
deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf (allomorf) sanaladi. Bu
turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar bir-biriga nisbatan allomorf
sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham ko‘rinadi:
tashqi
so‘zidagi
tash
elementi
tish
tusida ko‘p uchraydi. Yana:
kuchuk uvladi – bo‘ri
ulidi
(uv va u).
Morfemalar vazifasiga ko‘ra so`z yasalishiga ham, shakl
yasalishiga ham aloqador. Masalan,
temirchi
(qo‘shimcha orqali so‘z
yasash),
temirni
(qo‘shimcha orqali shakl yasash).
4.1.1. So‘z va morfema
So‘zning tarkibini grammatik jihatdan tekshirganimizda, unda
ma’lum ma’no anglatadigan qismlarni, bu qismlarning o‘zaro
bog‘langanligini ko‘ramiz. So‘zning bo‘linmas, eng kichik ma’noli
qismi morfema deb ataladi.
Tovush va ma’noning bir butunligidan iborat bo‘lish, ma’no
anglatish xususiyati so‘zda ham, morfemada ham bor, lekin bular bir
qancha belgilariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ya’ni morfema va so‘z
bir hodisa emas. Bular orasidagi farqlar quyidagilar:
1. So‘z morfemalarga bo‘linadi.
191
2. Nutqda boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirishadi.
3. Gap bo‘lagi vazifasida kelish xususiyatiga ega.
4. Morfema nutqda mustaqil qo‘llanmaydi.
5. Morfema so‘z tarkibidagina yashaydi.
6. Ma’noli qismlarga bo‘linmaydi.
So‘zning morfem tarkibi uni tashkil etuvchi morfemalar
yig‘indisidir. So‘z birgina morfemadan iborat bo‘lishi mumkin: kuz,
muz, oyoq, bir, sakkiz, gul. Bir morfemali so‘zlar faqat o‘zakdangina
iborat bo‘lib, odatda, tub so‘z sanaladi. Eng sodda morfem tarkibli
so‘zlar tub so‘zlardir: tosh, bosh, qosh. Hamma yasama so‘zlar
kamida ikki morfemadan tashkil topadi: yoz+gi, jon+siz, sev+gi.
Turli xil qo‘shimchalar vositasida hosil qilingan so‘zlar yasama
so‘zlar deyiladi: bola+li, aql+li, ish+chi. Morfemalar vazifasiga ko‘ra
so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqadordir.
Qo‘shimchalarni so‘z yasovchi qo‘shimchalar (derivatsion) va
so‘z o‘zgartiruvchi (relyatsion) affkslar tusidagi tasnifi shu holatga
asoslandi.
So‘zning morfologik strukturasidagi shartlangan va erkin o‘zaklar
atamasi
faqat
o‘zlashma
so‘zlarga
tegishlidir.
Tilda
faqat
qo‘shimchalar bilan birgalikda ishlatiladigan o‘zaklar shartli (bog‘li)
o‘zaklar deyiladi: fash+izm, fash+ist, ko‘r+k+li, ate+ist. Erkin
o‘zaklar qo‘shimchalarsiz boshqa morfemalar bilan birlashmagan
holda ham mustaqil ishlatiladi: mashina, vagon: mashina+li,
vagon+siz, mashina+soz, vagon+chi, vagon+li. Rus tilidan o‘zbek
tiliga qabul qilingan ko‘pgina qo‘shma va qisqartma so‘zlar ham rus
tilidagidek, morfemalarga ajratiladi: radio+sentr, ped+institut,
mikro+rayon, avto+vokzal, avia+pochta.
So‘zlarning morfem tahlilida tarixiylik va hozirgi holat masalasini
aniq chegaralay bilish kerak. So‘zning morfematik tarkibi o‘zgarib
turadigan hodisadir. Masalan, hozirgi o‘zbek tilidagi qovurg‘a,
qachon, yaproq, bo‘rsiq so‘zlari ilgari morfemalarga ajratilgan:
yap+moq, qay+choq, qop+ur+g‘a (-g‘a ot yasovchi). Bu so‘zlar
hozirgi
o‘zbek
tilida
morfemalarga
ajratilmaydi.
Qismlarga
ajraladigan, so‘zlarning davrlar o‘tishi bilan qismlarga ajratilmaydigan
so‘zlarga aylanishi soddalanish deyiladi: ich+ak (kichraytish), yur+ak
(ot yasovchi), bo‘y+in (kichraytish), bugun, sakson.
192
So‘z morfematik tarkibining o‘zgarishidagi ikkinchi xil ko‘rinish
qayta bo‘linishidir. Uning mohiyati shundaki, ma’lum bir so‘z ilgari
bir xil qismlarga bo‘lingan bo‘lsa, hozir undan farqli ravishda,
qismlarga boshqacha bo‘linadi: insoniyat so‘zi birinchi davrda uch
qismga bo‘linadi: inson-o‘zak, -iy va -at qo‘shimchalari mavjud
bo‘lgan bo‘lsa ham, hozir "insoniy" holati ishlatilmaydi. Yana
chog‘ishtiring: ular: ul+ar, u+lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |