Amaliy mashgulotlar multimedia kurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o`qituvchi tomonidan utkazilishi zarur. Mashgulotlar faol va interfaol ta’lim metodlari yordamida o’qitish, mazmunga mos ravishda pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llanilishi maqsadga muvofiq.
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Texnologiya ta’limida interaktiv metodlar.
Kasblarni tahlil qilish metodikasi.
Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari.
Pedagoglarning talabalar bilan muloqot ko’nikmalari.
Keng profilli mutaxassis to’g’risidagi tushunchalar.
Yuqori malakali mutaxassisga qo’yiladigan talablar.
Bo’lajak mutaxassislar pedagogik tayyorgarligi mazmuni.
Ta`lim tizimini va pedagogik jarayonlarni boshqarish.
Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish yo’llari.
Axborot texnologiyalarini ta`lim jarayonida qo’llash yo’llari.
Texnologiya ta’limida loyihalash metodi
3.
VI. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar. «Texnologik ta’limn prognostikasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
– O’zbekistonda texnologiya ta`limining tarixi hamda rivojlanish istiqbollari; texnologiya ta`limining asosiy tushunchalari hamda atamalari; ishlab chiqarish hamda nazariy ta`limning metodologik asoslari; ta`lim metodlari; ta`limning tashkiliy shakllari tipologiyasi; davlat ta`lim standartlari; o’quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar; o’quv jarayonida fanlararo aloqani qo’llash; ishlab chiqarish ta`limi rejalarini tuzish; ishlab chiqarish dasturlarini tashkillashtirish va amalga oshirish; o’quvchilar bilim, ko’nikma hamda malakalarini baholash metodlari; ta`lim va tarbiya jarayonini tashkil qilishda mehnat va kasb ta`limi o’qituvchining tutgan o’rni; ochiq darslarni rejalashtirish hamda tashkillashtirish; kasbiy qiziqishlarni shakllantirishda ilg’or tajribalarni o’rganish va umumlashtirishning o’rni; ta`lim muassasalari o’quv-moddiy bazasini tashkillashtirish asoslarini bilishi kerak;
– ta`lim metodlarini tanlash; davlat ta`lim standartlari, o’quv rejalari hamda dasturlar mazmunini tahlil qilish; fanlararo aloqa hamda dissertatsion tadqiqot natijalarini e`tiborga olgan holda mashg’ulotlarni tashkillashtira olish; nazariy hamda ishlab chiqarish ta`limi rejalarini tuzish; ishlab chiqarish amaliyotlari rejasi hamda dasturini tuzish; o’quvchilar bilim, ko’nikma hamda malakalarini baholash; nazariy hamda ishlab chiqarish ta`limi mashg’ulotlarini tahlil qilish; metodik ishlar rejasini tuzish; ochiq darslarni tahlil va muhokama qilish; ilg’or pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirish; o’quv xonalari, o’quv ustaxonalari, laboratoriyalarni ta`lim vositalari bilan jihozlash rejasini tuzish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; – texnolgiya ta`limining rivojlanish tarixi; texnologiya ta`limining asosiy tushuncha va atamalari; texnologiya ta`limining tashkiliy shakllari; ta`lim metodlari; davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqishning asosiy talablari; o’quv rejalari mazmunini va ularni ishlab chiqishga qshyiladigan talablar; ta`limning asosiy tamoyillari; kasblar bo’yicha o’quv-ishlab chiqarish vazifalari tarkibi; ishlab chiqarish amaliyotini tashkillashtirish hamda o’tkazish metodikasi; bilim, ko’nikma hamda malakalarni baholash metodlari; ishlab chiqarish ta`limining o’rni hamda ahamiyati; metodik ishlar mazmuni; ochiq darslarni tahlil qilish va umumlashtirish; ilg’or pedagogik tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish; ta`limning didaktik vositalarini tasniflash; o’quv xonalari, o’quv ustaxonalari, laboratoriyalarni ta`lim vositalari bilan jihozlash metodikasini malakalariga ega bo’lishi kerak.