Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti tarjimashunoslik va lingvodidaktika kafedrasi



Download 128,5 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi128,5 Kb.
#722838
  1   2
Bog'liq
kurs ishi Ramazonova


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVODIDAKTIKA KAFEDRASI


GID HAMROHLIGI VA TARJIMONLIK FAOLIYATI TA’LIM YO‘NALISHI

III KURS 11-2GHTF-19-guruh talabasi

Ramazonova Ro’zigulning
Turistlar uchun ovqatlanish xizmatini tashkil qilish” mavzusidagi
KURS ISHI


Rahbar:_______________________


BUXORO – 2022

Turistlar uchun ovqatlanish xizmatini tashkil qilish


REJA:
Kirish………………………………………………………………..
I. Turizm industriyasida ovqalanish xizmatini tashkil etish
1.1 Turizmda ovqatlanish xizmatining tutgan o’rni.

    1. Ovqatlanish xizmatining muhim tamoyillar

1.3 Mehmonxonalarda ovqatlanish xizmatini tashkil etish
II.Xorijiy mamlakatlar turizmida ovqatlanish tarmoqlarining ahamiyati.
2.1 Gastronomik turizm
2.2 Umumiy ovqatlanish xizmatlarida ishlab chiqarish va savdo jarayonining xususiyatlari.
2.3 Turistlarga xizmat ko‘rsatishda umumiy ovqatlanish korxonalari holati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati


Kirish
Ovqatlantirish xizmatini tashkil etishda turistning sog‘lig‘ini ham hisobga olish kerak. Noto‘g‘ri ovqatlantirish, yomon tayyorlangan taom zaharlanishga olib kelishi mumkin. Masalan, 40% gacha turistlar Misr va Hindistonga borganlarida diareyadan aziyat chekadilar. Ayniqsa, ko‘chadagi mayda sotuvchilar qo‘lidagi suv va ovqat shuningdek, restoranlardagi sifatsiz taomlar xavflidir. Ayrim toifadagi turistlar ruhida diniy belgilar bo‘yicha umumiy qabul qilgan cheklanishlar (cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilmaslik, ro‘za tutish), vegetarianlarni o‘ziga xos talablari, bolalar ovqati talablarini ham hisobga olish kerak. Ovqatlantirishga bo‘lgan bunday talablarning o‘ziga xosligini turistlarga tur sotib olayotganlarida ko‘rsatishlari kerak.Restoran xo‘jaliklarida xorijiy turistlarni qabul qilish muhim ahamiyatgaega. Chunki xorijiy turistlarga odatda ovqatlantirini tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib, ularga xizmat ko‘rsatish juda ham e’tibor va did bilan tayyorlangan joylarda tashkil etilishi kerak.Turistlarni restoran hududida ovqatlantirish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‘shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni to‘g‘ri joylashtirish kerak, idish-tovoq va anjomlarni olish, stollarni bezash va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi. Restoran ishni tashkil qilishda binoning ichki va tashqi ko‘rinishi chiroyli hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun tayyor bo‘lishi kerak.Shuningdek, mijozlarni turli xildagi xizmatlardan foydalanishlari uchun imkoniyatlari yaratilishi kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi jihozlarni joylanishiga ham e’tibor qaratish kerak, stollarni to‘g‘ri chiziq yoki shaxmat tartibida joylashtirish,mijozlarga xizmat ko‘rsatishda stollar orasidan bemalol yura oladigan bo‘lishi,shuningdek, boshqa jihozlarni ham mijozlar didi, talabi va darajasiga qarab inobatga olinishi kerak.Turizm sohasida turistlarga ovqatlantirish xizmatini tashkil etish xizmat ko‘rsatishning muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham turistlar uchun xizmat ko‘rsatish turi ikki qismdan iborat: birinchidan-oshxona va boshqa oziq-ovqatlarning sifati va assortimentini, ikkinchidan-oziq-ovqat va xizmatlarni mijozlarga sotishda sifat jarayonini takomillashtirishdir. Sifat va assortiment ovqatlantirish korxonalarining turiga va uni turli kategoriyalariga qaramasdan barcha korxonalar uchun bir xil ahamiyatga egadir.Oziq-ovqat va xizmatlarni turistlarga sotish va ularning talablarini qondirish shartlaridan biri bu-o‘z vaqtida mahsulotlarni sotish va barcha talab qilingan xizmatlarni qondirishdan iboratdir. Masalan: mehmonxona yoki restoranlarda tez xizmat ko‘rsatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, bularga buyurtma qilingan taomning stolga berilish tezligi va mijozning o‘zini-o‘ziga xizmat qilishi kiradi.Restoranlarda esa xizmat qilish sifati mehnat turlari ya’ni xodimlarni qaysi xizmat bilan shug‘ullanishga bog‘liq bo‘ladi. Bularga ma’muriy xizmat, ofitsiantlar,garderobdagilar va boshqalar xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qatoriga kiradi.Ovqatlantirish sohasida xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
-beriladigan taom, issiq yoki sovuqligi va taom sifatini yuqori darajada tashkil etish; -restoranda beriladigan taomlar assortimentining turli-tumanligi, ichimlik va boshqa mahsulotlar turi bo‘yicha mijozlarga mos kelishi;
-ovqatlantirish jarayonida xizmat ko‘rsatilayotgan mijozga nisbatan xushmuomalada bo‘lishi, taomnomadan mijozning o‘zi foydalanishi, mijozlar talab-ehtiyojlariga hushyor bo‘lib turishi lozim. Mijoz buyurtmasining bajarilish tezligi va ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng taom haqqini to‘lash usulini qo‘llash;
-taom iste’mol qilinayotgan vaqtda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, vino va ichimliklarni ryumka va fujerlarga qo‘yish tartibi, xizmat ko‘rsatish jarayonida ofitsiantlar barcha qoidalarga rioya qilishi shart;
-zaldagi tozalik va shinamlikni ta’minlash, zalning intereri mijoz didiga javob berishi, xizmat ko‘rsatiladigan mijozlarga zallarda boshqa sharoitlarni ham yaratishi zarur;
-shaxsiy gigiyena, tashqi ko‘rinish restoran kategoriyasiga javob berishi kerak.
Ovqatlantirish sohasida taom va ichimliklarni o‘rnatilgan sertifikatsiya va standartlar asosida, belgilangan narxlarda iste’molchilarga yetkazish asosiy talablardan biridir.

1.1 Turizm industriyasida ovqatlantirish xizmati


O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari, qurilish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur‘atda turizmni rivojlantirish albatta umumiy ovqatlanishni ham rivojlantirishini taqoza etadi, chunki barcha turistlar goh ichki turist bo‘lsin, goh tashqaridan kelsin, ulardan qat‘iy nazar restoran xo‘jaligiga yoki ovqatlanish tarmog‘idan foydalanishga majbur. Aks holda insonlar ovqatlanish uchun barcha mahsulotlarni o‘zlari bilan olib yurishi kerak yoki uy sharoitlarida tayyorlab, iste‘mol qilishi kerak bo‘ladi. Ammo turistlarda bunday imkoniyatlar yo‘q, shuning uchun ham ular ovqatlanish xizmatidan foydalanishga majburdir va mana shu holatlarning mavjud bo’lishi turizm umumiy ovqatlanishni uyg’un holda rivojlantirishi uchun imkon beradi. Shuning uchun ham turizmda asosiy xizmat turlaridan birini ovqatlantirish xizmati tashkil etadi. Dunyo bo’yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ko’p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma‘lum bir ko’rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko’rsatiladi. Milliy oshxonaga ega bo’lgan restoranlar ham mavjud bo’lib, ular italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlabr bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. Odatda turistlar, qaysi mamlakatda bo’lsalar, o’sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda mezbon shaharning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma‘lumot berib o‘tadi, milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtai nazarda ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya‘ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta «Xofbrayxaus»ga, ya‘ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo’lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik ovqatlanish pastasiz (makaronli taom) o’tmaydi. AQSH da va barcha ko’pgina mamlakatlarda afg’oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‘nggi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bo’la boshladi, yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Ovqatlanish har qanday insonning tabiiy ehtiyojidir. Ovqatlanish, turizmda odatdagi oddiy va zaruriy ehtiyojdan tashqari yana kongil ochish va mahalliy madaniyatning, xususan, gastronomiyaning muhim tarkibiy qismini anglash sifatida ham qaraladi. Milliy taom - xalq madaniyatining muhim qismi bolib, ozida aniq ajralib turuvchi xususiyatlarni mujassamlantiradi va huzur - halovat olishning vositasi hisoblanadi.Umumiy ovqatlanish tizimi turistik markaz yoki xududga tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondiruvchi turli toifadagi rеstoranlar, barlar, kafе hamda oshxonalar, tеz ovqatlanish va oziga - ozi xizmat qilish joylaridan tashkil topadi. Ovqatlanishning turlari (ertalabki nonushta, yarim pansion, pansion) doimo turistik xizmatlar korsatish tarkibida bеlgilangan boladi. Yarim pansionda (ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va tushlik yoki kеchki ovqat nazarda tutilgan boladi. Pansion - bu uch martalik ovqatlanishdir. Qimmatbaho xizmat korsatish variantlarida butun kun davomida va hattoki tunda istalgan vaqtda va istalgan miqdorda ovqatlanish hamda ichimliklar (spirtli ichimliklarni ham qoshib hisoblaganda) ichish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin.Shuningdеk, taklif etilayotgan ovqat xillarining miqdori tashrif buyurilayotgan mamlakat yoki mintaqaning an'analariga bogliq boladi va kopincha kaloriyaliligi hamda xizmat korsatishning turlari bеlgilangan boladi. Masalan, (еvropacha, kontinеntal, inglizcha, Amerikacha va h. k.). Mеhmonlarga xizmat korsatishning turi ham muhimdir (masalan, shvеdcha dasturxon).Umuman olganda, turist ertalab еngil ovqat tanovvul qilishi, ya'ni еngil nonushta qilishi qabul qilingan. Shuning uchun, odatda, mеhmonxonalarning kop qismi ovqatlanish joylariga yoki rеstoranlarga ega bolib, mеhmondostlikning zaruriy tarkibiy qismi hisoblangan xizmat korsatishlarni taklif qiladi, bu esa kop hollarda joylashtirishning qiymatiga kiritilgan boladi. Mеhmonxona qoshidagi rеstoranda ovqatlantirish joylari mavjudligining korsatkichi juda muhim. Agar bu korsatkich (miqdor) mavjud nomerlar fondi miqdoriga mos bolsa (tog`ri kеlsa) yana ham yaxshi.Nonushta masalasida eng yaxshisi shuki, turist mеhmonxonadan tashqariga chiqmasligi kerak, garchi ovqatlanish joylari nazarda tutilmagan, turistlarga esa yaqinrokda joylashgan rеstoranda ovqatlanishi mumkinligi tavsiya qilingan joylashtirish vositalari ham mavjud bolsada. Bunday holda joylashtirish xizmatining qiymati kеskin pasayib kеtadi.Taom har bir insonning shunchaki oddiy ehtiyoji bolib qolmay, balki turistlar tomonidan kongil ochish va rohatlanish ham, - dеb qaraladi. Turli xalqlarning va hattoki joylarning taomi oziga xoslikka, kop hollarda oziga jalb etuvchi xususiyatiga ega. Bundan tashqari, ardoqli mеhmonni yaxshilab ziyofat qilish - barcha xalqlarga xos bolgan yoqimli an'anadir. Kopchilik turistlar uchun milliy taomlar tur dasturining juda qiziqarli elеmеnti hisoblanadi. Ovqat shinavandalari uchun maxsus turlar ham mavjud bolib, buning asosini muntazam ravishda turli xildagi milliy taomlar, rеstoranlarga borish, gastronomiya printsiplarini organish va alohida maxsus taomlar tayyorlash, mahsulotlarni dеgustatsiya qilish, vino, pivo hamda kolbasa zavodlarini borib korish va boshqalar tashkil etadi. Tigiz ekskursion dasturlarning ayrim hollarida kunduzgi ovqat turistlarga quruq payok holida beriladi. Issiq mamlakatlarda turistlarga katta miqdordagi ichimlik suvi berish nazarda tutiladi.Ovqatlantirishni tashkil etish tibbiy sohani ham hisobga olgan bolishi kerak. Notogri ovqatlanish, yomon (qoidalarga rioya qilmagan holda) tayyorlangan ovqat zaxarlanishga olib kеlishi mumkin. Ayniqsa, kochadagi mayda sotuvchilar qolidagi suv va ovqat, shuningdеk, sifatsiz rеstoranlardagi taomlar xavflidir. Ayrim toifadagi turistlar ruhida diniy bеlgilar boyicha umum qabul qilingan chеklanishalar (chochqa goshtini istе'mol qilmaslik, ro`za tutish), bolalar ovqati talablarini ham hisobga olish kerak.

1.2 Inson sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilishi orqali otkir oshqozon ichak va parazitar kasalliklari hamda chorva mollarida uchraydigan ota xavfli zoonos kasalliklarini yuqtirib olishi va tarqalishiga sabab bolishi mumkin. Kasallikning kelib chiqishi va tarqalishi haqida Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi oliy toifali shifokor Yu.Raximov malumot berib otdi. Kasallik qozgatuvchi mikroorganizmlar tabiatda kop tarqalgan bolib, asosan ahlat, tuproq, suvdagi kemiruvchi hayvonlarda va zararkunandalar, hatto uy hayvonlari hamda odamlarda ham uchrashi tayin. Bunday mikroorganizmlarning kopayishi uchun oziqlanish manbai, suv, vaqt hamda harorat bolsa bas. Ularning kopayishi uchun gosht, sut, pishloq, tuxum, dengiz mahsulotlari, pishirilgan guruch, makaron mahsulotlarida eng yaxshi muhit hisoblanadi. Bitta bakteriya 15 daqiqa ichida ikkitaga kopayadi. Bu bilan bu bakteriya 6 soat mobaynida 16 milliontagacha kopayadi, degani. Kopincha mikroorganizmlar bir joydan boshqa joyga pashsha, chivin va ifloslangan qollar orqali otadi. Shuningdek, ifloslangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali tarqaladi. Oshqozon ichak kasalliklarining oldini olishimiz uchun quyidagi xavfsiz ovqatlanishning besh tamoyiliga qatiy rioya etishimiz lozim.


Birinchidan, shaxsiy va jamoat gigienasiga qatiy rioya etish. Idish-tovoqlarni toza-ozoda saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslanishidan himoya qilish, deratizasiya, dezinseksiya va dezinfeksiya tadbirlariga amal qilish.
Ikkinchidan, xom mahsulotlar va tayyor oziq-ovqatlarni bir-biridan ajratgan holda saqlash. Oziq-ovqat xom-ashyosi tayyor mahsulotlar bilan birga saqlanganda, ular kasallik qozgatuvchi mikroblar bilan ifloslanishi mumkin, shuning uchun xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni bir-biridan ajratgan holda alohida idishlar yoki oralarda yopiq holda saqlash, ish anjomlarini oz ornida ishlatish lozim.
Uchinchidan, oziq-ovqat mahsulotlariga termik ishlov berish qoidalariga qat`iy rioya etish. Oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshilab tozalash, yuvish, 2 pishirish hamda mahsulotlarga kulinar va texnik ishlov berish texnologik jarayonlariga rioya etish.
Tortinchidan, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz haroratda saqlash. Uy haroratida mikroorganizmlar tez kopayadi, shu sababli tayyor taomlarni 2 soat ichida realizasiya qilish. Barcha pishirilgan va tez buziluvchi oziq-ovqatlar +5 darajadan past haroratda, tayyor taomlar dasturxonga tortulgunga qadar +60 darajadan yuqori haroratda saqlanishi lozim. Mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun +5 darajadan +60 darajagacha bolgan harorat eng optimal harorat hisoblanadi.Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini uy haroratida muzdan tushirmaslik lozim. Muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda mikrotolqinli isitgichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Biroq mikrotolqinli isitgichlarda muzdan tushirishda mahsulotlarni bazi joylari isib ketishi va osha joyda mikroorganizmlarni kopayishi ehtimoli yanada ortadi. Shu sababli mikrotolqinli isitgichlarda muzdan tushirilgan mahsulotlarni shu zahotiyoq pishirish talab etiladi.
Beshinchidan, toza suv va sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish. Ishlatilayotgan ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari kasallik qozgatuvchi mikroblar, parazitlar bilan ifloslangan kimyoviy moddalar bilan zararlangan bolishi mumkin. Shu sababli ishlatilayotgan ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari epidemik va radiasiya jihatidan xavfsiz, kimyoviy tarkibi jihatidan zararsiz bolishi kerak. Xulosa qilib aytadigan bolsak, xavfsiz ovqatlanish qoidalariga qatiy rioya etish oziq-ovqat mahsulotlari bilan bogliq kasalliklarni kelib chiqishining oldini olishning eng muhim talablardan hisoblanadi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taminlash nafaqat sanitariya-epidemilogiya xizmatining, balki mahsulotlarni etkazib berish, tayyorlash, tashish va realizasiya qilish faoliyati bilan shugullanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslarni, qolaversa har bir fuqaroning ham burchidir.
1.3 Mehmonxonalarda ovqatlanish xizmatini tashkil etish
Mehmonxona restorani ish faoliyati boshqa oddiy restoranlar ish faoliyatidan biroz farq qiladi. Restoran ish vaqti shunday tashkil etilishi kerakki, ushbu vaqt mehmonxonada joylashgan ko‘pgina mehmonlar ehtiyojini qondirsin, hatto bu restoranga bazi hollarda foyda keltirmasa ham. Mehmonxona mehmonlarining 70% tushlik, 50%ga yaqini kechki ovqatni mehmonxona restoraniga qilmaydilar. Restoran daromadining uchdan ikki qismini chetdan kirgan xo‘randalar olib keladi.Bundan shuni xulosa qilish kerakki, mehmonxona restorani tashqaridan alohida kiradigan eshikka va avtomobillar to‘xtash joyiga eg a bo‘lishi kerak. XX asrnin 50 yillarigacha mehmonxona restoraniga ikkinchi darajali foyda keltiruvchi manba deb qaralar edi. Bazida u mehmonxona egasiga ortiqcha yukdek tuyulardi. Restoranda Mehmonxonada umumiy ovqatlantirish mustaqil boshqaruvga ega va uning reklama kampaniyasi mehmonxona reklamasidan alohida olib boriladi. Ovqatlantirish xizmati direktoriga bevosita shef-povar, ovqatlantirish xizmati kontroleri, metrdotel, banket menedjeri, bosh barmen, styuard bo‘y sunadi. Agar restoran haridlarni o‘zi amalga oshirsa, uning shtatida Yana oziq – ovqatlar, vino va boshqa ichimliklarni harid qiluvchi xodimlar ham kiradi. mehmonxonada restoranlar bir nechta bo‘lsa, har qaysisining o‘z direktori (hatto room service yani nomerda ovqat va ichimlik yetkazib beruvchi xizmatning ham) bo‘ladi. Mehmonxonada restoranlar bir nechta bo’lsa, har bir zal aniq imidjga (har xi l milliy oshxonalar), zal intererlari menyu va mijozga mos kelishi kerak. Lekin mehmonxonalardagi joylashish darajasi pasayib brogan sari mehmonxona restoranlarining foyda keltiruvchi manba sifatida roli oshib bordi va hatto nomer fondidan oladigan foyda Bilan tenglashdi. Shuning uchu n mehmonxonadagi ushbu xizmat- mehmonxona restoraniga bo‘lgan e’tibor tobora oshib, bitta mehmonxonaning o‘zida maxsus restoranlar soni- milliy oshxonalar, barlar, kofeteriyalar ko‘payib bormoqda. Hozirda mehmonxona klassi qanchalik yuqori bo‘lsa, u yerdagi restoranlar shunchalik ahamiyatlidir. Mehmonxonada ovqatlanish turi sayohat maqsadi va o'zingizning xohishingizga qarab tanlanishi kerak. Agar siz faqat chet elning mehmonxonalarida turar joy bilan qiziqsangiz, mehmonxona katalogidan NA (Aviable emas), BO (Faqat to'shakda), OB (Faqatgina yotoqda), RO (Faqat xonada), EP (Pation tashqari) belgilarini qidirib toping.) - "faqat yotoq", "Ovqatlanmaslik".
Ushbu qisqartmalarning barchasi mehmonxona ma'muriyati sizning menyuingiz haqida tashvishlanmasligini ko'rsatadi. Agar siz chet elda do'stlaringiz va qarindoshlaringiz bilan yoki mahalliy umumiy ovqatlanish joyida ovqatlanmoqchi bo'lsangiz, "ovqatlanmaslik" tejamkorligi mantiqan to'g'ri keladi. Ko'pgina mehmonxonalarda, agar kerak bo'lsa, siz haq evaziga individual buyurtma berishingiz mumkin - oziq-ovqat xonangizga etkaziladi yoki o'zingizning baringizda yoki restoraningizda ovqatga taklif qilinadi.
Kurort mehmonxonalarida "ovqat yo'q" tizimlari mavjud emas. Ekskursiya turizmi rivojlangan Evropa Ittifoqi mehmonxonalari haqida ham shu narsani aytish mumkin. Agar siz kun bo'yi xonangizda tunab, mahalliy lazzatni o'rganmoqchi bo'lsangiz ham, sizga nonushta taklif etiladi. Bukletlarda u BB (Bed and Breakfas) - "yotoq va nonushta" deb nomlanadi.
Qoida tariqasida, Evropada ertalabki ovqat turar joy narxiga kiritilgan. Aksariyat Amerika, shuningdek, Avstraliya, Meksika va Singapur mehmonxonalarida (AQSh bozorining ta'siri ta'sir qiladi) haqiqatdan keyin uni to'lash odat tusiga kiradi.
BB - mehmonxonalarda ovqatlanishning eng tejamli varianti - keng tanlovga ega. Ikki-uch, kamroq - to'rt-besh yulduzli mehmonxonalarda "kontinental" deb nomlangan nonushta (CBF, Continental Breakfast) taklif etiladi. Odatda unga ichimlik (sharbat, choy yoki kofe), ozroq yoki murabbo solingan bulochka beriladi. Ba'zida menyuda yogurt, tuxum va mevalar mavjud.
BB tizimining yana bir turi - bu Amerikalik nonushta (ABF). Unga cho'chqa go'shti, kolbasa, pishloq, sabzavotli salat, murabbo bilan pancake kabi yanada qoniqarli ovqatlar kiradi. Nomidan ko'rinib turibdiki, Amerika nonushta, ayniqsa, Amerika mehmonxonalari uchun ajralib turadi. Bundan tashqari, G'arbiy Evropadagi ko'plab mehmonxonalarda samimiy nonushta taqdim etiladi. Xususan, inglizcha nonushta menyusi maydalangan tuxum va jambon, ichimliklar, murabbo va sariyog 'bilan tayyorlangan issiq tostlardan iborat.
Turistik dunyoda eng keng tarqalgan va ommabop bufet (BBF - Buffet Breakfast). Go'sht va sut mahsulotlari, sabzavotlar va mevalar, turli xil xamir ovqatlar, mahalliy (ba'zan chetdan olib kelinadigan) ichimliklar - barchasi narxga kiritilgan. Siz o'zingizning ta'mingizga ko'ra mo'l-ko'l nonushta qilishingiz mumkin.
Agar siz plyajdagi ta'tilga kelsangiz va doimiy ravishda mehmonxonada yashamoqchi bo'lsangiz, (HB, Hale Board) yoki to'liq (FB, Full Board) taxtaga buyurtma berish tavsiya etiladi. Shunga ko'ra, ikkita - (nonushta va kechki ovqat) va kuniga uch marta ovqatlanish (nonushta, tushlik va kechki ovqat).
Iltimos, diqqat qiling: risolada alakart so'zlari bo'lishi mumkin - siz taqdim etilgan ro'yxatdan faqat cheklangan miqdordagi idishlarga buyurtma berishingiz mumkin. Qolganlari uchun qo'shimcha pul to'lashingiz kerak bo'ladi. Evropa Ittifoqidagi mehmonxonalarning odatiy amaliyoti bepul ichimliklar: choy, kofe, mineral suv.
Ehtimol, ruslar uchun eng sevimli mehmonxona tizimi "hamma narsa inklyuziv" bo'lishi mumkin: turar joy nafaqat uch martalik bufetni, balki asosiy mehmonxona xizmatlarini ham o'z ichiga oladi. Turkiyaning plyajdagi kurortlari oziq-ovqatga eng boy - siz kuniga 3 marta juda ko'p miqdorda ichishingiz va ovqatlanishingiz mumkin. Evropada bufetda cheklovlar mavjud: har qanday aperitiv va salatlarni tanlashingiz mumkin, va asosiy taomlar - 3-5 ta.
UALL (Ultra All Inclusive) mehmonxonalardagi ovqatlanish tizimlari orasida ajralib turadi.Bu to'liq taxtaning analogidir, ammo u dam oluvchilar uchun yanada kengroq tanlovni taqdim etadi: nonushta, tushlik, tushlik, tushdan keyin choy va kechki ovqat; mahalliy va xorijdan ishlab chiqarilgan shirinliklar, gazaklar, alkogolsiz ichimliklar va spirtli ichimliklarning katta tanlovi.
"Ultra" tizimida ishlaydigan mehmonxonalarning aksariyati qo'shimcha xizmatni taklif qilishi mumkin - restoranlarda bepul ovqatlanish turli mamlakatlarning taomlari bilan. Cheksiz 24/7 taom kurort narxiga qo'shiladi. Agar siz mablag 'uchun bog'lanmagan bo'lsangiz va katta kompaniyada stolda zavqlanishni yaxshi ko'rsangiz, bu siz uchun.
Mehmonxonalardagi oziq-ovqat turlari, nomlarning dekodlanishi, o'ziga xos turlar o'rtasidagi farqlar, alohida mamlakatlardagi xususiyatlar har xil. All inclusive-ning o'ziga xos xususiyati shundaki, u asosiy va qo'shimcha ovqatlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, mehmonlar mahalliy ishlab chiqarilgan alkogol, issiq va alkogolsiz ichimliklardan foydalanishlari mumkin.
Ko'pincha sotib olingan sayohat paketiga quyidagilar kiradi:

  1. animatsiya

  2. sauna, massaj xonasi, SPA saloniga tashrif buyurish;

  3. tennis maydoni;

  4. akvapark;

  5. mehmonxona majmuasidagi restoranlarga bonusli sayohat.

II.Xorijiy mamlakatlar turizmida ovqatlanish tarmoqlarining ahamiyat


So'nggi yillarda turizm dunyosi keng rivojlanib bormoqda, chunki barcha sohalar o'sib bordi va malakaga ega bo'ldi. Shunday qilib, biz mehmonxonalar sanoati, turar joylarning xilma-xilligi, bir xil sayyohlik yo'nalishlari va gastronomiya, barchasi dunyodagi asosiy yo'nalishlarda sayyohlikning o'sishiga turtki bo'ldi.Italiya dunyodagi turizm darajasi eng yuqori bo'lgan mamlakatlardan biridirchunki sayyoramizning moda poytaxti - Rim yoki Amalfi qirg'og'i - Milan kabi shaharlarga ega bo'lishdan tashqari, ushbu mamlakatda eng mashhur gastronomiyalar qit'aning Bu erda ajoyib lazzatlarga ega bo'lgan samimiy taomlar butun dunyoda tanilgan yuqori sifatli sharobni taklif qiladigan uzumzorlarning ajoyib o'sishi bilan to'ldiriladi.Shuning uchun Italiyaga sayohat qilishni rejalashtirayotganda, biz uning gastronomiyasi bilan bog'liq ekskursiyani tashkil qilishimiz mumkin. Gap boradigan joy bilan tanishish va ovqatlanish haqida emas, balki o'zingiz yoki agentlik orqali, faqat gastronomik turizm bilan bog'liq turli xil dasturlar yoki paketlarni muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi.Makaron, pitssalar, janubiy italiyalik shirinliklar, limonchelo kabi ichimliklar yoki uning eng yaxshi sharoblari sayohatni tashkil qilish uchun etarli sababdir ... va xursandchilik!Qayd etilishicha, uchrashuvda Turkiyada "O‘zbekiston madaniyati haftaligi"ni o‘tkazish, mamlakatlarimiz gastronomik turizmi salohiyatini oshirish, madaniy-tarixiy merosimizni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Ma'lumotga ko'ra, 13-sentyabr Oʻzbekiston va Turkiya Gastrokomik turizmi uyushmalari uchun muhim sana boʻldi. Oʻzbekistonning turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari Turkiya Gastronomik turizm uyushmasi (GTD)ga tashrif buyurdi.Tashrif Turk dunyosi Mahalliy hokimiyatlar birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.Turkiya Gastronomik turizmi uyushmasi raisi Gurkan Boʻztepe bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv yakuniga koʻra, gastronomik turizmni rivojlantirishga doir ikki tomonlamali hamkorlik bitimi imzolandi.Hujjat Turkiyada har yili oʻzbek oshxonasi haftaligini oʻtkazish va Turkiya mehmonxonalarida oʻzbek nonushtasini joriy qilishni koʻzda tutadi. Shuningdek, Turkiyaning 5 yulduzli mehmonxonalari bosh oshpazlari uchun Oʻzbekiston oshpazlari tomonidan “Oʻzbek nonushtasi” boʻyicha maxsus treninglar tashkil etiladi.Mehmonxona restoranida haftaning bir kuni “Uzbek cuisine day” deb eʼlon qilinishi va o’sha kuni restoran menyusida faqat oʻzbek milliy taomlari joy egallashi kutilmoqda.

2.1 Gastronomik turizm



Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish