Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Bog‘i Jahonnamo
(Jahon ko‘zgusi). Amir Temur Samarqanddan 
7 farsax (42 km) narida, Zarafshon tog‘i etagida qurdirgan (1398). 
Unda saroy va qala bo‘lgan. “Zafarnoma” da yozilishicha, bu 
bog‘ning hududi benihoyat katta bo‘lib, yo‘qolib qolgan ot 6 oydan 
so‘ng topilgan ekan.
Bog‘i Maydon.
Amir Temur Samarqandning shimolida, 
Cho‘ponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, 
bog‘da hashamatli bir ayvon (ko‘shk) va qimmatbaho toshlardan 
yasalgan taxt bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek bu bog‘ni yanada obod qilgan. 
Bobur shu xaqda bunday deb yozadi: “Bu bog‘ning o‘rtasida 
(Ulug‘bek) bir oliy imorat qilibdur. Chil (qirq) sutun derlar, du (ikki) 
oshyona (qavat), sutunlari tamomi toshdin. Bu imoratning to‘rt 
burchida to‘rt manordek burjlar qo‘poribturlarkim, yuqorig‘a chiqar 
yo‘llar bu to‘rt burjdindur. O‘zga tamom erlarda toshdin sutunlardir. 
Ba’zini morpech xiyora (burama, ko‘pqirrali) qilibturlar. Yuqorigi 
oshyonaning to‘rt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. O‘rtasi chordora 
uydir. Imorat kursisini tamom toshdan farsh qilibdilar”. Bu bog‘ o‘rni 
hozir ham Bog‘i Maydon deb ataladi. 
Bog‘i Nav
(Yangi bog‘). Amir Temur Samarqandning janubida 
qurdirgan (1404). Lolazor qishlog‘i o‘rnida joylashgan. Bu bog‘ 
to‘rtburchak shaklda bo‘lib, atrofi baland paxsa devor bilann o‘ralgan. 
Har burchagida minora qad ko‘tarib turgan. Markazida boshqa 
bog‘lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida hovuz bo‘lgan. 
Bog‘i 
Chinor.
Amir 
Temur 
Samarqandning 
sharqida 
(Konigilning janubiy-g‘arb tarafida, hozirgi “Qo‘sh tamg‘alik” 


80 
tepaligi o‘rnida) barpo qildirgan (1404). Unda chinorlar ko‘p bo‘lgan. 
Markazida xochsimon tarhli saroy joylashgan. 
Bog‘i Shamol.
Amir Temur 1397 -yil nabirasi (Mironshohning 
qizi) ga atab qurdirgan. Samarqandning g‘arbida bo‘lgan. Undagi 
saroy to‘rtburchak shaklda bo‘lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil 
qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yog‘och va fil 
suyagidan ishlangan. Bu bog‘ joylashgan hudud va u yerdagi ariq 
hozir ham “Bog‘i Shamol” deb ataladi.
Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bog‘lar 
bo‘lgan. Chunonchi, Bog‘i Bo‘ldu, Bog‘i Zog‘on, Bog‘i Naqshi 
Jahon, Bog‘i Amirzoda Shohrux, Bog‘cha, Bog‘i Dilafro‘z, Bog‘i 
Sheron, Gulbog‘, Lolazor, Bedana qo‘rug‘i, Chumchuqlik, G‘ozxona 
va boshqalar shular jumlasidandir. 
 
Shahar ichkarisi va tashqarisida Bibixonim Jome masjidi, Go‘ri 
Amir maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Ulug‘bek madrasasi, 
rasadxonasi kabi ko‘plab mashhur me’moriy obidalar yaratildi. 
Samarqand zamonasining yirik ilmiy markazlaridan biriga aylandi.
Mirzo Ulug‘bek bobosini an’analarini davom ettirdi.Chuponota 
tepaligida Ulug‘bek bog‘ini yaratdi.
Jumladan: Ulug‘bek rasadxonasi 
1424 - 1428 -yillar mobaynida Samarqand shahri yaqinidagi 
Obirahmat anhori bo‘yida qurilgan. Rasadxona Mirzo Ulug‘bek 
farmoniga muvofiq qad ko‘targan bo‘lib, uni bunyod etishda 
Ulug‘bekning ustozi Qozizoda Rumiy va G‘iyosiddin Jamshid bosh - 
qosh bo‘ladilar. Rasadxona joylashgan ushbu mavze mahalliy aholi 
o‘rtasida “Naqshi jahon” degan nom bilan mashhur bo‘lgan. 
Rasadxonaning asosiy qismi radiusi 40,2 metrli sekstant bo‘lgan. 
Ulug‘bekning vafotidan so‘ng (1449) rasadxona qarovsiz holga 
kelib, xaroba holga kelib qoladi, uning asboblari buzib tashlanadi. 
olimlar Samarqandni tark etishadi. Rasadxona ayovsiz urushlar tufayli 
XVI - XVII asrlarda yo‘q bo‘lib ketadi. Nihoyat arxeolog olim V. L. 
Vyatkin XVII asrga oid bir vaqf hujjatni Samarqandlik keksa olim 
qo‘lidan olishga muvaffaq bo‘ladi. Shu asosda rasadxonaning 
saqlangan yer osti qismini topadi 
Vasiliy Lavrentievich Vyatkin Samarqand yaqinidagi Ulug'bek 
rasadxonasining qoldiqlarini topish va qazish uchun keng tanilgan. 
1896 -yilda Samarqandda Arxeologiya muzeyigi asos solgan bo‘lib, u 
uzoq vaqt davomida rejissyor edi. Samarqanddagi Afrosiyob 
shahrining qadimgi turar-joyini ham qazib o‘rgangan U 1932 - yilda 


81 
Samarqandda 
vafot 
etdi, 
uning 
qabri 
mashhur 
Ulug'bek 
rasadxonasining qoldiqlari yonida joylashgan bo‘lib, uning qoldiqlari 
bir vaqtlar o‘zi kashf qilgan. 
Samarqandda Taftazoniy, Jurjoniy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin 
Jamshed, Ali Qushchi kabi olimlar jahoniy shuhrat topdilar. Ulug‘bek 
boshchiligidagi Samarqand ilmiy maktabining mahsuli bo‘lgan “Ziji 
jadidiy Ko‘ragoniy” asarida keltirilgan astronomik, matematik 
mushohadalar va faktlar o‘zining aniqligi bilan hamon dunyoni 
hayratga solmoqda. Jahon mumtoz adabiyotining yirik namoyondalari 
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham Samarqandda ta’lim 
olganlar. 
XV asrning oxirida, qisqa muddat davomida shaharda hukmronlik 
qilgan Zahiriddin Bobur Samarqandga quyidagicha ta’rif beradi: 
“Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahar kamroqdur. Uzumi va 
qovuni va olmasi va anori, balki ja’mi mevasi xub bo‘lur. Vale ikki 
meva Samarqandda mashhurdir: sebi Samarqand va sohibiy 
Samarqand. Samarqand shahri ajab orasta shahardur” “Olamda yaxshi 
qog‘oz Samarqanddin chiqar”. 
Samarqand buyuk Amir Temur nomi bilan atalgan ordenni 
birinchi bo‘lib olishga sazovor bo‘lgan tabarruk shahardir. 1996-yil 
28-avgustda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom 
Karimovning Samarqand shahrini Amir Temur ordeni bilan 
mukofotlash to‘g‘risidagi Qarori chiqarildi, shu yili 18-oktabrda Amir 
Temurning haykalini ochilish marosimi bo‘ldi va marosimda 
samarqandliklarga ushbu orden topshirildi, 18-oktabr “Samarqand 
shahri kuni” deb e’lon qilindi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish