Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Manba va adabiyotlar 
1. Ahmedov B. Amir Temurni yod etib, Toshkent, O‘zbekiston, 
1996. 
2. Маршак Б.И. Самый ранний сюжет согдийской живописи. 
// Тўплам:
Зарафшон воҳаси ва унинг тарихдаги ўрни. Ўзбекистон 
Республикасини 10
йиллигига бағишланган илмий-назарий анжуман 
материаллари. 2001 йил 18-19 май, I қисм, Самарқанд, 2001. 
3. Алимова Д.А., Буряков Ю.Ф., Рахматуллаев Ш.М. 
Самарқанд тарихи. (қадимги даврдан бугунги кунгача) Тошкент, 
2009 
4. Самарқанд тарихи 1-том,Тошкент, 1971 
6-mavzu:Buxoro vohasi shaharlari urbanizatsiyasi 
Reja: 


84 
6.1. Buxoro shahri tarixi va shahar
 
urbanizatsiyasi 
6.2. Varaxsha,
Poykent- qadimiy shaharlar 
6.3. Romitan va Vobkent haqida tarixiy manbalar 
6.4. Buxoro Somoniylar davlati poytaxti 
6.5. Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro 
6.6. XVI-XVII asrlarda Buxoro
 
shaharlari urbanizatsiyasi 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Mis shahar, Buxoroxudotlar, Poykand, 
Romitan, YUNESKO, Varaxsha, Vobkent, Romitan, “Qubbat ul-
Islom”- “Islom dinining gumbazi”, Chashmayi Ayub, “Bilim olish har 
bir musulmon ayol va erkakning burchidir”, Hunarmandchilik, 
“Zafarnoma”. 
6.1 Buxoro shahri tarixi va shahar urbanizatsiyasi 
Buxoro o‘zining 25 asrlik tarixi davomida jahon fani va 
madaniyatini rivojlantirishga, ayniqsa, Sharq madaniyatini taraqqiy 
ettirishga salmoqli hissa qo‘shgan qo‘hna shahardir. Shaharning 
tarixiy qismi 1993 - yilda YUNESKO tomonidan insoniyatning 
butundunyo tarixiy merosi shaharlari ro‘yxatiga kiritilgan. Buxoro 
o‘zining 400 dan ortiq me’moriy obidalari bilan Markaziy Osiyodagi 
eng katta muzey-shahar hisoblanadi.
Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoroga miloddan avvalgi 1-
ming yillik o‘rtalarida asos solingan. Ilk o‘rta asr Xitoy manbalarida 
shaharning nomi An, Ansi, Ango, Buxo, buku, Buxe, Buxaer, Buxola, 
Fuxo, Puxuala deb atalgan. Mutaxassislarning fikricha, bu 
atamalarning avvalgi uchtasi Buxoroning Xitoycha nomlari bo‘lib, 
qolgani “Buxoro” so‘zining Xitoy tilidagi talaffuzidir. 
O‘rta asr arab manbalarida Buxoro Numijkat, Navmijkat, 
Bumichkat (Yangi Qo‘rg‘on), Al-Madina as-sufriya (Mis shahar), 
Madinat ut-tujjor (Savdogarlar shahri). Foxira (Faxr shahri) kabi 
nomlar bilan tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha “vixara” 
so‘zining turk-mo‘g‘ulcha shakli - “buxor” ( “ibodatxona”) dan kelib 
chiqqan deb tahlil qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama 
so‘g‘diycha “bug‘” yoki “bag‘”(“tangri”) hamda “oro” (“jamol”) 
so‘zlaridan iborat bo‘lib, “tangri jamoli”degan ma’noni anglatadi, 
degan fikrlar ham mavjud. 
Narshaxiyning yozishicha - “Samarqand tomonida bir katta daryo 
borki, uni “Rudi mosaf” - “Mosaf daryosi”( Hozirgi Zarafshon 
daryosi) deb aytaydilar. Bu daryoga ko‘p suv yig‘ilgan, u bir talay 


85 
yerlarni yuvib-o‘pirib, ko‘p loyqalarni surib kelgan va natijada, bu 
botqoqliklar to‘lib qolgan. Suv ko‘p oqib kela berdi, loyqalarni Bitik 
(Chorjo‘y ro‘parasidagi Amudaryo bo‘yida joylashgan qishloq) va 
Forobgacha (Chorjo‘y yaqinidagi, Amudaryo sohilidagi shahar) surib 
keltira berdi. So‘ng suv toshib kelishi to‘xtadi. Buxoro o‘rnashgan joy 
asta-sekin to‘lib tekis yerga aylandi va shunday qilib, u katta daryo 
So‘g‘d va bu loyqalar bilan to‘lgan mavze Buxoro bo‘lib qoldi, har 
tomonidan odamlar yig‘ilib, u joy obod bo‘ldi”. 
Buxoro shahrining barpo bo‘lishi Zarafshon vodiysining 
o‘zlashtirib obod etilishi hamda voha bo‘ylab urbanizastiyalashgan 
dehqonchilik, qishloqlar va istehkomsiz turar joylar, keyinroq esa 
ko‘plab qasrlarning qad ko‘tarishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. 
Milodgacha bo‘lgan V asr oxiri va IV asrlarda, ayniqsa III va II 
asrlarda bu jarayon keskin jadallashgan. Buxoro shahri yaqinidagi 
Taxtmachittepa va Talimurda partav yodgorliklaridan topilgan, 
miloddan av. IV - II asrlarga mansub Yunon-Baktriya podshohi 
Evtidemning kumush tangalari hamda ularga taqlidan yasalgan va old 
tomoniga tojdor hukmdor, orqa tomonida esa otashkada tasviri 
tushirilgan kumush tangalarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. 
Hatto qadimgi Buxoro tojdorlari miloddan avvalgi II asrdayoq o‘z 
kumush tangalarini zarb etib chiqara boshlaganlar. 
Er.av. II asrdan boshlab Buxoro vohasida boy dehqonlarga 
qarashli mustahkam uy joylar paydo bo‘la boshlagan. Bu davrda 
vohada qishloq jamoasiga tegishli “dehqon”lar tomonidan 
sug‘oriladigan yerlar va o‘tloqlar egallanib boshlagan. Kichik-kichik 
davlatlar paydo bo‘lib, o‘zlarini turli nomlar bilan atagan podshohlar 
tomonidan boshqarilgan. Masalan, Buxoroda-buxoroxudotlar, Buxoro 
vohasining shimolida joylashgan Vardonzeda -vardonxudatlar, 
so‘g‘dda - ixshidlar, Ustrushonada - afshinlar deb atashgan. 
Buxoroxudot - (Buxoro va fors “xudo” - tangri, ega, hokim 
ma’nolarini anglatadi. Buxoroga islom kirib kelgach arablar uni 
Buxorxudat deb o‘z tillariga moslab olganlar. Buxorxudat atamasi 
dastlab Buxorxudo shaklida bo‘lgan. 
Buxoroxudotlar VI-VIII asrlar mobaynida Buxoroni idora qilib, 
hududi hozirgi Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va 
Qorako‘l tumani yerlaridan iborat bo‘lgan.
Arablarning Buxoro muzofotiga kirib kelishi 673 - yilning kuzida 
Xalifa Muoviya (661-680 y.y.) farmoni bilan Ubaydulloh ibn


86 
Ziyodning Amudaryodan kechib o‘tishidan boshlandi. Dastlab 
Poykand va Romitanni egallab, Buxoro shahrini qamalga oladi. 
707 - yilda Qutayba katta qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib, 
Buxoro vohasiga bostirib keladi. Arab qo‘shinlari dastlab eng qadimiy 
va obod shaharlardan bo‘lgan Poykandni qamalga oldilar.
Somoniylar xonadonining vakili Samarqand hukmdori somoniy 
Nasr ibn Ahmad 874 -yilda ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib 
yuboradi. Buxoro IX-X asrlarda Somoniylar, X asr oxirida 
Qoraxoniylar boshqaruvida bo‘lgan. 
1220 - yil fevralida mo‘g‘ullar Buxoroni egalladilar. Go‘rxon 
boshchiligida 12 kun davomida mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatdi. Qal’a 
ichidagi chuqurlar odam va hayvon mayitlariga to‘lib, qahramonlar 
o‘z jonlarini fido qilgandan keyingina Ark zabt etildi. Nayob 
qo‘lyozma asarlar, muqaddas kitoblar yirtildi. Ulamo va shayxlar 
e’tiborli mo‘g‘ul jangchilariga xizmatkor qilib berilgan. Maschitlarda 
sharobxo‘rlik qilinib, mo‘g‘ullar ashula aytayotgan paytda ulamolar 
va shayxlarni otxonalarda otlarni qo‘riqlash uchun qo‘ydilar. 
Xullas san’ati, ilm-ma’rifati yuksak bo‘lgan Buxoro aholisi 
xo‘rlandi va masxara qilindi. Istilochilar Buxorodan g‘oyatda ko‘p 
asir olib qaytdilar. Asirlarning ko‘pchiligi hunarmandlar bo‘lib, 
mo‘g‘ullar ulardan turli xil hunarmandchilik buyumlari, qurol-yarog‘, 
asbob-uskunalar, zeb-ziynatlar yasab beradigan ishchi kuchi sifatida 
foydalanganlar. 
1238 -yilda Buxorodan 3 farsax (18-20 km) narida Torob 
qishlog‘ida (hozirgi Jondor tumani hududi) boshlanadi. Qo‘zg‘olonga 
Toroblik g‘alvir yasovchi Mahmud boshchilik qiladi va tarixda u
Maxmud Torobiy qo‘zg‘oloni nomi bilan mashhur. Tarixchi 
Juvayniyning yozishicha, M.Torobiy ularni kurashga chaqirdi. 
Qo‘zg‘olon shiddad bilan avjiga chiqdiki, M.Torobiy qo‘shinlarining 
Karmana atrofida mo‘g‘ullar va Buxorodan qochib ketgan amaldorlar 
qo‘shinlaridan engilib, M.Torobiy va Shamsuddin Maxbubiylar halok 
bo‘lgandan so‘nggina qo‘zg‘olon bostiriladi.
1316 - yilning sentyabr-oktabr oylarida Erondan kelgan 
mo‘g‘ullar Chig‘atoy shahzodasi Yasovur bilan birgalikda Buxoro va 
boshqa shaharlarni yana talab, aholisini zo‘rlab olib ketdilar. 
Arab Sayyohi ibn Batutta 1333 - yilda Buxoroda bo‘lib, ko‘pgina 
bozor va maschitlar xaroba holda turganligini bayon etgan. 


87 
Mo‘g‘ullar 
istibdodiga, 
chingiziy 
shahzodalarning 
o‘zaro 
urushlari, mo‘g‘ullarning Movaunnahrga tinimsiz bosqinlari, shahar 
va 
qishloqlarni 
talon-taroj 
qilib, 
aholiga 
cheksiz 
qilingan 
shafqatsizliklarga sohibqiron Amir Temur chek qo‘ygan. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish