Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

 


70 
5.2. 
Samarqanddagi qadimgi shaharlar 
Ko‘ktepa
qadimgi shahar ya’ni, miloddan avvalgi IX-IV asrlar 
va milodiy I asrlarga ta’luqli. Samarqand viloyatining Payariq 
tumaniga qarashli hududida, Batrak va Shamat qishloqlari, 
oralig‘ida, Bulung‘ursoyning qadimgi o‘zani sohilida joylashgan. 
Mahalliy aholi orasida u Sayiltepa deb ataladi. Ko‘ktepa ilk temir 
davri shahar xarobasi, kvadrat shaklida, maydoni 23 ga atrofida, uning 
relefida chor atrofi bo‘ylab qad ko‘targan mudofaa devori va 4 joyda 
shahar darvozalarining o‘rinlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yodgorlik 
relefida shahar mudofaa devorining tashqarisidan 2 - mudofaa 
inshooti o‘tgan ko‘rinadi. Uning xom g‘ishtdan qurilgan izlari 1 km 
chamasi 
uzunlikda 
yodgorlikning 
shimoliy-g‘arbiy 
tomonida 
kuzatiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u yaqin 100 ga maydonni o‘rab 
olgan. Ammo 2 - mudofaa inshooti oralig‘i keyingi - yillarda 
xo‘jalik maqsadlarida to‘liq o‘zlashtirilib, uning qadimgi inshootlari 
mutlaqo buzib tashlangan. Ko‘ktepa maydonining 2 joyida baland 
do‘ngliklar kuzatiladi. Ulardan biri yodgorlikning markazida, kvadrat 
shaklida (70x70 m), ikkinchisi, uning sharqida, 2 yarus (qavat, 
qatlam) li (qasr oldidagi maydon bilan). 
Yodgorlikda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 
qadimgi shahar hayoti 3 davrga bo‘linadi (Ko‘ktepa 1,2,3). Ko‘ktepa I 
davri Zarafshon vodiysida mahalliy chorvador saklarning o‘troq 
hayotga, dehqonchilik xo‘jaligi yuritishga ommaviy ravishda 
o‘tayotgan, Sug‘diyona dehqonchilik vohasining jadal tarkib 
topayotgan davri bilan farqlanadi. Bu davrda kulolchilik mahsulotlari, 
asosan, qo‘lda tayyorlanib, ularning och rangli pardozlangan sirtiga 
qizg‘ish qora bo‘yoqda turli shakllarda gul solish odat bo‘lgan. 
Ko‘ktepa 1 davrida dastlab aholi yarim yer to‘la shaklidagi kulbalarda 
yashadi, uning so‘nggi bosqichiga kelib, guvala va xom g‘ishtdan ko‘p 
xonali uylar va baland platforma (tag kursi) ustiga monumental bino 
(ibodatxona majmuasi) qurish odat tusiga kiradi. Ko‘ktepa 1 davri 
majmuasi Farg‘ona vodiysining Chust madaniyati, umuman, O‘rta 
Osiyoning Yaz 1 deb atalgan arxeologik majmualari bilan har jihatdan 
bir-birlariga yaqin va o‘xshash, deb topilmoqda. 
Ko‘ktepa 2 davriga kelib, Sug‘diyona hududlariga Qadimgi, 
Sharq tamadduniga xos urbanistik jarayon jadal kirib keladi. Yangi 
etnomadaniy qatlamning yerli tub aholi bilan qorishuvi natijasi 
sifatida Ko‘ktepa 2 majmuasi tarkib topadi. Bu jarayon, ayniqsa, 


71 
kulolchilikda yaqqol ko‘zga tashlandi. Keramika mahsulotlari 
tarkibida yuqori sifatli, kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar 
keskin ko‘payadi. Endi, kulolchilikda sopollarning naqshiga emas, 
balki ularning sifatiga e’tibor qaratiladi. Uy-joy qurilish sohasida 
monumental binolar, majmualar barpo etish rivojlanadi. Sug‘dda 
qadimgi shahar madaniyati uzil-kesil shakllanadi. Bu davrda 
Ko‘ktepada, uning markazida qalin platforma (tagkursi) ustida 
mahobatli shahar ibodatxonasi uzil-kesil shakllanadi. Undan 
sharqroqda joylashgan Ko‘ktepa hukmdorining qasri tarkib topadi. 
Ko‘ktepa 3 davriga kelib, Qadimgi Shharq tamadduni an’analari 
asosida rivojlanishda davom etayotgan shahar hayotiga makedoniyalik 
Aleksandr yurishlari munosabati bilan ellin madaniyati kirib keladi. 
Shahar maydoni yo‘lak hosil qilgan 2 qatorli mudofaa devori bilan 
o‘rab olinadi. Shahar maydonining yuqori qismida kamida 0,50 sm 
qalinlikda ellin davri qatlami hosil bo‘lgan. Undan so‘ng qandaydir 
sababga ko‘ra, shaharda hayot to‘xtaydi. 
Ko‘ktepadan 25 - 35 yoshdagi ayol qabri ochildi. Qabrdan 
yog‘och to‘shama va qamish bo‘yra izlari topildi. Ayolning 
ko‘ylagining chetlari silindr shakldagi 345 ta oltin taqinchoqlar, bosh 
kiyimi esa 57 ta shisha munchoq bilan bezatilgan. Belbog‘iga feruza 
qadamalar o‘rnatilgan oltin to‘qachalar taqilgan. Mayyitni oyoq 
tomonidan qaychi, urchuq va Xitoyning Xan sulolasi davriga oid 
kumush qo‘shilgan dumaloq jez ko‘zgu topildi. Mana shu ko‘zgu va 
boshqa belgilarga ko‘ra, qabr miloddan avvalgi 1 - milodiy 1 - asrga 
oid deb belgilandi. Qabr maydoni 11 x 5,5 m xajmda bo‘lib, 
lahadning chuqurligi 6,5 m ni tashkil etgan. M.Isomiddinovning 
fikricha, bu yerda malika yoki aslzoda ayol dafn etilgan. 2001 - yilda 
Ko‘ktepa minorasi o‘rnida qazishma ishlari davom ettirildi, u yerdan 
miloddan avvalgi VIII-VII asrlar sopol idishlar, tegirmon tosh 
bo‘laklari, tosh o‘roq, qozon, bandli marmar tarozu toshi, marmardan 
ishlangan buyumlar, 4 oyoqchali kichik chirog‘don, to‘qimachilik 
dastgohi uchun mo‘ljallangan suyak taroq, tosh pichoq, og‘ir bolta, 
hayvon suyaklari topildi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish