Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Afrosiyobda
olib 
borilgan tadqiqotlarga tayanamiz. Shu o‘rinda Afrosiyob nomi 
qayerdan kelib chiqqan, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Ma’lumki, 
ulug‘ shoir Abdulqosim Firdavsiy o‘zining mashhur “Shohnoma”sida 
Eron bilan Turon o‘rtasidagi munosabatlar, nizolar haqida so‘z yuritar 
ekan, Turonning podshosi Afrosiyob bo‘lganligini yozadi. Mahmud 
Koshg‘ariyning yozishicha esa Turon podshosining nomi Alp Er 


68 
Tung‘a bo‘lib forslar uni Afrosiyob deb ataganlar. Samarqand Alp Er 
Tunga - Afrosiyobning poytaxti bo‘lganligi uchun uning ilk o‘rni ham 
Afrosiyob nomi bilan atalib kelingan. 
Afrosiyob 
hozirgi 
Samarqandning 
shimoliy 
chegarasiga 
tutashgan keng bo‘sh tepaliklar bo‘lib, uning maydoni 219 ga. 
Tepalikning shimoliy Siyob arig‘i bilan chegaralangan. Janubiy 
tomondan “eski shahar” deb atalgan Samarqandga qo‘shilib ketgan. 
Yozma manbalarda shaharning dastlabki tarixi haqida 
ma’lumotlar juda kam uchraydi. Ko‘hna shaharda o‘tkazilgan 
arxeologik qazishlar esa bunday ma’lumotlarni ko‘proq beradi. 
Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy 
qatlamlar qanday bo‘lganligini ko‘rishga, boylar va kambag‘allarning 
uylarini, 
hunarmandlarning 
ustaxonalarini, 
savdogarlarning 
do‘konlarini, ko‘cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, 
masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan 
ta’minlash tizimi aniqlashga yordam beradi. 1966 -yil 13 iyulda 
Samarqand ixshidlarining shohona saroyi ochildi. 
Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan 
avvalgi VIII-V asrlarda Sug‘diyonaning markaziy shahri sifatida 
vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi III-I asrlarda, 
Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. 
Miloddan avvalgi III asrda shahar qo‘shaloq mudofaa devori bilan 
o‘rab olingan. U davrlarning qalin madaniy qatlami Afrosiyobning 
shimolida, uning arki a’losi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. 
Arxeologik materiallar va yozma manbalarda ta’kidlanishicha, bu 
zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak yo‘li o‘tgan, ichki va tashqi 
savdo, hunarmandchilik rivoj topgan.
Ilk o‘rta asrlarda Samarqand Sug‘diyonaning bosh shahri sifatida 
nufuzli mavqega ega bo‘lib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub 
o‘zgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xo‘jaliklari kuchaydi, xuddi 
shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shimoliy 
qismi mudofaa devori bilan o‘rab olindi. Bu holat Movarounnahr va 
unga qo‘shni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand 
hukmdorlari “ixshid”, Buxoro hukmdorlari esa “buxorxudot” deb 
atalgan. 712 - yilda arablar fotixi Qutayba ibn Muslim qo‘shin tortib 
kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam bo‘lib, 
atrofida suv to‘la xandaq bor edi. Qutayba Samarqandga Farg‘ona, 
Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni yenggach, 


69 
ko‘maksiz qolgan Sug‘d hokimi G‘urak noiloj u bilan sulh tuzdi, 
Shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga bo‘shatib berishga 
majbur bo‘ldi. Arxeologik topilmalar islomga zid bo‘lgan haykal va 
devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi. 
Afrosiyobda somoniylar davrida o‘ymakor ganch naqshlar bilan 
bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va 
madrasalar, hammom va kanalizatsiyalar, tosh ko‘chalar topilmoqda. 
Shaharni suv bilan ta’minlash og‘irligidan aholining ehtiyojini 
qondirish uchun shahar hayotining dastlabki - yillaridayoq Darg‘om 
tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi 
shahar xiyobonining janubida, Alisher Navoiy haykali qad ko‘tarib 
turgan maskanda ochib o‘rganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali 
Hazrati Xizr masjidi tomon yo‘l olgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra 
Afrosiyobga janubdan kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq 
g‘ishtlardan ravoqli suvayirg‘ich qurilib, uning tepasidan katta ariq 
o‘tkazilgan. Bu ariqni “Juyi arziz” (“Qo‘rg‘oshin ariq”) deb ataganlar. 
Ariq shu yerda uchga bo‘lingan va shahar oralab Siyob arig‘i bo‘yiga 
borgan. 
X asrning oxirida savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik 
ishlari davom etadi. Shaharning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, 
zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala 
hovlilarida markazlashadi. 1220 -yilda Chingizxon qo‘shinlari 
shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va 
madrasalarga, aholi xonadonlariga o‘t qo‘ydilar. “Qo‘rg‘oshin ariq” 
qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan 
charxpalaqda suv chiqarib, kun ko‘rgan, so‘ng aholi bora-bora 
Afrosiyobni butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan 
qadimgi Samarqand avvallari “Hisori ko‘hna”, “Qal’ai Hisor” atalib, 
XVII asrdan boshlab aholi orasida “Qal’ai Afrosiyob” yoki 
“Afrosiyob” deb atala boshlangan. 
Samarqandning yoshi miloddan avvalgi VIII asr o‘rtalariga oid 
ekanligi isbotlandi; shaharning arki a’lo qismidan milodiy VIII asrga 
oid murabba (70x70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli 
saroyi qoldiqlari ochildi. Fransiya ilmiy tadqiqotlar markaziga 
qarashli Jiv-Syur-Ivst shahridagi radioaktiv laboratoriyada tadqiq 
qilindi. Laboratoriyadagi tahlillar bu ashyolar bundan 2750 yil ilgari 
yaratilganligini ro‘rsatdi. Shu tariqa Samarqandga 2750 yil ilgari asos 
solinganligi isbotlandi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish