Kurs ishining ilmiy yangiligi .Ushbu kurs ishining ilmiy yangiligi avvalo shundan iboratki, Amir Temur va Temuriylar davrida Buyuk ipak yo’lining ahamiyatini to’la qonli yoritib berish ilmiy yangiligning negizini tashkil etadi.
Prezident Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganidek : “Qadim zamonlarda Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan ipak yo’li O’zbekiston hududi orqali o’tgan bu yerda savdo yo’llari tutashgan , tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitishi jarayoni jadal kechgan bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo’llar shu yerda kesishadi”.1
Biz ilmiy iste’molga ilk bor olib kiritilayotgan faktik materiallar turli tarixiy adabiyotlarga tayangan holda Xitoy va O’rta Osiyo orqali Yevropaga o’tgan katta karvon yo’llari tarixiga yangicha qarashlar va yondashuvlar asosida ko’rsatib berildi.
Xitoy va O’rta Osiyo orqali Yevropaga o’tgan katta karvon yo’llari mavzusiga oid dastlabki tarixiy manbalar va adabiyotlar ilmiy tadqiq qilindi.
________________________
1 I.A.Karimov “O’zbekiston buyuk kelajak sari” . T,; 1999-yil. 599-bet.
O’rta Osiyo orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li temuriylar davridagi manba-lar asosida yaratildi.
Dengiz yo’llari rivojlanishi va uni Buyuk ipak yo’liga ta’siri ko’rsatib berildi.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati. Kurs ishining nazariy tadqiqot qismi va xulosa qismida keltirilgan ma’lumotlardan umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb -hunar kollejlarida tarix fani darslarida, o’lka tarixini o’rganishda, universitetlardagi ma’ruzalarni tayyorlashda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishiga kirish, ikki bob, 4 fasl , xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
I-BOB. BUYUK IPAK YO’LINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI.
I.1. Buyuk Ipak yo’lining tarixiy shakllanishi va
yo’nalishlari.
Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Yaqin va O‘rta Sharqdagi turli o‘lkalar va tarixiy-madaniy viloyatlarni bog‘lab turuvchi ma’lum ma’nodagi karvon yo‘llari tartibi hamda madaniy, siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy aloqalari ildizi neolit davri (miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklar) bilan bog‘lanadi. Chunki aynan mana shu davrda O‘rta Osiyoda ilk dehqonchilik madaniyati paydo bo‘lib yangi yerlar aholi tomonidan jadallik bilan o‘zlashtirib boriladi. Bu jarayon bronza davriga kelib yanada kuchayadi.
Bronza davrga kelib O‘rta Osiyoda ko‘p sonli qabilalar va etnik guruhlar joylashgan bo‘lib, Qoraqum va Qizilqum cho‘llarining ichki hududlari hamda Pomir va Oloyning yuqori mintaqalaridan tashqari barcha hududlar o‘zlashtirib bo‘lingan edi. Bu hududlardagi moddiy madaniyat umumiy holatda ikki guruh chorvachilik xo‘jaligi sohiblari bo‘lgan Andronova tarixiy-madaniy jamoalari(shimoliy mintaqa) va dehqonchilik xo‘jaligi yuritgan Namozgoh tarixiymadaniy jamoalariga (janubiy mintaqa) bo‘linadi. Ular va ularga qo‘shni bo‘lgan hududlar o‘rtasida almashinuv savdo munosabatlarining jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Ma’lum hududlarda tayyorlangan mahsulotlar yoki xom ashyoning boshqa bir hududlardan topilishi shu jarayondan dalolat beradi. Misol uchun Andronova madaniyatiga xos idishlar Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona hududlaridan topilgan bo‘lsa, Xorazmda tayyorlangan sopol va metall shimoliy hududlarda ko‘plab uchraydi. Zamonbobo va Gujayli yodgorliklaridan Badaxshon lojuvardidan tayyorlangan mahsulotlar topilgan (Zamonbobo - quyi Zarafshon bo‘yi, Gujayli - quyi Qashqadaryo)2 .
Savdo-sotiqda asosiy vositachi sifatida tanga pullar ishlatilganga qadar muomalada qanday buyumlar ishlatilgan. Qadimgi tosh asrida (paleolit) ayirboshlash muomalasi asosan tosh qurollar bilan chegaranilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |