Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Elektron arxiv hujjatlarini ekspertiza qilish va saqlash tartib qoidalari



Download 1,34 Mb.
bet17/60
Sana26.03.2022
Hajmi1,34 Mb.
#511625
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Bog'liq
elektron arxiv o\'quv-uslubiy qo\'llanma

Elektron arxiv hujjatlarini ekspertiza qilish va saqlash tartib qoidalari
Reja:

  1. Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish tushunchasi.Ekspertizaning vazifalari

  2. Hujjatlarni ekspertizada o’tkazishning tamoyillari, me’yorlari va uslublari

  3. Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish

Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish deganda ularning ilmiy qimmatini aniqlash va davlat arxivlari uchun tanlab olish bilan bog’liq ishlar tushuniladi. Ekspertiza arxivshunoslikning eng muhim va mas’usliyatli ishlaridan biridir. Ekspertiza jarayonida hujjatlarning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati aniqlanadi. Shu asnoda davlat arxivlariga yangi hujjatlar tanlab olinadi va O’zR MAF shakllanib boradi.


Ma’lumot manbai bo’lgan hujjatlarning nihoyatda xilma-xilligi ularni ekspertizadan o’tkazishni taqozo etadi. Ayrim hujjatlar jamiyatning siyosiy, ilmiy va madaniy hayoti haqida, xalq xo’jaligining taraqqiyoti, davlat apparatining faoliyati to’g’risida va boshqa masalalarga doir qimmatli ma’lumotlar beradi. Ular ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Boshqa hujjatlarning ma’lumotlari esa tor amaliy maqsadlar doirasidan chiqmaydi. Bu hujjatlar ayrim ma’muriy, tashkiliy va xo’jalik masalalarini aks ettirgan holda, asosan muassasaning operativ faoliyatini ta’minlashga qaratilgandir. Ular tarixiy manba sifatida muhim ahamiyatga ega emas. Shunday hujjatlar ham borki, ular bir necha kun davomida o’z ahamiyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish shart. Ekspetizaning asosiy maqsadi qaysi hujjatlar davlat, fan, jamiyat hamda fuqarolarni kerakli ma’lumotlar bilan to’laroq ta’minlashini aniqlashdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida hujjatlarni arxivlarda saqlash muddatlari ham belgilanadi. Qimmatli ma’lumotlar manbai bo’lgan muhim hujjatlar muassasa arxivlarida ma’lum muddat davomida saqlangandan so’ng doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Muhim bo’lmagan hujjatlar esa belgilangan muddat davomida muassasa arxivlarida saqlanadi, so’ngra yo’q qilib yuboriladi.
Muassasa va tashkilotlarda qimmatli ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lgan hujjatlar nisbatan oz qismni tashkil etadi. Ekspertiza chog’ida avvalo ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatarni aniqlash va saralab olishga e’tibor beriladi.
Ekspertizaning birinchi va eng asosiy vazifasi – qaysi hujjatlar qimmatli ma’lumotlarga ega ekanligini aniqlash va ularni davlat arxivlariga topshirishdan iboratdir. Demak, ekspertizaning bu vazifasi davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish bilan bog’liqdir. Hujjatlarni saralash chog’ida hujjat qaysi davlat arxiviga yuborilishi va qaysi fondda saqlanishi ham aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, ekspertiza jarayonida har bir davlat arxivining yo’nalishini e’tiborga olgan holda ular saqlanayotgan fondlarning hujjatlar tarkibi aniqlanadi.
Ekspertizaning ikkinchi vazifasi – hujjatlarni saqlash muddatini belgilashdir. Bu qiyin vazifa emas. Odatda, hujjatlar uzoq muddat yoki doimiy saqlanishi kerak bo’lgan va qisqa muddat davomida saqlanishi lozim bo’lgan guruhlarga bo’linadi. Hujjatlarni saqlashning aniq muddatlarini belgilash chog’ida tashkilotning manfaatlari, mavjud nizomlar va yo’riqnomalar hamda arxivlar va muassasalarning hujjatlardan foydalanish borasidagi ko’p yillik tajribalari hisobga olinadi.
Ekspertizaning uchinchi vazifasi – hujjatlarni saqlanish darajasini aniqlash, ularning ayrimlari yaroqsiz holga kelgan taqdirda arxiv fondidagi bu kemtiklikni qoplash yo’llarini topishdir. Ekspertiza jarayonida arxiv fondi tarkibida qanday hujjatlar yetishmayotganligi aniqlanadi hamda qaysi fonddagi shunga o’xshash hujjatlar bilan uni to’ldirish masalasi hal etiladi (Shuni e’tiborga olish kerakki, ko’p hollarda bitta hujjatning nusxalari bir vaqtning o’zida bir necha fondlar tarkibida saqlanishi mumkin).
Hujjatlar boshqa maqsadda ham ekspertizadan o’tkazilishi mumkin. Hujjatlarni nashrga tayyorlash chog’ida, turli ma’lumotnomalar (ro’yzatlar, tavsifnomalar, kataloglar, yo’lko’rsatkichlar) yaratishda, mikrofilpmlashtirish uchun saralab olish paytida ekspertiza qilinadi. Hujjatlar bir arxivdan boshqa arxivga o’tkazilgan holatda ham ekspertizada o’tkaziladi. Bunday paytda hujjatlar ularni qabul qilib olayotgan arxivning sohasiga to’g’ri kelishi yoki kelmasligi aniqlanadi. Arxivlar uchun sotib olinayotgan yangi hujjatlar ham ekspertizada o’tkazilishi shart. Arxivlar, muzeylar, kutuxonalar, odatda, yangi hujjatni sotib olish chog’ida ularning qiymatini aniqlash maqsadida har tomonlama o’rganib chiqadilar.
Ekspertiza jarayonida shu narsani yodda tutish kerakki, yo’q qilingan hujjatni qayta tiklash qiyin ishdir. Ko’p hollarda esa ularni qayta tiklash umuman mumkin emas. Shuning uchun hujjatlarni davlat asroviga olish ishlari puxta yo’lga qo’yish zarur. Shu bilan birga ikkinchi va uchinchi darajali hujjatlarni doimiy saqlash uchun qoldirish ham maqsadga muvofiq emas. Ayniqsa hujjatlarning miqdori keskin oshib borgan hozirgi davrda bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Shu boisdan ekspertizaning muhim vazifalaridan biri – bu saqlanadigan hujjatlar miqdorini kamaytirishga erishishdan iboratdir. Ayni paytda davlat uchun, fan uchun muhim ma’lumot beruvchi hujjatlarni esa yo’qotmaslik vazifasi ham g’oyat muhimdir.



Elektron arxiv tizimining funksional tuzilishi.

Shunday qilib, ekspertiza jarayonida arxivshunoslar, tarixchilar, manbashunoslar va boshqa soha mutaxassislari birgalikda davlat arxiv fondini optimal hajmini saqlash kabi muhim ilmiy vazifani to’g’ri hal etishlari talab qilinadi.


Hujjatlarni ilmiy qiymatini aniqlash jarayonida tarixiylik, yaxlitlik va hartomonlamalik tamoyillariga amal qilinadi. Tarixiylik tamoyili har bir hujjatni ma’lum tarixiy davr mahsuli sifatida baholashni, shuningdek, bu hujjatga nafaqat hozirgi kun, balki kelajak nuqtai nazaridan qarashni taqozo etadi. Ekspertizada nisbatan murakkab bo’lgan tamoyil – bu hartomonlamalik tamoyilidir. Mazkur tamoyilga binoan hujjatning mazmunini turli tomonlar (nuqtai nazar) dan tahlil qilish lozim. Masalan, konkret bir hujjat bir vaqtning o’zida ham tarix, ham adabiyot tarixi, ham san’at tarixi haqida ma’lumot berishi inobatga olinishi kerak. Hujatning ilmiy ahamiyati ba’zan uning qaysi tilda bitilganligi, qanday materialga yozilganligi (pergament, qog’oz va h.), hujjatdagi rasmlar yoki uning chekkasiga bitilgan qaydlar bilan ham belgilanishi mumkin. Demak, ekspertiza qilish chog’ida shularning hammasini e’tiborga olish shart. Ekspertizada yaxlitlik tamoyili keng ravishda qo’llaniladi. Buning ma’nosi shuki, hujjatlar bir-biridan alohida tarzda emas, balki muassasa faoliyati davomida yaratilgan boshqa hujjatlar bilan birgalikda baholanadi. Mazkur tamoyilning mantiqiy davomida sifatida ekspertiza ishlariga sistemali tarzda yondashishni ko’rsatib o’tish mumkin.
Ekspertiza tamoyillarini hisobga olgan holda hujjatlar qimmatini aniqlashning me’yorlarini ishlab chiqiladi. Me’yorlar deganda biz hujjatlar ilmiy qimmatini belgilab beradigan sifatlarni tushunamiz.
Ekspetizada matnli hujjatlarning qimmatliligini aniqlashning asosiy, keng ravishda qo’llaniladigan me’yorlari quyidagilardir:

  • Hujjatlarning mazmuni;

  • Fondni tashkil etuvchi, ya’ni tashkilot yoki muassasaning maqomi;

  • Hujjatlardagi ma’lumotning takrorlinishi;

  • Hujjatlarning paydo bo’lish vaqti va joyi.

Ekspertizada dastxatlilik, hujjatning yuridik kuchi, uning tashqi xususiyatlari (badiiy xususiyatlari, yozuv materiali va h.) singari me’yorlar ham ma’lum rolp o’ynaydi. Hujjatlarning paleografik xususiyatlari, qaysi tilada bitilganligi kabi me’yorlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Ekspertiza ishlarida ko’rsatib o’tilgan me’yorlarning hammasi bir xilda qo’llanilmaydi. Ularning ayrimlari hujjatning xarakteridan qat’i nazar doimo hisobga olinadi. Hujjatlarning mazmuni, fondni tashkil etuvchi tashkilot yoki muassasaning maqomi ana shunday universal me’yorlar qatoriga kiradi. Bu me’yorlar barcha hujjatlarga nisbatan qo’llaniladi va ularning qiymatini aniqlashda muhim rolp o’ynaydi. Boshqa me’yorlar, jumladan, hujjatlarning paleografik, lisoniy va badiiy xususiyatlari esa asosan shaxsiy fondlar va qadimgi davr fondlarini ekspertizadan o’tkazishda qo’llaniladi.
Ekspertiza ishlarini sifati ko’pincha bu ishga jalb qilingan shaxslarning bilimi, malakasi va dunyoqarashiga bog’liqdir. Shunday ekan, ekspertlar bu ishda zarur bo’lgan bilimlarga ega bo’lishlari shart. Ekspertlar avvalo davlat muassasalari tarixini bilishlari zarur. Ular fondni tashkil etuvchi muassasaning vazifalari, funksiyalarini yaxshi bilishlari, bu muassasalar qaysi organlarga bo’ysunganligi, ularning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
Ekspertlar muassasa strukturasini, bu muassasa tarixidagi qayta tashkil etishlarni, mazkur muassasa tarkibiga kirgan bo’lim va boshqarmalarning funksiyalarini, muassasada yig’majildlarni shakllanishi usullarini yaxshi bilishlari lozim. Bunday ma’lumotlar muassasa faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ikkinchi darajali vazifalaridan ajratib olish imkoniyatini beradi. Bu bilimlar hujjatlarni ilmiy jihatdan qimmatli bo’lgan guruhga va vaqtinchalik ahamiyatga ega bo’lgan guruhga bo’lish ishini osonlashtiradi.
Hujjatlar qimmatini ekspertiza qilayotgan shaxs DAF hujjatlari tarkibini bilishi, jumladan qaysi hujjat qaysi arxivlarda saqlanishini yaxshi bilishi zarur. Aks holda davlat arxiviga qabul qilinishi zarur bo’lgan hujjatlarni aniqlashda xatolikka yo’l qo’yilishi mumkin.





Elektron arxivga kiritish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni


shakllantirish algoritmi.

Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish ishi bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda hujjatlar vujudga kelishi bilanoq ularning qiymatiga baho berilib, bu hujjatlarni saqlashning taxminiy muddatlari beligilanadi.


Ikkinchi bosqichda muassasa arxivlarida vaqtinchalik saqlanayotgan hujjatldar yo’q qilinadi va davlat arxivlariga topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar saralab olinadi.
Uchinchi bosqichda doimiy saqlash uchun hujjatlar uzil kesil tanlab olinadi. Bu ish davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish jarayonida amalga oshiriladi. Bu bosqichda ekspertizaning vazifalari quyidagilardan iborat: tarmoqlararo dublikasiyalarga yo’l qo’ymaslik, arxiv fondining to’laligini ta’minlash va kerak bo’lganda ayrim yetishmayotgan hujjatlarni topish.
Ekspertizada arxiv fondlari xujjatlarini kompleks ravishda baholash muhimdir. Bu holda bir-biriga tashkiliy yo tarixiy jihatdan yangi bo’lgan fondlarning hujjatlari bir vaqtda ekspertizadan o’tkaziladi.
Ekspertiza ishlariga hujjatlar ro’yxati (perechenp) asos qilib olinadi. Bu ro’yxatda hujjatlarning nomi, ularni saqlash muddatlari, shuningdek davlat arxiviga o’tkazilishi shart bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tiladi.
Hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash ekspertizaning mas’liyatli ishlaridan biridir. Muassasalarda odatda ikki xil hujjatlar guruhi yig’iladi: 1) muassasaning o’zida yaratilgan hujjatlar; 2) boshqa tashkilotlardan olingan hujjatlar. Eng avvalo birinchi guruhga kirgan hujjatlarni saqlash muddatlarini aniqlash kerak. Chunki, shu guruh hujjatlari mazkur tashkilotning faoliyatini ochib beradi. Ular orasida mazkur muassasa faoliyati davomida yaratilgan qarorlar, bayonnomalar (protokollar), farmonlar, farmoyishlar, istiqbolli va yillik rejalar, hisobotlar, yo’riqnomalar, nizomlar, maromnomalar, ma’ruza, tavsiflar, qurilishlarning texnikaviy loyihalari, ilmiy asarlar, badiiy asarlar, kinos’yomkalar hamda audio- va videokassetalarning originallari va boshqalar ayniqsa muhimdir. Muassasaning asosiy faoliyati yuzasidan yuqori va quyi tashkilotlar rahbarlari bilan olib borilgan yozishmalar ham doimiy saqlanadigan hujjatlar qatoriga kiradi. Birinchi guruhga kiruvchi boshqa hujjatlar uchun esa vaqtinchalik saqlash muddatlari belgilanadi.
Ikkinchi guruh hujjatlari esa tamoman boshqacha yondashuvni talab qiladi. Bu guruh hujjatlari yuqori tashkilotlarning ijro etish uchun yuborgan hujjatlardan, quyi tashkilotlarning hisobot hujjatlaridan va mazkur muassasa bilan hamkorlik qilayotgan tashkilotlarning maktublaridan iboratdir. Bu hujjatlarning aksariyat ko’pchiligi uchun vaqtinchalik saqlash muddatlari belgilanadi. Bu muddatning uzoq yoki yaqin bo’lishi hujjatdagi ko’rsatmani bajarilishi yoki bu hujjatdan foydalanish vaqti bilan belgilanadi.
Hujjatlar qiymatini ekspertiza qilish ishlari ekspert komissiyalari va ekspert-tekshiruv komissiyalari zimmasiga yuklatiladi. Bu komissiyalar doimiy amal qiluvchi maslahat organlari hisoblanadi. Muassasalar va arxivlarda ekspert komissiyalari, arxivlarni boshqarish organlarida esa ekspert tekshiruv komissiyalari tashkil etiladi.
Muassasaning ekspert komissiyasi rahbarning buyrug’iga binoan eng malakali xodimlar hisobidan tashkil etiladi. Rais etib rahbar xodimlarning biri tayinlanadi. Muassaslarning ekspert komissiyalari har yili saqlanishi kerak bo’lgan hujjatlarni va yo’q qilinishi lozim bo’lgan hujjatlarni aniqlaydilar. Doimiy va uzoq saqlanishi kerak bo’lgan hujjatlar talabga muvofiq ravishda rasmiylashtiriladi, yo’q qilinishi zarur bo’lgan hujjatlarga dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomalarda ekspert komissiyasining tarkibi, yig’majildlarning sarlavhasi, ro’yxat tartibi, yo’q qilinishi kerak bo’lgan hujjatlarning miqdori ko’rsatiladi.
Arxivlardagi ekspert komissiyalarining vazifalari muassasa komissiyalariga nisbatan kengroqdir. Arxivlarning ekspert komissiyalari arxiv sohasiga muvofiq ravishda saqlanishi kerak bo’lgan hujjatlar kategoriyasini aniqlaydi, fondlar tarkibining to’laligini belgilaydi va yetishmayotgan hujjatlarni topish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Komissiya arxivga kelayotgan barcha hujjatlarni sinchiklab o’rganadi. Uning xulosasiga tayanib arxivlarga yangi hujjatlar qabul qilib olinadi. Ekspert-tekshiruv komissiyalari arxivlarni boshqarish muassasalari (respublika Bosh arxiv boshqarmasi, viloyat arxiv bo’limlari) qoshida tashkil etiladi. Ular muassasa va davlat arxivlarida ekspertizalar o’tkazish va arxivlar fondlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirish masalalari bo’yicha asosiy ilmiy-metodik markazlar vazifasini bajaradi. Ekspert tekshiruv komissiyalari arxivlar va muassasalardagi ekspert komissiyalari faoliyati ustidan nazorat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh arxiv boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Markaziy ekspert tekshiruv komissiyasi viloyatlar va respublika markaziy arxivlarida faoliyat ko’rsatayotgan ekspert komissiyalari ishini yo’naltiruvchi va nazorat qiluvchi organdir. Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi ekspertiza ishlarida va davlat arxivlarini to’ldirish jarayonida paydo bo’ladigan bahsli masalalarni hal etadigan oliy organ hisoblanadi.
DAVLAT SEKTORIDA ELEKTRON BOSHQARUV USULLARI
Reja:

  1. Davlat sektorida boshqarishning elektron usulini qonunchilik asosida rivojlantirish

  2. Elektron xujjat almashuvi tizimi O’zbekiston Respublikasida elektron hokimiyatning xolati va ravnaqi

  3. O’zbekiston Respublikasida elektron hokimiyat modelining rivojlanish bosqichlari

Axborot texnologiyalarining keng doiradagi sohalarni qamrab olishi to’qsoninchi yillarda WorldWideWeb ning paydo bo’lishi bilan bir qatorda shakllanib bordi. Foydalanuvchilar internetda hukumat va korporativ tashkilotlar tomonidan ko’plab axborot va xizmatlarni talab qilinishi natijasida fuqarolar o’zlarining fuqarolik, kasbiy va shaxsiy hayotlari to’g’risida axborotni almashish va saqlash maqsadida foydalanib kelishmoqda. Buning natijasida doimiy ravishda o’sishning sababi sifatida elektron hukumat tizimi barcha sohalarni qamrab olish va xizmat ko’rsata olish qobiliyatigi ega ekanligi tan olindi. Ammo, bu talabni bajarish jarayonida axborotni qayta ishlash va xizmatlarni ko’rsatish uchun aloqa, tarmoq va tizimni yaratishda AKT vositalaridan foydalanish zarur.


Ma’lumki, elektron hukumat - bu davlat boshqaruv organlarida axborot va kommunikastion texnologiyalarni qo’llash orqali yangi ko’nikmalarni joriy qilish va tashkiliy o’zgartirishlar asosida davlat xizmatlarini va demokratik jarayonlarni, davlat siyosiy institutlariga yordam berishni ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan tizimdir.
So’nggi yillarda “Elektron hukumat” tizimi bir necha sabablarga ko’ra hukumat organlari tomonidan ommalashib bormoqda. Bu sabablarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • davlat xizmatlarini samarali va tezlashtirilgan bosqichda ko’rsatilishi;

  • ichki samaradorlikni o’zgartirish;

  • fuqarolar, korxonalar yoki boshqa davlat muassalari o’rtasida axborot

almashinuvi;

  • xarajatlarni kamaytirish va daromadni oshirish;

  • ma’muriy jarayonlarni tuzilmasini qayta tuzish.

Biroq qanday tizimda ishlashingizdan qat’iy nazar tizimning axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy muammo bo’lib qolmoqda. Axborotning xavfsizligini ta’minlash uchun, avvalo, unga bo’lishi mumkin bo’lgan xavflarni o’rganib chiqib, turli usul va vositalardan foydalanish zarur.
Elektron hukumat tizimini xavfsizligni ta’minlash uchun undagi tarkibiy qismlarning tuzilishi va ulardagi himoyalanishi zarur bo’lgan axborotlar aniqlanishi zarur.
Konfidenstial ma’lumotlar himoyasini avtomatlashtirishda hattoki yetuk mutaxassislar ham xato qilish mumkinligini ko’zda tutish lozim. CompTIA nashriyoti axborot xavfsizligi soxasi 2008 yil natijalari bo’yicha tayyorlagan dokladiga ko’ra, axborot buzilishi sabablarining 30% xodimlarning xatolari yuzasidan, 30% xakkerlarning xodimlar xatolaridan foydalangani natijasida va 40% xakkerlarning xujumi natijasida amalga oshrilishi keltirib o’tilgan. Hozirgi kunga kelib bu ko’rsatkichlar bir muncha o’zgargan bo’lib, shu nashriyotning soxa bo’yicha yangi dokladiga ko’ra, jiddiy axborot buzilishlarining 8% gina xodimlarning ishtirokisiz amalga oshirilgan. Qolgan 92% holatda albatta inson faktori ishtirok etgani qayd etilgan.
Insonlar konfidenstial ma’lumotlarni himoyasiga jiddiy kirishishgan, biroq baribir etarli darajada emas. Shuning uchun ham axborotni himoyalash jarayonini avtomatlashtirish yaxshi natijalarni beradi. Bu vazifani bajarishda DLP texnologiyasi qo’l keladi.
DLP - Data Loss Prevention - “Axborotlarni yo’qolishini oldini olish” termini konfidenstial ma’lumotlarni himoyasini va identifikastiyasini avtomatlashtirish texnologiyasini ifodalaydi.
DLP tizimi 3 ta asosiy funkstiyani amalga oshiruvchi komponentga ega: boshqarish, identifikastiya va himoya. Boshqarish komponenti ma’mur tomonidan yaratilgan xavfsizlik siyosati qoidalari asosida ishlaydi va ma’lumotlarni xisobotlarni ko’rinishida saqlaydi.

DLP tizimining funkstional komponentalari.

Identifikastiya jarayonida esa tizim signaturaviy taxlil yordamida konfidenstial ma’lumotlarni aniqlashni amalga oshiradi. Himoya komponenti identifikastiya jarayonida aniqlnagan konfidenstial ma’lumotlarni himoyalaydi. Quyidagi 1-rasmda ushbu uchta komponentning o’zaro bog’lanishi ko’rsatilgan.


Hozirgi kunda DLP tizimi ikki hil maqsadda tarmoq himoyasini tashkil etishda hamda tarmoq terminallaridagi ma’lumotlarni himoyalashda qo’llaniladi.
Tarmoq DLP tizimi konfidenstial ma’lumotlarni elektron pochta yoki veb orqali chiqib ketmasligi uchun ma’lumotning uzatilishini nazorat qilib turadi. Bunda ma’lumotlarning ximoyasi va indentifikastiyasi tarmoqda uzatilishi orqali nazorat qilinadi (2-rasm).

Tarmoq DLP tizimining ishlash mexanizmi Tarmoq terminallarini ishini tahlil qilish va ma’lumotlarini himoyalash telekommunikastion tarmoqlarni tahlil qilishga nisbatan bir osonroq. Shuning uchun amaliyotda tarmoq terminallari DLP tizimlari nisbatan ko’p uchraydi. Ular ishchi stanstiyalar va serverdagi ma’lumotlar bazalarini nazorat qiladi (3-rasm).



Identifikastiya Boshqaruv

  1. rasm. Server va ShKlar DLP tizimining ishlash mexanizmi

Elektron hukumat tizimi - davlat boshqaruv organlari (vazirliklar, qo’mitalar, markazlar va b.q.) va fuqarolari o’rtasidagi aloqa ta’minlovchi, interaktiv xizmat ko’rsatuvchi va axborot beruvchi va boshqa tizimlar majmuini o’zi ichiga oluvchi yirik tizim. Tizimning tarkibiy qismlari o’rtasida axborot almashish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida qo’llaniladigan axborot xavfsizligini ta’minlovchi usullar va vositalar muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda DLP texnologiyasi ma’lumotlarni xavfsizligi ta’minlash, shuningdek, xodimlarning ish vaqtini monitoring qilishda samarali vosita bo’lib hisoblanadi. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, DLP texnologiyasidan foydalanish ma’lumotlarni ruhsatsiz chiqib ketishi yoki yo’qolishi miqdorini sezilarli darajada pasaytiradi. Shuningdek ushu tizimning to’liq ishlab chiqilishi konfidenstial ma’lumotlarni izlash, aniqlab olish va himoyalashda samarali natijalarni beradi.


Hozirgi davrda axborot kommunikastion texnologiyalarni (AKT) jaxon mikesida xaetga kyong qo’llanishi industrial jamiyatdan axborot jamiyatga utishi bilan tavsiflanadi. AKT rivojlanishi umuman iktisodiy soxalarning rakobatbardoshligini va davlat boshqaruv samaradorligini oshiradi[19,29].
O’zbekiston Respublikasida AKT keng joriy etilishi uchun zaruriy shartlari bulib huquqiy va uyushtirish shartlari xisoblanadi, bu esa uz navbatida jamiyatni demokratik uzgarishlariga olib kelib axolini axborot resurslarni erkin olishiga, uzatishiga va tarkatishga huquq beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Vazirlar Maxkamasida o’tkazilgan yigilishda o’zining ma’ruzasida ma’muriy isloxotning asosiy bir yo’nalishi bulgan progressiv axborot kommunikastion texnologiyalarni davlat boshqarish tizimiga boskichma-boskich joriy qilib, uni mukammallashtirib borib keraksiz xisobotlarni va qog’ozli xujjat almashuvini kiskartirishini ta’kidlagan.
Davlat organlari va boshqaruvida AKTdan foydalanish quyidagilarga yordam beradi:

  • ochik turdagi fukarolar jamoasini yaratishga;

  • davlat boshqaruv samaradorligini kutarishga;

  • davlat sektori xarajatlarini kiskartirishga;

  • davlat organlari va boshqaruvi bilan fukarolar xamda xujalik sub’ektlari orasidagi uzaro munosabatlarni yuksalishiga.

Davlat sektoriga AKT joriy qilinishi iktisodietni rivojlanishini tezlatadi, ish samaradorligini oshiradi, davlat muassasalarining ishlab chiqarish kuvvatini kutaradi.
Davlat sektorida elektron boshqaruv usulining maksadi va masalasi quyidagilardan iborat:

  • axoli, shaxsiy sektor va nodavlat jamiyatni davlat organlari va uz-uzini boshqaruv organlari xizmatlaridan maksimal darajada foydalana olish;

  • AKTdan foydalanish erdamida davlat va uz-uzini boshqarish korxonalarida yong yukori ish samaradorligiga erishish;

  • biznes iklimini yaxshilash natijasida chet el investistiyasini kiritish;

  • shaxsiy, jamiyatni va davlatni axborot xavfsizligini ta’minlash va demokratik rivojlanishini sharti bulgan erkin va tyong huquqlilik ravishda informastiyani olish, tarkatish va foydalanishning samarali tizimini yaratish.

O’zbekiston Respublikasi davlat sektoriga elektron texnologiyaning qo’llanishi va rivolanishining asosiy yo’nalishi bulib huquqiy-normativ bazani mukammallashtirish xisoblanadi.
Shu yunalishdagi asosiy masalalardan biri bu elektron xujjatlarni yaratish va qo’llash borasida konunchilik bazasini shunday yaratish lozimki, u umumiy axborot resurslar va tizimlardan foydalanish imkoniyatini, informastiyaning konfedistionalligini, shuningdek, oddiy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini saklashga. karatilgan bulmogi lozim.
Davlat sektoriga AKT joriy qilishda huquqlarni qayta kurishda asosiy savollar bulib quyidagilar xisoblanadi:

  • davlat organlari va boshqaruv axborot resurslari va axborot tizimlaridan erkin xolatda foydalanish huquqini xar bir fukaroga joriy qilish;

  • Internet tarmogidan foydalanib davlat iktisodiy ishlarini olib borish huquqini ta’minlash (elektron tijorat, elektron xujjat almashuv, axborot xizmatlar);

  • davlat tomonidan AKTdan foydalanilganda uning axborot xavfsizligini ta’minlash;

  • axborot kommunikastion tizimlarda yuritiladigan elektron xujjatlarning xakikiyligini aniklash koidalarini urnatish;

  • axborot jamoaning huquqlarini mukammallashtirish, chunki xar bir axborot fukaro elektron texnologiyani davlat sektoriga joriy qilganidan sung yangilikni sezmogi lozim.

Davlat sektorida AKTdan foydalanish uchun huquqiy-normativ bazaning quyidagi yunalishlarini mukammallashtirish lozim:

  • AKT soxasi buyicha umumiy konnunchilikni kompleks ravishda mukamallashtirib, xalkaro konunchilik bilan muvofiklashtirish;

  • informastiyaning ochikligi va erishishligini saklagan xolda, lekin konfidyonstional informastiyalardan foydalanishga chegara kuyilgan xolda informastiya huquqiy tartibini aniklash;

  • kompyuter jinoyati xakida konun loyixasini tayerlash;

  • konfidyonstial informastiya xakida konun loyixasini (ishdagi sir, tijorat siri, bank siri va x.k.) tayerlash;

  • axborot xizmatlarni kursatish koidalarining normativ aktlarini ishlab chiqarish (elektron xujjat ayirbolash, axborot resurslaridan foydalanish va x.k);

  • elektron xujjat ayirboshlash jarayonida axborot tizimni yaratish, ularning uzaro munosabati, informastiya xavfsizligi va muxofazasi uchun standartlar ishlab chikish.

Boshqarishning elektron usuli deganda avvalambor xamma xujjatlarni elektron kurinishga utkazish va davlat elektron oldi-sotdi jarayonini rivojlantirish demakdir. Shu bilan bilan birgalikda davlat biznes soxasida ish olib boraetgan fukarolarga zamonaviy AKT qo’llash buyicha urnak bulmogi lozim.
Davlat elektron oldi-sotdi jarayonining afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • ochiklik (ziddiyatni qaytarish);

  • tyong huquqlilik (davlat buyurtmasini olishda rakobatni kuchaytirish);

  • tejamkorlik (davlat sotib oladigan maxsulotlariga ketadigan xarajatlarni kamaytirish);

  • samaradorlik (konkurs buyicha oldi-sotdi jarayonini tezlashtirish).

Davlat oldi-sotdi jarayoniga utishda bir necha misolar bulib, ulardan biri konuniy-huquqiy bazani mukammallashtirishdan iborat. Elektron bozor uchun albatta elektron bojxona bulmogi lozim. Busiz xalkaro elektron savdo bulmaydi. Shuning uchun bojxona xujjatlarini rasmiylashtirish, xujjatlarni soddalashtirish, xalkaro amalietga mos kelishi va xalkaro birikmalar ES, SNG bilan integrastiya qilishi uchun huquqiy bazani kyongaytirish kerak. Faraz qilinadiki, agar yuk bojxonasidan tovar utmogi lozim bulsa, albatta uning elektron pasportida belgilangan bulmogi lozim.
AKTni O’zbekiston Respublikasi davlat sektoriga joriy qilish va rivojlantirish maksadida bir kator konunlar qabul qilingan:

  • “Informastiya erkinligi mukarrarligi va kafolati” (12.12.2002 y);

  • “Informastiya xakida” (11.12.2003 y);

  • “Elektron rakamli imzo xakida” (11.12.2003 y);

  • “Elektron tijorat xakida” (29.04.2004 y);

  • “Elektron xujjat almashuv xakida”(29.04.2004 y)

Keyinchalik esa konunchilik bazasini kengaytirib quyidagi masalalarni xisobga olishga karatilmog’i lozim. Bulardan:

  • “Kompyuter jinoyatchiligi xakida”;

  • “Elektron tulovlar xakida”;

  • “Davlat boshqaruvi va hokimiyati berilganlar bazasini yaratishda standartlari xakida”;

  • “Shaxsiy berilganlarni ximoyasi xakida”;

  • “Informastiya xavfsizligi xakida”;

  • “Davlat elektron xizmatlari xakida”;

  • “Shaxsning elektron xujjatlar orkali tasdiklanishi xakida” va x.k.

Bu konunlarni qabul qilish orkali elektron davlat boshqaruviga utishning huquqiy asoslari yaratilgan bulib, O’zbekiston Respublikasining xalkaro axborot birikmalari bilan integrastiya jarayonlari rivojlanadi.
Elektron xujjat almashuvi tizimi.Zamonaviy davlat boshqaruvi bulib elektron xujjat ayirboshlash tizimi (EXT) xizmat qiladi.
Xozirgi vaktda O’zbekiston Respublikasida “Davlat muassasalarida elektron xujjat ayirboshlash tizimini taxlili va baxosi” dasturi ishlamokda.
Loyixaning asosiy maksadi mavjud EXTni barcha ustivorligini va kamchiligini urgangan xolda tizimni xaetga joriy qilish karorini qabul qiluvchi shaxslarga tushunarli kurinishda takdim qilish.
Loyixaning mazmuni quyidagi masalalarning echimidadir:

  • davlat muassasalarida ish yuritish va xujjatlarning okimini urganish;

  • davlat muassasalariga EXTni joriy qilish huquqlarini taxlil qilish;

  • davlat muassasalariga EXTni joriy qilishda kelib chikadigan muammolarni va xususiyatlarni aniklash;

  • davlat muassasalarida EXT joriy qilish maksadini aniklash;

  • davlat muassasalariga EXT qo’llashdagi talablarni aniklash;

  • davlat muassasalarida ishlatish uchun tijorat dasturi sifatida Uzbekistan bozoridagi maxsulotlar ruyxatini aniklash;

  • qo’llanilishi mumkin bulgan EXTni test savollaridan utkazish; Loyixani amalga oshirish okibatida quyidagi amaliy natijalarga erishamiz:

  • taklif etilaetgan EXTning test natijalari asosida xisob tayerlanadi;

  • elektron hokimiyat joriy qilish konstepstiyasiga EXT tanlash borasida taklifnoma tayerlanadi.

Xozirgi vaktda test savollaridan utish uchun quyidagi EXTlari ruyxatga olingan. Bular:

  1. NCI-DOFLOW (uzbek tadkikot kompaniyasi NCI Projects)

  2. “Efrat” (uzbek Sh.F. “Pro-Texnika” va Nuron DS)

  3. “Land Doces” (Rossiya kompaniyasi “Lanit”)

  4. “Boss - Referyont” (Rossiya kompaniyasi Ayti)

  5. “Nan doc” (uzbek kompaniyasi Detee)

  6. “Documyontum” (uzbek kompaniyasi ETG)

Tizimning ishlashini ta’minlash uchun korxonalararo elektron xujjat ayirboshlash infrastrukturasini yaratmok lozim. Buning uchun:

  • boshqarish uchun zarur xujjatlar bilan ta’minlash borasida normativ- huquqiy aktlar tuplash yaratish va elektron xujjatlar ayirboshlash tizimini yagona tizimga keltirish (YaEXT);

  • davlatlar organlari uzaro xujjatlarini ayirboshlashda xujjatlarni standart-mukammal shaklga keltirish;

  • korxonalararo xujjat ayirboshlashda elektron lugat va kataloglarni yaratish ;

  • yagona elektron xujjat ayirboshlash tizimi (YaEXT)dagi rakamli imzoni tasdiklovchi Markaz yaratish;

  • davlatlararo ma’lumotlarni ayirboshlash uchun yagona transport muxitini yaratish;

  • korxonalararo yaratilgan EXT koordinastiyasi uchun marka yaratish (KKM);

KKM quyidagi funkstiyalarni bajarmogi lozim:

  • ma’lumotlarni kafolatli etkazish;

  • elektron xujjatlarni marshrutini belgilash;

  • ma’lumotlarni yaratish va ayirboshlash shaklini rivojlantirish;

  • markazlashtirilgan xolda normativ-lugatiy axborotlarni kiritish;

  • xujjatlarni portal orkali chop etish;

  • umumiy xujjatlarni birgalikda ishlash sharoitini yaratish;

Korxona elektron xujjat ayirboshlash tizimida quyidagi vazifalar yuklanadi:

  • xujjatlarning registrastiyasi;

  • xujjatlarni tasdiklash;

  • xujjatlarni barcha jabxalar bilan kelishtirish;

  • xujjatlar ustida jamoa bulib ishlashni uyushtirish;

  • xujjatlar loyixasini yaratish (barcha jabxa uchun);

  • bajarilish darajasini tekshirib turish;

  • korxona arxivlari bilan boglanish;

  • fukarolar talablarini qayta ishlash;

  • uzaro kompyuterlar uchun tushunarli yagona formatda berilganlar bilan ishlash.

O’zbekiston Respublikasida elektron hokimiyatning xolati va
ravnaqi
Elektron hokimiyat deganimizda jamiyatda mavjud bulgan barcha tashki va ichki aloka xamda jarayonlarni AKT orkali amalga oshiruvchi hokimiyat tushuniladi. Elektron hokimiyat ravnaki uchun quyidagi uzaro boglik bulgan masalalarni echmoklik zarurdir:

  1. Qog’ozsiz xujjat ayirboshlash asosida davlat tizimi va boshqaruvida uzaro ta’sirni yaxshilash.

  2. AKT asosida fukarolar jamoasi sub’ektlari ishlari yuzasidan bajariladigan vazifalarni amalga oshirish.

2003 yilning yakuni munosabati bilan utkazilgan yigilishda mamlakat Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek “2003 yilda boshlangan isloxotni asosiy yo’nalishi bulib 2004 yilda uz yakunini kurish bulgan ma’muriy tizimdir”.
Shu munosabat bilan Prezidentimizning boshchiligida 2003 yilning dekabri va 2004 yilning yanvar oylarida ma’muriy isloxotni amalga oshirish borasida bir nechta karorlar qabul qilindi.
Bu isloxotni amalga oshirishda quyidagi masalalarni echmoklik zarur:

  • mavjud boshqaruv tizimni markazlashganlikdan chiqarish.

-joylarda hokimiyat organlarining kompetyontligini va javobgarligini oshirish.

  • xujalik sub’ektlar ishlariga davlat boshqaruv organlarining aralashuvini kamaytirish.

  • xar bir jabxada davlat boshqaruv tizimining ochik- oydinligini oshirish.

Kuyilgan masalalarni echishda xamda ma’muriy isloxotni yakunlashda davlat boshqaruv organlariga EX joriy qilish uz samarasini beradi va quyidagilarni echishga olib keladi:

  • boshqaruv apparati ishlarini sezilarli darajada yuksaltirib, sarf- xarajatlarni kamaytirib, byudjetni yana xam samarali ishlatish imkoniyatini beradi;

  • boshqaruvga oydinlik kiritib davlat organlari boshqaruvini jamoatchilik tomonidan nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;

  • jamoat jarayonlarini boshqarishning yangi mexanizmi yaratiladi.

Demak, elektron xujjatlarni (EX) davlat boshqaruviga qo’llash ma’muriy
isloxotning asosiy vazifalarini xam echib beradi. EX tushunchasi asosan 1990 yillarda kelib chikkan bulsada, asosan xozirgi vaktlarda kup e’tibor berilmokda. Birinchilar katori EX yaratishda AKSh, Angliya va shuningdek Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya, Franstiya kabi davlatlar xisoblanadi. Sovet Ittifoki davrida Pribaltika davlatlari bulmish Estoniya va Latviya respublikalarida boshlangan. Bu borada O’zbekistonda ilk kadamlar kuyilmokda desak yanglishmaymiz. Ayniksa, oxirgi yillarda bu soxada ancha ishlar qilindi [18].
Prezidentning 2002 yilning 30 may oyda №UP-3080 sonli “Kompyuterlashtirish va axborot- kommunikastion texnologiyalarni rivojlantirish va qo’llash xakida” buyrugining ijrosi sifatida O’zbekiston xukumati tomonidan AKT rivojlantirish va EX qo’llash natijasida bir nechta ma’muriy xujjatlar qabul qilindi. Natijada yangi vertikal ijroiy hokimiyati barpo qilinib korxonalararo yaratilaetgan informatizastiya jarayonini boshqaruv dasturini bajarilishini nazorat qilish markazi yaratildi. Bu dasturni anchagina markaziy va maxalliy boshqaruv organlari ma’qo’llab, kupchiligi dasturning mustaqil strukturasiga ega bulib, ularga korxonalararo informatizastiya jarayonini joriy qilishga javobgarligi yuklatildi.
Natijada davlat boshqaruv organlariga yangi texnologik boshqaruv usullari kirib keldi. Xususan, UzASI axborotiga asosan 1ta kompyuterga 3ta davlat ishchi xodimi tugri kelar ekan, vaxolanki internetga ulangan 1ta kompyuterga markaziy davlat ishchi xodimlarning 10% i , eki ichki korxona ishchi xizmatchilarining 7% i tugri kelar ekan.
Kupchilik xollarda markaziy va tuman boshqaruv organlarida uzlarining WEB saxifalari va lokal kompyuter turlar urnatilgan bulib davlat ishchi xodimlarining 7%sigina foydalana oladi. Xattoki ba’zi korxonalarda kompyuterlar turi korxonaning maxsus maksadlariga yunaltirilgan masalalarni echishga karatilib tashkaridan informastiya olishni ilojsiz qilib yaratilgan.
O’zbekiston hokimiyatining axborot resursi bulib Internet tizimida urnatilgan www.gov.uz portaldan iborat. U uzbek, rus va ingliz tilida ezilgan. Lekin, shuni aytish lozimki bu portal fakat informastiya olishga muljallangan bulib WEB - karor va instrumyontlarni olishning iloji yuk.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 20.08.2002 yilda yaratilib va 2003 yilning oxirlarida tajriba sifatida tashki savdo tizimiga joriy qilinaetgan yagona elektron axborot tizim (YaEIT)ni kurishimiz mumkin. Davlatlar urtasidagi bojxonaga Markaziy bank, Davlat solik kumitasiga va Tashki iktisodiy aloka agyontligiga urnatilgan bunday tizim mol-mulkni utish jarayonini nazorat qilishni yongillashtiradi, tijoratchilarni uz kontraktlarni bajarishga erkinlik tugdiradi.
Davlat mulkini sotish xakidagi ba’zi bir informastiyalar O’zbekiston Respublikasi Uy-joy sotish kumitasining saytida kursatilgan, lekin davlat sotib olishi va davlat mulkini sotish xakida umumiy informastiya berilgan.
Bir necha davlat boshqaruv apparati ishchi xodimlari AKT asosida ishlashga qayta tayerlandi. Shunga karamasdan davlat organlari xodimlarining AKT Bilan ishlash darajasi umuman past bulib, kolaversa davlat organlari ishchi xodimlari bilan ular karamogidagi korxonalarning shchi xodimlari bilimlari orasida ancha fark qilishidir. AKTlarning xaetga joriy qilish surati etarli emasligining sabablaridan biri bulib AKT joriy qilish uchun moliyalashtirishni davlat buyurtmasidan maksadli emasligidadir.
O’zbekiston Respublikasida elektron hokimiyatning rivojlanishi itttlab chikarilgan dastur asosida olib boriladi.
O’zbekiston Respublikasida elektron hokimiyat modelining
rivojlanish bosqichlari
O’zbekiston Respublikasida elektron hokimiyat modelini rivojlanit konstepstiyasiga asosan modelning asosiy maksadi davlat organlari boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirish bulib bu soxada AKT kyong joriy qilish bilan erishiladi. Maksadni amalga oshirish uchun quyidagi masalalarni echish lozim:

  1. Korporativ davlat kompyuter turini - INTERNET mujassamlantirish, kaysiki uz ichiga elektron xujjat ayirboshlash jarayonini va barcha davlat boshqaruv jabxalarini uz ichiga olsin (G2G)

  2. Davlat xizmat soxalarini kyongaytirish va turlarini yunaltirish, kaysiki uz ichiga Internet tarmogini olgan xolda (G2C, G2B) va davlat xizmatlarida tyong huquqda foydalanish.

  3. Davlat organlari bilan fukarolar va sub’ektlar orasida mulokot elektron tizimni yaratish va joriy etish.

  4. Texnik axborotlar xavfsizligini ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasida joriy qilinaetgan elektron hokimiyat modeli jaxon andozalariga mos kelgan xolda bir-biri bilan uzaro boglik va mustaqil faol kursatadigan bloklardan: davlat internetiga va tashki infrastukturasiga bulinadi.

  1. Davlat interneti. U ichki axborot tizim infrastukturasini kamrab olib, davlat organlari, korxonalararo boglanishni va uzaro kelib chikadigan masalalarni echishda jamoa ishlarini uz ichiga oladi. Davlat internetining asosiy ustivorligi bulib yagona transport muxitini muxofazalanganligidadir.

Shuningdek, Davlat Internet bloki tarkibiga quyidagilar xam kiradi:

  1. Portal GOV.UZ, muxofaza qilingan axborotlarga kirishni ta’minlaydi.

  2. Tarmokning xar xil pogonalariga kirish ruxsatnomasini beruvchi markaz yaratish.

  3. Davlat berilganlar bazasini yaratuvchi jismoniy va yuridik shaxslar ruyxatini tuzittt.

  4. Elektron xizmat usullarini yaratuvchilar.

  5. Portal GOV.UZ bilan korxona axborot tizimi orasida interfeys yaratish.

Davlat internetining asosi bulib elektron xujjat ayirboshlash, u davlat standartlari orkali boshkarilib, uz ichiga kadrlarni, moliyani boshqarish dasturlarini olishi mumkin.
Davlat internetining rivojlanishi elektron hokimiyat modelining kanchalik joriy qilinganligiga boglik bulib, u boskichma-boskich xaetga qo’llanib boriladi.

  1. Tashki stuktura. U ommaviy axborot infrastukturani uz ichiga olib, asosan fukarolar va iktisodiy sub’ektlar bilan davlat organlari urtasidagi uzaro boglanishni tashkil qiladi (G2B).

Elektron hokimiyat modelini ishlash uchun quyidagilar lozim:

  • davlat xizmatlar turini va sonini davlat axborot tizimni mukammallashtirish va kyongaytirish orkali kupaytirish;

  • jamoa sub’ektlarini davlat elektron xizmatlariga erkin kirish uchun bir kator tadbirlar utkazilib, rakamlar tyongsizligin kamaytirish kerak.

Elektron hokimiyat bajarishi mumkin bulgan davlat xizmatlarni quyidagi kategoriyalarga bulish mumkin:

  • shaxsiy tulovlarni: daromad soligi, transport soligi va x.k;

  • ijtimoiy ta’minot xizmatlari;

  • guvoxnomalarni kayd etish (tugilganligi, oila kurganligi);

  • shaxsiy xujjatlarni berish (pasport va xaydovchi huquqi);

  • shaxsiy mol-mulkni kayd qilish (uy-joy oldi-sotdi masalalari)

  • fukarolarni manzilini kayd qilish va vaktinchalik turar joyini va manzilini uzgartirganligi xakidagi ma’lumot;

  • mexnat birjalari orkali ishga joylashish;

  • kurilish uchun ruxsatnoma olish;

  • soglikni saklash tizimi xizmatlari;

  • oliy ukuv yurtlariga kirishi masalalari.

2. “Davlat-biznes” tizimi uchun (G2B)

  • korxonalarni davlat kayd qilish va qayta kayd qilish;

  • mas’ul tashkilotlardan loyixa xujjatlariga ruxsat olish va kelishi masalalari (ekologiya, kurilish, tabiy kazilmalardan foydalanish)

  • listyonziya olish va uzaytirish;

  • zarur korporativ tulovlarni amalga oshirish (daromad soligi, KKS, er soligi va x.k);

  • eksport-import tovarlar uchun yullanmalarni rasmiylashtirish;

  • statistik xisobotni tayerlash;

  • xizmatlari turi oshgan sari bu kator yana kyongayishi mumkin.

Axborot okimning oydinligini va konfedistionalligi elektron hokimiyat infrastukturasiga kuyilgan talablardan kelib chikadi. Davlat xizmatlari tomonidan axborot xavfsizlikni buzilmasligi uchun quyidagi konstepstiya uz aksini topishi lozim:

  • elektron xujjat ayirboshlovda xavfsizlik tizimini rivojlantirish;

  • konfedistial berilganlarni va axborot jarayonlarni ximoyasi buyicha choralar kurish kompleksi ishlab chikish, kaysiki buzginchilardan, tajribasizlik okibatida va tabiy xodisalari tufayli buzilishi mumkin bulgan xollarni oldini olish;

  • axborot ximoya vositalarini takomillashtirish;

  • xodimlar, myonejerlar va texnik xodimlar uchun talablar va koidalar yaratish.

O’zbekistonda elektron hokimiyatni rivojlantirish quyidagi boskichlarga ega:

  1. 2004-2005 yillar ichida umumiy axborot muxit joriy qilinib unga barcha korxona va regionlar kiritilishi lozim.

  2. 2006-2007 yillarda ikki eki kuptomonli boglanish mexanizmini shakllantirish, bir vaktda elektron xujjat ayirboshlash joriy qila borish, korxona axborot resurslarni kyongaytirish.




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish