^
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX KAFEDRASI
TASDIQLANDI
O’quv ishlari bo`yicha
prorektor______D.Q.Durdiyev
2017 yil “___” avgust
RASMLI VA ELEKTRON ARXIV ASOSLARI
fanidan
OLIY TA’LIMNING
Bilim sohasi: 200000-ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 220000-jurnalistika va axborot texnologiyalari
Ta’lim yo’nalishi: 5220300-arxivshunoslik
1-kurs ( I-II-semestr)
Buxoro – 2017
MUNDARIJA
KIRISH
|
№
|
MA’RUZALAR MATNI
|
5-102
|
AMALIY SEMINAR MASHG’ULOTLARI
|
106
|
MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
|
109
|
GLOSSARIY
|
110
|
ILOVALAR
|
114
|
FAN DASTURI
|
129
|
ISHCHI O’QUV DASTURI (I-semestr)
|
138
|
ISHCHI O’QUV DASTURI (II-semestr)
|
149
|
TESTLAR
|
160
|
BAHOLASH ME’ZONI
|
167
|
Kirish
Fanning dolzarbligi: Arxiv va kutubxonalar doim o’xshash vazifalarni bajarib kelishgan, bular - hujjatli tarixiy merosni asrash, foydalanuvchilarni mavjud resurslardan boxabar qilish va ushbu resurslarga erkin murojaat imkoniyatlarini yaratib berish. Axborot asri bo’lmish bu davrda axborot resurslarining inson va jamiyat hayotiga ta’siri sezilarli va tez sur’atlar bilan oshib borayapti. Fan, ta’lim, madaniyat, san’at va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini axborotsiz, uning ta’siri va ahamiyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasida “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonun qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi” - deb, axborot sohasini isloh qilish, axborot texnologiyalari va tizimlarini qo’llagan holda, axborot resurslaridan foydalanish vazifalari haqida alohida ta’kidlab o’tdilar. Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida ko’p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.
Tobora axborotlashib borayotgan jamiyatda qog’oz hujjatlari hajmining to’xtovsiz ortib borishi barcha korxona, tashkilot va muassasalar uchun bugungi kun muammosi sanaladi. Shu sababli, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda arxiv ishini avtomatlashtirish dolzarb vazifa etib belgilandi. 2011 yil 22 dekabrda tasdiqlangan “Elektron arxiv to’g’risidagi namunaviy Nizom”da ushbu vazifani amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan ko’rsatmalar, tushunchalar keltirilgan.
Tashkilotning elektron arxivini yaratish - hujjatli axborotlardan foydalanishning yangi darajasidir. Uning tadbiqi o’laroq, davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralar, banklar, sanoat korxonalari va korporatsiyalari, katta savdo firmalari, ta’lim, fan va madaniyat muassasalari faoliyatiga yuksak turtki bo’ladi.
Mamlakatamizda elektron arxiv yaratishga chet el ilg’or tashkilot va muassasalari tajribalarini chuqur o’rgangan holda yondashish, mavjud standart va hujjatlarning har bir jihatlarini sinchkovlik bilan tadqiq etish maqsadga erishishni ta’minlaydi.
Elektron arxiv hujjatlarni an’anaviy usullarga qaraganda ancha tez qidirib topish va foydalanuvchilarga qulay, ya’ni istalgan vaqt va joyda taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, elektron arxivda hujjatlarni uzoq muddatli saqlash va ularning xavfsizligini samarali ta’minlash mumkin. Ushbu omillarni ko’zda tutgan holda elektron arxivlarni shakllantirish va axborot qidirish dasturini yaratish metodologiyasini ishlab chiqish vazifasi o’ziga xos dolzarb ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |