Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi



Download 1,34 Mb.
bet16/60
Sana26.03.2022
Hajmi1,34 Mb.
#511625
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Bog'liq
elektron arxiv o\'quv-uslubiy qo\'llanma

Dublin Core
Dublin yadrosi (DYa) tizimi 1995 yilning mart oyida AQSH Ogayo shtati Dublin shahrida OCLC shtab-kvartirasi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi. Mazkur tizimni ishlab chiqishda yuzlab mutaxassislar ishtirok etdi. DYa tizimi ishchi uchrashuvlarda va elektron pochta orqali muhokama qilindi. OCLCdagi ishchi uchrashuvlarda tizimning asosiy metama’lumotlari (bugungi kunda ular 15 ta) ishlab cm hiqildi. DYa ning barcha elementi majburiy emas. Quyida Vilyam Arms tomonidanda keltirilgan DYa elementlarini keltiramiz.
Title (Sarlavha) - noshir yoki resurs yaratuvchi tomonidan resursga berilgan nom.
Creator (Muallif) - resursning intelektual mazmuniga javobgan shaxs yoki tashkilot (qo’lyozma hujjatlar uchun bu mualliflar, bajaruvchilar, vizual resurslar uchun bu fotograflar yoki illyustratorlar. Umuman olganda “sreator” so’zi “yaratuvchi” sifatida tarjima qilinadi, ammo biz uni “muallif” sifatida qabul qilishimiz mumkin.
Subject (Predmet) - resurs mavzui. Odatda predmet yoki resurs mazmuni ochqich so’zlar yoki jumla orqali ifodalanadi. Bu elementdan foydalanilayotganda nazorat qilinayotgan so’zlardan yoki klassifikatsiyalashning format sxemalardan yordamchi material sifatida foydalanish tavsiya qilinadi.
Description (Tavsif) - resurs mazmunining matnli tavsifi. Hujjatlar uchun referet shaklda, vizual resurslar uchun ularning mazmunini ochib beruvchi matnli tavsif shaklda bo’ladi.
Publisher (Nashriyot) - resursni joriy holatda yaratishga ma’sul bo’lgan tashkilot, masalan, Sharq, Fan.
Contributor (resursni yaratishda qatnashuvchi ikkinchi javobgar shaxs yoki tashkilot) - “muallif ’ elementida ko’rsatilmagan, ammo resursni yaratishga qatnashgan shaxs yoki tashkilot. (Muharrir, tarjimon, rassom va boshqalar).
Date (Sana) - resursni yaratish yoki paydo bo’lish sanasi.
Type (Tip) - resurs kategoriyasi - masalan, uy sahifasi, roman, poema, maqola, preprint, texnik hisobot, lug’at, esse.
Format (Format) - resurs ma’lumotlarini aks ettiruvchi format (odatda dasturiy vosita tipi ko’rsatiladi, resurs bilash ishlovchi konmpyuter tipi ham ko’rsatilishi mumkin.
Identifier (Identifikator) - resursni identifikatsiya qiluvchi harflar yoki raqamlar jamlamasi. Resurs tarmoqda taqdim qilinganda URL va URN ko’rsatiladi aks holda resurs joylashgan joy adresi ko’rsatiladi.
Source (Manba) - mazkur resurs olingan ikqilamchi manba to’g’risidagi axborot.
Language (Til) - resurs intelektual mazmuni bayon qilingan til.
Relation (Aloqa) - ikqilamchi resurs identifikatori va uning joriy resurs bilan aloqasi. Bu element o’zaro yaqin resurslarni bog’lashga hamda ko’rsatilishi kerak bo’lgan resurslarni tavsiflashga imkon beradi.
Coverage (Qamrov) - resursni joylashgan joyi va vaqt bo’yicha davom etishini xarakterlaydi.
Rights (Huquq) - mualliflik huquqini tasdiqlash va uni boshqarish; ular bilan bog’liq identifikator; mazkur resurs bilan bog’liq mualliflik huquqi va uni boshqarish to’g’risidagi axborotlar.
Dublin yadrosi bilan bog’liq barcha elementlarni uch guruhga ajratish mumkin:

  • Resurs majmuniga oid elementlar (Content);

  • Intelektual mulk nuqtai nazaridan raqamli resursni tavsiflovchi elementlar (Intellectual Property);

  • Aniq bir resurs nusxasiga tegishli elementlar (Instanitation).

Dublin yadrosi metama’lumotlari yordamida raqamli resurslarni tavsiflash juda sodda. Tabiiy tildagi o’n beshta maydonni har qanday odam ham to’ldira oladi.
MARC formatlari
Hozirgi vaqtda jahonda 50 dan ortiq MARC formatlar mavjudir. Ulardan ko’pchiligida MARC so’zidan oldin mamlakatning qisqartma nomi abbreviaturasi keltirilgan. SAMARC- Janubiy Afrika Respublikasi MARC formati. USMARC, UKMARC, DANMARC, NORMARC, FIhMARC, AUSMARC, JAHPMARC, SWEMARC, CANMARC kabi formatlar ham mavjudki, bu nomlardan ularning qaysi mamlakatga tegishli ekanligini ajratib olish qiyin emas.
Bir nechta mamlakatlar hamkorligida ishlab chiqilgan MARC formatlar ham mavjud. Misol uchun, INTERMARC formati Shveysariya, Fransiya va Belgiya tomonidan ishlab chiqilgan. Gollandiyada UBYMARC va OCLCMARC formatlari qo’llaniladi. Lekin hayot elektron katalog yaratish va ayirboshlash bo’yicha faol xalqaro kooperatsiyani talab etmoqda. Shuning uchun hozirgi paytda UNIMARC universal format sifatida juda keng tarqalgan format hisoblanadi. Har xil mamlakatlar va hududlarda MARC formatlarining ko’payishi ularning bir-biriga mos kelishlik muammosiga olib keldi. Bibliografik ma'lumotlarning bir-biriga mos kelishligini ta'minlash uchun muvofiqlashtirilgan qarorni qabul qilishni oldindan aniqlashtiruvchi integratsiya zarur bo’ldi. Aynan MARC formatini yaratish xalqaro kommunikativ format yaratish bo’yicha birinchi qadam bo’ldi.
1969 yilda Kopengagenda bo’lib o’tgan IFLA ning 35- sessiyasida nashr ishi davlat bibliografiyasida MARC formatni rivojlantirish loyihasi ko’rib chiqildi. 1974 yilda Buyuk Britaniyada 12 mamlakat vakillari yig’ilib, MARC tarmog’i yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar va milliy bibliografik ma'lumotlarini ayirboshlashni tashkil qilish uchun MARC - UBCIM (Universal
Bibliographic Control) xalqaro tarmog’ini yaratish bo’yicha xalqaro dastur ishlab chiqildi.
IFLAning ishchi guruhi 1977 yilda Xalqaro UNIMARC universal kommunikativ formatini ishlab chiqdi. Bu formatni yaratishdan maqsad bibliografik birliklar tasvirini tuzish, ularni qidiruvchi va nazoratini soddalashtirish va o’ng’aylashtirish hisoblanadi. Bunga xalqaro standartlarga moslikda amalga oshiriluvchi bibliografik axborotlarning ishlab chiqilgan usullari yordami bilan erishiladi. UNIMARC formatida bibliografik yozuvlar avtomatlashtirilgan kutubxona sistemalarida foydalanish uchun mo’ljalangandir.
1985 yilda UNIMARC formatiga asoslangan qator standartlar qabul qilingan: НТЦ МЦНТИ 1-82, НТП МЦНТИ 30-82 (МЕКОФ1), ГОСТ7. 14­84, ГОСТ7. 19-85 (СТСЭВ 4283-84).
UNIMARC formatining yaratilishi juda muhim muammolarni ham hal qilishga olib keldi, endi har bir formatdan boshqasiga va teskarisiga o’tish uchun maxsus konvertor - programma yaratish kerak bo’lmaydi. Faqatgina ikkita: UNIMARCga va teskarisiga aylantiruvchi programma yetarli bo’ladi. 90- yillarda Gollandiya Qirolligi kutubxonasi koordinatori bo’lgan yirik Ise MARCON (Ise Sohtrolld Geheric Cohvehter) loyihasi boshlangan edi. Loyihaning bosh maqsadi- (UNIMARC) vositachi orqali ixtiyoriy MARC formatidan MARC oilasiga mansub boshqa formatga konvertatsiya qilishga imkon beruvchi yagona bazali konvertor yaratish edi. Asosiy formatlar sifatida USMARC, UKMARC, INTERRMARC va UNIMARC lar qabul qilingan. UNIMARC va USMARC- bu bibliografik axborotlarni tasvirlashning ancha murakkab formatidir. Ta'kidlash joizki, bibliografik yozuvlarni USMARC da 200 dan ortiq maydonda, UNIMARC da 150 maydonda tasvirlash ko’zda tutilgan. Bundan tashqari (25 ga yaqin) maydon ostilari ham mavjud. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu ikki formatning moslik darajasi 80%ni tashkil qiladi. 20% konvertatsiya qilinmaydigan maydonlar-bu izohlar va mavzularni aniqlashtirish maydonlaridir.
Hozirgi paytda USMARC AQSHda juda keng tarqalgan format hisoblanadi. Lekin yoddan chiqarmaslik kerakki, USMARC doimiy yangilanishda. Bunga sabab, hujjatlarning yangi turlarini, axborot tashuvchi moslamalarning yangi turlari paydo bo’lishi, telekommunikatsiyaning takomillashuvi, axborotlarni qayta ishlash usullari texnologiyasi va vositalarining takomillashuvidir.
Bibliografik formatning o’zi esa bibliografik yozuv mazmuni va tarkibini o’rnatadi. Ayrim formatlar esa faqat bibliografik yozuv tarkibini o’rnatadi. Tarkibini o’rnatish uchun MARC formatlar "I 80 2709-1981: Magnit lentalarda bibliografik ma'lumotlarni ayirboshlash uchun formatlar" ga asoslanadi. UNIMARC formatiga bibliografik yozuvlarning uchta komponentasi kiradi:

  • Yozuvning tuzilishi;

  • Mazmun (mundarija) ning aniqlanishi;

  • Ma'lumotlar mazmuni.

1991 yilda avtoritet yozuvlar uchun UNIMARC AUTHORITIYES formati e'lon qilindi. Bu formatni ishlab chiqishdan maqsad boshqa ko’riniashli nom va nomlanishlarga tayangan holda tashkilot nomlari, muallif nomlarini, avtoritet ko’rinishlarini bir joyga saqlash va yozib qo’yish imkoniyatidagi bibliografik xizmatini ta'minlash edi.
Chet el davlatlari arxivlari tajribasida ma’lumotlar bazasini yaratishda UNIMARC va MARC21 formatlaridan keng qo’llanilgani kuzatilgan. Ammo bu formatlar arxiv hujjatlari tavsfilash uchun qator kamchiliklarga ega ekanligi aniqlandi va yangi maxsus format yaratishga kirishildi.
EAD (Encoded Archival Description) - kodlangan arxiv tavsifi
EAD (Encoded Archival Description) - kodlangan arxiv tavsifi rivojlanish tarixi 1993 yil Berkeleyda Kaliforniya universiteti kutubxonasi loyihasini amalga oshirish davomida boshlangan. Berkeley loyihasining maqsadi

  • arxivlar, kutubxonalar, muzeylar va qo’lyozmalar repozitoriylar tomonidan yaratilgan mashina o’qiy oladigan inventar hisobot yozuvlari, bibliografik yozuvlar, ko’rsatkichlar kabi boshqa hujjatlarni saqlash imkonini berish uchun himoyalanmagan shifrlash standartini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot ishi bo’lgan. Loyiha rahbarlari tarmoq orqali axborotlarga kirish darajasi o’sayotganligiga e’tibor qaratishdi va an’anaviy mashina o’qiy oladigan kataloglashtish yozuvi (MARC) ga qiziqib qolishdi. EAD DTD (arxiv hujjatlari tavsifi) ning rivoji Berkeley mutaxassislari bilan birgalikda boshqa institutlar ekspertlari bilan maslahatlashgan holda boshlandi. Berkeley loyihasi tadqiqotchisi Daniel Pitti shifrlash standarti uchun quyidagi kriteriyalarni o’z ichiga olgan talablar ishlab chiqildi:

  1. Arxiv hujjatlarida mavjud keng va bir-biri bilan bog’langan tavsif axborotlarini taqdim etish imkoniyatini;

  2. Tavsiflar darajalari orasidagi ierarxik bog’lanishlarni saqlash imkoniyatini;

  3. Bog’langan tavsif axborotlarini bir ierarik darajadan boshqasiga taqdim etish imkoniyatini;

  4. Ierarxik axborot tuzilmasi doirasida ko’chirish imkoniyatini;

  5. Asosiy ko’rsatgichlar elementi va ma’lumotlar qidiruvini qo’llab quvvatlashni amalga oshirish.

Pitti va uning Berkeleydagi xamkasblari bilan turli arxiv hujjatlarini Berkeleydan va boshqa institutlarga SGML shifrlash tajribasidan foydalanishni tanlashdi.
1996 yil 26 fevralda EAD DTD modeli “alfa” versiyasi sifatida e’lon qilindi. Kompyuter dasturiy ta’minotining alfa versiyasi bilan EAD (arxiv hujjatlari tavsifi) DTD mukammal darajada reklama qilinmadi lekin turli institutlarning arxiv hujjatlariga tadbiq qilinganda, yetarlicha yaxshi natijalarga erishdi. Alfa DTD versiyasi va to’g’irlangan alfa tegi ikki tomonlama ya’ni bir tomondan Kaliforniya universiteti va ikkinchi tomondan Kongres kutubxonasi foydalanish imkonini yaratgan. DTD nusxalari va bog’langan hujjatlar elektron shaklda testlash va test natijalarini uzatish imkonini bergan.
EAD 2002. Yangi mingyillikning dastlabki davrida SGML/XML tilining ba’zi mavjud elementlarini va EAD DTDning foydalanuvchilari tomonidan formal tarzda berilgan takliflari asosida dizayn jihatlarini qayta ko’rib chiqish ehtiyoji tug’ildi.
EAD Web sayti orqali foydalanuvchilar ommasi tomonidan 67ta o’zgartirishlar va qo’shimchalar bo’yicha takliflar to’plami qabul qilindi. Barcha takliflar ro’yxat tarzda birlashtirildi va EAD ishchi guruhining maxsus yig’ilishida 2001 yil 27-29 Aprel kuni Washington, DC da muhokama qilindi. Yig’ilishda Avstraliya, Kanada, Fransiya, Birlashgan Qirollik va Birlashgan Shtatlar vaqillari xalqaro miqyosda ushbu rivojlanayotgan standartning ahamiyatini ko’rib chiqishdi.
EAD DTD 2002 versiyasi imkoniyatlari ko’pgina foydalanuvchilar SGML tilidan XML tiliga o’tishganda yaratildi. DTD dasturiy vositasi XML tili yordamida qayta dasturlashtirildi va o’sha davrda foydalanilayotgan texnologiyalar bilan bog’landi.
EAD DTD 2002 yangi versiyasi o’zgarmas va 1998 yilda mashhurlikka erihgan 1998 yil 1.0 versiyasidan ancha qulayroq bo’lishi ko’zda tutildi. Standartlarning bog’lanishi orqali, EAD DTD standarti foydalanuvchilar bazasini o’sishiga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish maqsadiga qaratildi.
Shunday qilib, elektron arxiv qanchalik muhim bo’lsa elektron katalog bazasini shakllantirishda Xalqaro kommunikativ formatlarning roli ham shunchalik muhim, zero kommunikativ formatlar talabini qanoatlantirmaydigan har qanday elektron arxivni arxivlarda tadbiq qilish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. elektron arxivni yaratish modellari va algoritmlarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Bu bo’yicha quyidagilar ishlar amalga oshirildi:

  • Arxivlar va kutubxonalar hujjatlarini taqqoslangan holda, ularning tarkibi o’rganildi;

  • Arxivlarda an’anaviy usulda hujjatlar bilan ishlash tartibi, fond va yig’majildlarni ro’yxatga olish, hujjatlarga sharh tuzish ishlari o’rganildi;

  • Elektron arxivda hujjatlar bilan ishlash jarayonlari o’rganildi;

  • Elektron arxiv tizimiga kiritiladigan to’liq matnli hujjatlar fayl formatlari

  • Elektron arxivlarda qo’llaniladigan metama’lumot formatlari, jumladan, Dublin Core, UNIMARC, MARC21, EAD kabi formatlar tahlil qilindi;

  • Elektron arxivni yaratish va ma’lumot qidirish algoritmlari ishlab chiqildi.




Boshi

Metama’lumotlarni tanlab olish



Hujjatlar
tavsiflari









Oxiri





rasm. Elektron arxiv hujjat qidirish algoritmi




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish