Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi


Elektrolitlar va elektrolitmaslar



Download 0,5 Mb.
bet8/16
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#281573
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Коллежларда кимё фанининг самарадорлиги

Elektrolitlar va elektrolitmaslar

Maqsad. O’quvchilarga “elektrolitlar va “elektrolitmaslar” tushunchalarini shakllantirish; eritmalar elektr o’tkazuvchanligining moddalardagi kimyoviy bog’ turlari va kristall panjarasining tuzilishi bilan bog’liqligini asoslash.

Kerakli jihozlar va rektivlar: Natriy xlorid, mis(II) sulfat, natriy gidroksid, bariy gidroksid, xlorid va sulfat kislota eritmalari solingan stakanlar; mis, temir va alyuminiy simlari; kristall moddalar:natriy xlorid, mis kuporosi, bariy gidroksid; organik moddalar:benzol,etil spirt,shakar,glitserin; suyuqliklar elektr o’tkazuvchanligini o’rganish asbobi;“Eritmalar elektro’tkazuvchanligi“,“kristall panjara tiplari”, “kislota , asos va tuzlarning eruvchanligi“ga doir jadvallar.

Darsning mavzusi va maqsadlari elon qilingandan keyin savollar bo’yicha suhbat o’tkazadilar:



  1. Qanday kimyoviy bog’ turlarini bilasiz?

  2. Quydagi birikmalarda qanday kimyoviy bog’lar mavjud bo’lishi mumkin:

  1. NaCl , KJ (ion bog’);

  2. Na2SO4 , CuSO4, NaOH, Ba(OH)2 ( ion va qutbli kovalent bog’)

  3. HCl, H2SO4, HNO3, H2O (kovalent, kuchli qutbli bog’)

  4. C2H6O, C6H12O6, C6H6 (kovalent, kam qutbli bog’)

  1. Qanday zarrachalar ionlar deyiladi? Quydagi birikmalar tarkibiga qanday ion kiradi: NaCl , Na2SO4, CuSO4 , NaOH, Ba(OH)2?

  2. Qanday birikmalar ionli birikmalar deyiladi? Ularning umumiy fizik xossalari nimalardan iborat? O’quvchilar javob berishadi: hidsizligi, qattiqligi, qiyin suyuqlanuvchanligi.

  3. Suvsiz HCl – gaz, H2SO4, HNO3 – suyuqliklar ekanligini nima bilan tushunturish mumkin?

  4. Nima uchun suv yaxshi erituvchi hisoblanadi?

Suhbat natijalarini umumlashtirib quyidagi savollarga javob berib o’tiladi:

1. Elektr tokining tabiati haqida nimalarni bilasiz?

2. Metallarning elektr o’tkazuvchanligining sababi nimada?

3. O’tkazuvchilar nima? Ikkinchi tur o’tkazuvchilarga qanday moddalar kiradi?

Fizika kursidan o’quvchilarga ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni takrorlab xulosa qilinadi:

Elektr toki - bu zaryadlangan zarrachalarning tartibli ( yo’naltirilgan) harakati (elektronlar va ionlar).

O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda elektr o’tkazuvchanlikni o’rganish asbobi qurilmasini ishchi holatga keltirib mis, temir, alyuminiyning elektr o’tkazuvchanligini namoyish qiladi.Shundan keyin tuzlarning (NaCl va CuSO4) va ishqorlarning (NaOH va Ba(OH)2) eritmalari ham elektr tokini o’tkazishi, quruq suvsiz NaCl va CuSO4 hamda Ba(OH)2 elektr tokini o’tkazmasligi tajribada ko’rsatiladi. O’qituvchi tajriba natijalari bo’yicha quydagi muammoni o’rtaga tashlaydi:tuzlar va asoslar turlicha tarkibga va shu sabali turlicha xossalarga ega, lekin, nima uchun ularning eritmalari va kristallarining elektr o’tkazuvchanlik xossalari bir xil bo’lib chiqdi?

Kutilayotgan javob: tekshirilgan moddalar uchun umumiysi bu ularning ion birikmalar ekanligi, yani ular ion bog’ va ion kristall panjaraga ega.Ammo kristallarda ionlar bir-birini mahkam ushlab turadilar va erkin harakatlana olmaydilar, eritilganda esa ion bog’ uzillib ionlar hosil bo’ladi.Ular elektr tokini o’tkazadilar.

Farazni isbotlagach, o’quvchilar, “tuz, kislota va asoslarning suvda euvchanligi” jadvalidan foydalanib eritmalari elektr tokini o’tkazuvchi tuz va asoslarga 2-3 ta misol keltiradilar, keyin CaCO3, KOH, AgCl, Ca(OH)2,Al(OH)3 lar suv bilan aralashtirilganda elektr tokini o’tkazadimi degan savolga javob beradilar. Ionli birikmallarning hammasi ham suvda erimaydi va elektr tokini o’tkazmaydi. Birinchi muammoni yechib bo’lgach, ikkinchi muammoli holatni hosil qilishga o’tamiz.Yuqorida aytilgandek kislotalar ion bog’ga ega emas, ular suvda eritilganda chin (molekulalar) eritmalar hosil bo’lib, tarkibida ion tutmasligi kerak.O’quvchi bu farazga rozi bo’ladi. Tajriba buni inkor qiladi.Muammoli holat vujudga keladi. Kislotalar eritmalarining elektr o’tkazishi eritmada ionlar borligini ko’rsatadi. Suv mihiti kovalent bog’dan ion bog’ hosil bo’lishiga qanday ta’sir qiladi? Ushbu kislotalar eritmalarida qanday ionlar mavjud bo’ladi?

Tadqiqot uchun olingan NaCl va CuSO4 o’quvchilarga suv molekulalari ta’sirida vodorod va kislota qoldig’i orasidagi kovalent qutbli bog’ kamayishini ko’rsatadi. Vodorod elektroni kislota qoldig’iga o’tadi, kovalent qutbli bog’ ionga o’tadi, modda ionlarga ajraladi.

Ko’rilgan material umumlashtiriladi va xulosa qilinadi. Eritmalari va suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi.

Elektrolitlar elektr o’tkazuvchanligi bo’yicha aniqlanadi.

O’qituvchi fikrlash uchun savol beradi: suvda eruvchan barcha moddalarni elektrolit deyish mumkinmi?

Fikrlar, odatda, har xil bo’ladi.Tajribada aniqlaymiz.Suvda shakar yoki glyukoza va etanol eritiladi. Yangi qarama-qarshilik muammoni shakllantirish-ga imkon beradi: C2H6O va C6H12O6 molekulalari tuzilishi asosida qanday qilib ularning eritmalari elektr tokini o’tkazmasligini tushuntirish mumkin? Asos sifatida ushbu birikmalarda kovalent bog’lar kam qutbli, ular orasidagi zaif bog’lar va mustahkam ichkimolekulyar bog’lar ushbu moddalarni suvda ayrim molekulalarga parchalanishga olib keladi degan taxmin olinadi. Glitserin va benzolning elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi va xulosa qilinadi: Eritmalari elektr tokini o’tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.Olingan ma’lumotni o’zlashtirish maqsadida o’quvchilarga quydagi topshiriqlar beriladi:

1. CaCl2, NaNO3, Ca(NO3)2, KOH, K2SO4, Ca3(PO4)2, CaCO3 moddalar qanday ionlardan iborat?

2. a) Cl-,Cl0, Cl2; b) SO3 va SO32-; c) Na0 va Na+; d) S va S2- simvollar bilan belgilangan zarrachalar qanday nomlanadi va nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?

Amaliy topshiriq.1. Qurilma yordamida qaysi probirkalarda elektrolitlar, qaysilarida noelektrolitlar eritmalari borligini aniqlang . Ularga ta’rif bering.

2. Oq kristall moddali 3 ta probirka bor. Ularni elektrolit deyish mumkinmi? Keng tarqalgan xatolarning oldini olish uchun o’quvchilarga quyidagi savollarni muhokama qilish topshiriladi. Fanda uzoq vaqt elektr toki ionlar hosil bo’lishiga yordam beradi degan fikr yurgan. Shu to’g’rimi?

Yoki qanday misollar yordamida, eritmada ionlar, elektr toki ta’sirida emas, balki,suv tasirida hosil bo’lishini ko’rsatish mumkin?

Dars oxirida o’qucvhilar materialni qanday o’zlashtirganini bilish uchun ularga yozma ish beriladi.

1-variyant

1. Quyidagilardan elektrolitlarga taalluqlilarini yozing: kaliy gidroksidning suvli eritmasi, disstillangan suv, benzin, kalsiy xlorid, spirt, nitrat kislota.

2. Natriy bromid qanday ionlardan tashkil topgan va ularning zaryadini ko’r-sating.

2-variyant

1.Quyidagilardan noelektrolitlarni ko’rsating: temir(III)xloridning suvli eritmasi, shakarning suvli eritmasi, suyuq ammiak, vodorod xloridning suvli eritmasi, ohakli suv, disstillangan suv, yo’dning spirtdagi eritmasi.

2.Kaliy fosfatda qanday ionlar bor va ularning zaryadi qanday?

3-variyant

1.Quyidagilardan elektrolitlarni ko’rsating: suyuq vodorod ftorid, vodorod xlorid-ning benzoldagi eritmasi, alyuminiy xloridning suvli eritmasi, bariy sulfat, kalsiy gidroksid va qo’rg’oshin (II) nitrat kristallari.

2.Kalsiy fosfatda qanday ionlar bor va ularning zaryadi qanday?


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish