Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Geografiya bakalavriat” ta’lim yunalishi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana01.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#626146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Geografiya b

tabiiy geografiyaning predmeti
haqida so‘z yuritar ekan, 
Y. K. Yefremov (1959) va S. V. Kalesnik (1970) kabi geografik qobiq atamasining 
o‘rniga F. N. Milkov (1970) tavsiya etganidek, alohida qobiqni landshaft sferasini 
ajratish to‘g‘riroq bo‘lar edi, deb hisoblaydi. 
Yerning landshaft sferasi deganda F. N. Milkov, ayrim tabiiy geograflar kabi 
geografik qobiqning aynan o‘zini emas, balki uning ichida mavjud bo‘lgan, nisbatan 
yupqa, o‘ziga xos o‘rtaliq qobiqni tushunadi. U geografik qobiqda: 1) yuqorigi havo 
qatlami; 2) o‘rta landshaft qatlami; 3) landshaftlararo suv qatlami; 4) quyi (litosfera) 
tog‘ jinslari qatlami kabi to‘rtta qatlamni farqlash mumkinligini hamda ulardan 
uchtasining qalinligi kilometrlab o‘lchansa, o‘rta landshaft qatlamining qalinligi esa 
bir necha o‘nlab metrdan bir necha yuz metrgacha borishini yozadi. 
Yerning landshaft sferasi atmosfera, litosfera va gidrosferalarning tutashgan, bir-
biriga faol ta'sir etib turadigan modda va energiya almashinishi nihoyatda jadal ro‘y 
beradigan hamda organik hayot "qaynagan" qismida hosil bo‘ladi (2 rasm). 


F. N. Milkov ta'biri bilan aytganda, Yerning landshaft sferasi geografik 
qobiqning "biologik fokusi" hisoblanadi va mazmun jihatidan R. I. Abolin (1914) 
aytgan "epegenema" ga, V. I. Vernadskiy (1926) ajratgan biosferaning "hayot 
quyuqlashgan" qatlamiga yoki Y. M. Lavrenko (1949) "fitogeosfera" deb nomlagan 
qatlamga mos keladi. 
Geografik qobiqning aynan ana shu bir necha o‘n metrlik "o‘rtaliq" yoki 
"markaziy" qatlami alohida e'tiborga loyiq ekanligini A. A. Krauklis (1979) ham 
ta'kidlaydi. U moddaning asosiy qismi to‘plangan, jonli va jonsiz modda o‘rtasidagi 
eng muhim o‘zaro ta'sirlar bo‘lib turadigan bu qatlamni fatsiyalar yoki toplarning 
chegaralari yaxshi namoyon bo‘lishini e'tiborga olib "toplar sferasi" deb ataydi. 
Eng kichik hududiy birlikni nomlashda nemis geograflari (Neef, Xaaze va b.) "top" 
atamasidan ko‘proq foydalanganlar. Top – grekcha "topos" – joy, o‘rin ma'nosini 
anglatadi. O‘z vaqtida bu atamadan L. G. Ramenskiy (1938), M. A. Pervuxin (1938) 
lar keng foydalanishgan. A. A. Krauklisning fikricha, A. A. Grigoryev aytgan tabiiy 
geografik jarayonlarning manbalari ana shu toplar sferasida joylashgandir.
Geografik qobiqni inkor etmagan holda, uning o‘rtaliq qismida landshaft sferasi 
mavjudligini ta'kidlar ekan, F.N.Milkov tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti 
geografik qobiq bo‘lsa, landshaftshunoslikning predmeti ana shu landshaft sferasidir, 
degan xulosaga keladi.
Yerning landshaft sferasi haqidagi tushunchani hozirgi vaqtda keng tan 
olinayotganligi va landshaftshunoslikning nazariyasi va metodologiyasida asosiy 
tushunchalardan ekanligini e'tirof etgan V. A. Nikolayev (2006), Yerning landshaft 
qobig‘i (sferasi) geografik qobiqning yer yuzasiga yaqin, yupqa qatlami ekanligi va 
litosfera, atmosfera, gidrosfera hamda biosferalarning faol modda va energiya 
almashinib turadigan, bir-biriga bevosita tegib turadigan markaziy qismi ekanligi 
haqida yana bir bor ta'kidlab o‘tadi. Shu bilan birga u Yerning landshaft qobig‘ini 
Yerning organik-mineral "terisi" ga, ya'ni "biogeoderma"ga o‘xshatadi. Demak, 
adabiyotda, shu jumladan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham keng ishlatilib 
kelinayotgan "geografik qobiq" atamasini saqlash va tabiiy geografiyaning obyekti 
haqida so`z borganda, uni boshqa atamalar bilan chalkashtirmaslik lozim bo‘ladi. 


Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, uning 
komponentlari o‘zining tuzilishi va rivojlanishi bilan o‘zaro yaqin bog‘liqlikda va chuqur 
aloqadorlikda. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish