2-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Umumiy tabiiy geografiyaning asosiy muammolari. Maqsad:Umumiy tabiiy geografiyaning o’rganish obyekti,predmeti,maqsad va vazifalari,geografik qobiq,umumiy tabiiy geografiya fanlar tizimi haqida
Bajariladigan topshiriqlar 1-topshiriq. Umumiy tabiiy geografiyaning o’rganish obyekti va predmeti nima?Tabiiy geografiyaning vazifalarini yozing Uslubiy ko’rsatma. Mavzu bo’yicha tarqatma matn bilan tarnishing.
1-topshiriq. Tabiiy geografiyaning o‘rganish obekti geografik qobiqdir. Geografik qobiq haqidagi ta’limot XX asrning 30-yillarida yaratilgan bo‘lsada, ammo uning ayrim g‘oyalari tabiiy geografiya fanining rivojlanishining butun tarixi davomida shakllana borgan. Ko‘p davrlar davomida tabiiy geografiya asosan yer yuzasini tasvirlash bilan shug‘ullanib keldi. Geografik o‘lkalarni, mamlakatlarni tasvirlash bilan bir qatorda ilmiy geografiya ham rivojlana boshladi. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlashdan ularni ilmiy asoslashga o‘tish A. Gumboldt asarlarida ko‘rina boshladi.Shunday qilib, Tabiiy geografiyaning maqsadi tabiiy muhitni yaxshilash va unda sodir bo‘ladigan jarayonlarni va hodisalarni boshqarish tizimini ishlab chiqish hamda Yer tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida geografik qobiqning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir.
Tabiiy geografiyaning asosiy vazifalari; quyidagilardan iborat:
-tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishni sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda oqilona boshqarishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
-geografik qobiq hozirgi paytda inson tomonidan muntazam ravishda o‘zgartirilmoqda. Shuning uchun geografik qobiq jamiyat bilan uzviy ravishda bog‘langan. Natijada geografik qobiq tarkibida tabiiy-texnogen tizimlar shakllangan. Geografik qobiqni holati o‘zgara boshlaydi, bunday yangi holatda geografik qobiq yangi miqdoriy jihatlarga ega bo‘ladi. Tabiiy-texnogen tizimlarni shakllanishini tarkibini va tuzilishini o‘rganish Tabiiy geografik bilimlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi;
-geografik qobiqni boshqarish juda murakkab muammolardan hisoblanadi.Shuning uchun geografik qobiqning boshqarishni modelini ishlab chiqish mazkur fanning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi;
-geografik qobiqning tuzilishi murakkabdir. Shu sababli Tabiiy geografiyaning muxim vazifalaridan biri geografik qobiqning bo‘ylama va ko‘ndalang tuzilishini asosiy hususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganishdir;
-geografik qobiq doimo rivojlanishda va xarakatdadir. Mazkur xarakatlarni o‘rganish geografik qobiqning asosiy hususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. Tabiiy geografiya fanlarning navbatdagi vazifasi geografik qobiqdagi xarakatlar sababini va oqibatini o‘rganishdan iboratdir;
- geografik qobiq murakkab rivojlanish tarixiga ega. Uning rivojlanishining va murakkablashishining ma’lum bir bosqichida Yerda hayot va odam paydo bo‘lgan. Shuning uchun Tabiiy geografiya geografik qobiqning rivojlanish tarixini alohida o‘rganadi.