Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy, Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. Avstraliya sharqida toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.Iqlimi. A.ning shimoliy qismi (20° j.k. gacha) ekvatorial mussonli, oʻrta katta qismi (20°–30° j.k.lar oraligʻi) tropik choʻl va janubiy-gʻarbiy chekkasi qishda yogʻin koʻproq yogʻadigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. Avstraliya Janubiy yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi choʻl va chala choʻllardan iborat. Qirgʻoqlardan materik ichkarisiga tomon 103yogʻin miqdori tez kamayib boradi, lekin koʻp yillik yogʻinsiz davrlar boʻlmaydi. Yozda (dekabr–fevral) quruqlik gʻoyat qizib (temperatura 36° dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti vujudga keladi, uning janubiy chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli janubi-gʻarbda va Nallarbor tekisligida yogin tushmaydi. temperaturaning mavsumiy oʻzgarishi asosan tropik va subtropik mintaqalarning ichki rayonlarida koʻproq namoyon boʻladi. Yanvar oyida 40° dan yuqori issiq temperaturalar shimoli-gʻarbda (Marbl-Bar) boʻladi. Mutlaq maksimum temperatura 53,1° Klonkarrida (Kvinslend) kuzatilgan. Mutlaq minimum temperatura A.ning ichki rayonlarida – 4,6°gacha tushadi. Faqat Avstraliya Alp togʻlarida sovuq barqarorroq boʻlib turadi. U yerda – 22°gacha sovuq qayd qilingan. Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida ik-kita mavsum – quruq va yogʻingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy, Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. Avstraliya sharqida toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.Iqlimi. A.ning shimoliy qismi (20° j.k. gacha) ekvatorial mussonli, oʻrta katta qismi (20°–30° j.k.lar oraligʻi) tropik choʻl va janubiy-gʻarbiy chekkasi qishda yogʻin koʻproq yogʻadigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. Avstraliya Janubiy yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi choʻl va chala choʻllardan iborat. Qirgʻoqlardan materik ichkarisiga tomon 103yogʻin miqdori tez kamayib boradi, lekin koʻp yillik yogʻinsiz davrlar boʻlmaydi. Yozda (dekabr–fevral) quruqlik gʻoyat qizib (temperatura 36° dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti vujudga keladi, uning janubiy chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli janubi-gʻarbda va Nallarbor tekisligida yogin tushmaydi. temperaturaning mavsumiy oʻzgarishi asosan tropik va subtropik mintaqalarning ichki rayonlarida koʻproq namoyon boʻladi. Yanvar oyida 40° dan yuqori issiq temperaturalar shimoli-gʻarbda (Marbl-Bar) boʻladi. Mutlaq maksimum temperatura 53,1° Klonkarrida (Kvinslend) kuzatilgan. Mutlaq minimum temperatura A.ning ichki rayonlarida – 4,6°gacha tushadi. Faqat Avstraliya Alp togʻlarida sovuq barqarorroq boʻlib turadi. U yerda – 22°gacha sovuq qayd qilingan. Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida ik-kita mavsum – quruq va yogʻingarchilik mavsumlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |