Murrey tekisli-klarida momaqaldiroqli jalalar, janubi-sharqdagi togʻlarda musson yomgʻirlari yogʻadi. Sharqiy sohilning koʻp qismida iqlim tropik dengiz iqlimi, issiq. Shi-molda yogʻinlarni shimoli-gʻarbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yogʻin sohilda 1500 mm, 10°– 20° j.k.da 400–500 mm. Avstraliyada eng koʻp yogʻin (2243 mm) Kernsda yogʻadi. Eng kam yogʻin (300–250 mm) materik gʻarbida yogʻadi. Katta Suvayirgʻich tizmasi Tinch okeandan esuvchi iliq va nam shamollarni toʻsib, Avstraliyaning sharqiy sohili va ichki rayonlarida yogʻin taqsimotini murakka-blashtiradi. Qishda (iyun– avgust) A.ning ayniqsa janubiy va janubi-sharqiy qismlari sovib (12°, 5°), yuqori bosim oblasti tarkib topadi.Ichki suvlari. Avstraliyaning60% maydoni oqmas ichki havzaga, 7% Tinch okean va 33% Hind okeani havzasiga mansub. Avstraliyada oqar suvlar koʻp emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, togʻlardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri), yirik irmogʻi – Darling. Ichki berk havzani kesib oʻtuvchi quruq oʻzan (krik)lar koʻp, ularda faqat yogʻingarchilik vaqtlaridagina suv oqadi. Avstraliya choʻllaridagi suvlar shoʻr. Yer osti suvlari koʻpincha minerallashgan, zaxirasi katta. Ular bir necha artezian havzada toʻplangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 m gacha chuqurlikdan chiqadi. Shoʻr koʻllar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni ba’zan 15000 km² ga yetadi. Undan janubida Torrens, Gerdner, Gʻarbiy platoda Amadiyes koʻllari bor. Avstraliyayer osti suvlariga boy. Umumiy maydoni 4800 ming km² ni tashkil qilgan 33 ta artezian havzasi mavjud; bulardan eng yiriklari – Katta Artezian, Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, Jorjina. Yer osti suvlaridan qurgʻoqchil rayonlarda sugʻorish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Murrey tekisli-klarida momaqaldiroqli jalalar, janubi-sharqdagi togʻlarda musson yomgʻirlari yogʻadi. Sharqiy sohilning koʻp qismida iqlim tropik dengiz iqlimi, issiq. Shi-molda yogʻinlarni shimoli-gʻarbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yogʻin sohilda 1500 mm, 10°– 20° j.k.da 400–500 mm. Avstraliyada eng koʻp yogʻin (2243 mm) Kernsda yogʻadi. Eng kam yogʻin (300–250 mm) materik gʻarbida yogʻadi. Katta Suvayirgʻich tizmasi Tinch okeandan esuvchi iliq va nam shamollarni toʻsib, Avstraliyaning sharqiy sohili va ichki rayonlarida yogʻin taqsimotini murakka-blashtiradi. Qishda (iyun– avgust) A.ning ayniqsa janubiy va janubi-sharqiy qismlari sovib (12°, 5°), yuqori bosim oblasti tarkib topadi.Ichki suvlari. Avstraliyaning60% maydoni oqmas ichki havzaga, 7% Tinch okean va 33% Hind okeani havzasiga mansub. Avstraliyada oqar suvlar koʻp emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, togʻlardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri), yirik irmogʻi – Darling. Ichki berk havzani kesib oʻtuvchi quruq oʻzan (krik)lar koʻp, ularda faqat yogʻingarchilik vaqtlaridagina suv oqadi. Avstraliya choʻllaridagi suvlar shoʻr. Yer osti suvlari koʻpincha minerallashgan, zaxirasi katta. Ular bir necha artezian havzada toʻplangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 m gacha chuqurlikdan chiqadi. Shoʻr koʻllar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni ba’zan 15000 km² ga yetadi. Undan janubida Torrens, Gerdner, Gʻarbiy platoda Amadiyes koʻllari bor. Avstraliyayer osti suvlariga boy. Umumiy maydoni 4800 ming km² ni tashkil qilgan 33 ta artezian havzasi mavjud; bulardan eng yiriklari – Katta Artezian, Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, Jorjina. Yer osti suvlaridan qurgʻoqchil rayonlarda sugʻorish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |