25
Inson
mohiyati aqlda, aqlning mohiyati esa xarakterda namoyon
bo‘ladi, degan edi buyuk mutafakirlardan biri. Demak, insonning
insonligini ifoda etuvchi yagona mezon aql-idrok, ong va tafakkur
darajasi bo‘lsa, ularning
mohiyatini ochib beruvchi, miqyosi va
ko‘lamiga baho beruvchi bosh mezon xatti-harakati, hayotga va atrof
muhitga munosabati, o‘z-o‘zini boshqarishdagi ichki qudratdir. Ana
shu ichki qudratga tayangan xalq Sharqning diyonat, or-nomus,
sharm-hayo kabi fazilatlarni asrlar mobaynida
oliy qadriyat sifatida
avaylab-asrab kelmoqda. Ularni milliy istiqlol g‘oyasi orqali yoshlar
ongi va qalbiga singdirishning ahamiyati nechog‘li ekanligini anglash
muhim. Bu har bir yoshga o‘ziga xos mas’uliyat yuklaydi hamda
shularga o‘xshagan va shunga harakat qilayotgan yoshlarning yangi
avlodi yetishib chiqishiga olib keladi.
XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari
asri deb atash
tobora rasm bo‘lmoqda. Chunki asrimizda inson eshitayotgan,
ko‘rayotgan barcha-barcha narsalar uning istaklarini, didini
o‘zgartirishga, fikriga ta’sir qilishga yo‘naltirilgan. Hozirgi davrda
inson ongi va qalbini egallash uchun kurash
borayotgani hech kimga
sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurashda
uzilishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday sharoitda begona
mafkuralarning qo‘poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz
aksiltarg‘ibotni tashkil etish muhim sanaladi. chunki bunday
mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro
maydonda ham olib borish talab etiladi.
Yoshlarda mehnatga ishtiyoq uyg‘otish, tirishqoq va serg‘ayrat
shaxsni tarbiyalash, shaxsni o‘zi ustida qunt bilan ishlashga o‘rgatish,
unda o‘ziga ishonchni qaror toptirishdan ham manfaatdormiz.
Shuningdek, milliy g‘ururi baland, mas’uliyat
va burch hissiga ega,
intizomli, demokratiyani hayot tarziga aylantirgan, kelajagi o‘z
qo‘lida ekaniga ishongan mustaqil shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik
berish zarur. Inson mafkurani hayotdan uzilib qolgan, begona va
mavhum narsa sifatida tushunmasligi kerak. Milliy g‘oyani
oddiy va
yurakka yaqin g‘oyalar orqali singdirish, ya’ni milliy g‘oyaning inson
ongidan o‘rin olishi bilan qanoatlanmay, balki uning qalbiga jo qilish
zarur. Bu sohada amalga oshiriladigan ishlar o‘zining samarasini
berishi shubhasiz.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi
fanlarning o‘qitilishini yanada takomillashtirish zarurligining
26
sabablaridan biri, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan
qat’iy nazar, uning real sub`yekt, ma’lum moddiy va ma’naviy
boyliklarni
yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan,
o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega
bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini
tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat
va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir.
Ma’naviy-mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va
manfaatlari
asosida (g`oyaviy-nazariy darajada) sistemali
tashkil qilish zarurati
shundaki:
Do'stlaringiz bilan baham: