16
bo‘lganidan beri davom etmoqda yoki dastlab
og‘zaki tarzda, so‘ng
yozuv paydo bo‘lganidan boshlab esa turli manbalar asosida avloddan
– avlodga o‘tib kelmoqda.
Dastlabki yozma manbalarda,
jumladan, “Avesto”da “ezgu fikr,
ezgu so‘z, ezgu amal” zardushtiylik axloqining asosiy qoidasi bo‘lsa,
“Qur’oni Karim” va Hadisda yuksak ma’naviyat va ma’rifat,
bilimlilik inson uchun qanchalik zarurligi alohida o‘rin tutadi.
Buyuk allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Imom
al - Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Mirzo
Ulug‘bek, Alisher Navoiy, jadid ma’rifatparvalik
harakati
namoyandalari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Alvoniy, Abdurauf
Fitrat, Cho‘lpon kabi mutafakkir zotlarning asarlarida ma’naviyat,
ma’rifat masalalari, komil insonni tarbiyalash haqida ajoyib fikrlar
mavjud.
Jadidlar o‘z davrida o‘qitish texnologiyasi,
bolalarga mavjud
bilimlarni qanday yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Xalq
pedagogikasiga suyangan ilg‘or ziyolilar milliy an’ana va urf
odatlarimizga mos keluvchi yangi usuldagi jadid maktablari tashkil
etish g‘oyasini ilgari suradilar. Ayni paytda ular bu maktablar rus
tuzem maktablaridan farq qilishi zarurligini ta’kidlaydilar.
O‘quvchining fikrlashi, tafakkuri o‘z ona tili orqali amalga oshirilishi
kerakligi, shuningdek, diniy aqidalar qatorida dunyoviy fanlar ham
o‘qitilishi zarurligini uqtirishadi. Jumladan,
Abdulla Avloniyning
“Insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi axloq
tarbiyasidir. Biz esa avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor,
dedik, chunki dars oluvchi – beruvchi, tarbiya oluvchi amal qiluvchi
demakdir. Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari
ilmlariga omil bo‘lib, shogirdlarga ham
bergan darslarni amal ila
chog`ishtirib o‘rgatmoqlari lozimdir»- degan fikrlari katta ahamiyatga
ega.
O‘rta asr Sharq allomalari o‘z asarlarida inson faoliyatining ikki
turi haqida fikr yuritadi. Bu – mehnat va bilish faoliyatidir. Ularning
fikricha, “bilim – bu biluvchining qalbidagi bilinadigan timsoldir.
Bilingki, fanni o‘qitish va o‘zlashtirishsiz bilim bo‘lmaydi. O‘qitish –
bu qalbdan chiqadigan, qalb uchun dolzarb ichki bilishga asoslangan
etiqod. Bilimlarni o‘zlashtirish – bu bilim shakllarini qalbdan idrok
etishdir. Bilingki, qalb bilish predmetlari shakllarini uch tomonlama
17
qabul qiladi: birinchidan, his qilish orqali; ikkinchidan, dalillar orqali;
uchinchidan, fikr yuritish va mushohada qilish orqali”.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida bilimning foydasi haqida
quyidagicha yoziladi: «Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang,
aqldan
boy bo‘lmoqqa say ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lg‘ondan, aql bila
boy bo‘lg‘on yahshiroqdir. Neydinkim, aql bila mol jam etsa bo‘lar,
ammo mol bila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilg‘il, aql bir moldirki, uni
o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvda oqmas».
Milliy g`oya, ma`naviyatga oid fanlarni o`qitilishda mа’nаviy
mеrоs vа diniy qаdriyatlаrni chuqur o’zlаshtirish millаtimizning o’z-
o’zini аnglаshigа erishish, milliy g’urur iftiхоr tuyg’ulаrini izchillik
bilаn mustаhkаmlаsh, mustаqillik shаrоitidа milliy g’оya
vа milliy
mаfkurаni shаkllаntirish hаmdа uni хаlqimiz dunyoqаrаshigа
аylаnishgа, erishish, tа’lim tizimini islоh qilish, kаdrlаr tаyyorlаsh
milliy dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа bаrkаmоl аvlоdni
shаkllаntirish, sоg’lоm аvlоd dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа
jismоnаn bаquvvаt, ruhi, fikri sоg’lоm, iymоn-e’tiqоdi butun, bilimli,
mа’nаviyati yuksаk, mаrd vа jаsur vаtаnpаrvar аvlоdimizni
shаkllаntirish,
milliy-mа’nаviy
sаlоhiyatimizning
jаhоn
sivilizаtsiyasidаgi o’rnini tiklаsh vа bugungi kundа mа’nаviyat,
mа’rifаt fаn, tехnikа, tехnоlоgiya yutuqlаrini chuqur o’zlаshtirish
аsоsidа hоzirgi zаmоn umumjаhоn mа’nаviyati
tizimi rivоjigа hissа
qo’shish, yoshlаr mа’nаviyatini milliy istiqlоl g’оyalаri bilаn bоyitib
bоrish, ulаr оngidа mаfkurаviy immunitеtni kuchаytirish,
insоniyatning аsrlаr dаvоmidа yarаtgаn vа umumjаhоn mulkigа
аylаngаn bаrchа bоyliklаrini milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning
аjrаlmаs qismigа аylаntirish kаbilаrdir, ma’naviyatning yaxlit soha
sifatida tan olinishi. Bugungi kunda milliy ma’naviyatimiz asoslarini
ilmiy-nazariy o’rganish zarurati katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: