.
Milliy g‘oya va ma’naviyatga doir fanlar orqali yoshlarda
ijtimoiy-siyosiy faollikni tarbiyalash istiqbollari.
Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy sohalardagi
mavqeini kuchaytirish - Yangi O‘zbekistonni barpo etishimizda juda
dolzarb masaladir.
Bu jarayonda davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, yoshlar
tashkilotlarining samarali faoliyatlarini tashkil etmoqdamiz. Yoshlarni
qo‘llab quvvatlashda,ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish
kafolatlarini ta’minlashda qonun chiqaruvchi Oliy Majlis o‘rni
bugungi kunda juda sezilarli. Uning qoshida "Yoshlar Parlamenti"
tashkil etilishi ham ularga bo‘lgan diqqatni yorqin misolidir. Oliy
Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari xalqaro
maydonda yoshlar manfatini ifoda etishda ham faol ishtirok etib
kelishmoqda. Parlamentdagi ushbu ijobiy o‘zgarishlar taniqli
siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi janob Martin
Chungong tomonidan yuqori darajada baholandi. Xususan, dunyo
aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil
etsa-da, butun dunyo bo‘yicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga
ham yetmas ekanligini, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 6 foizni
tashkil etishi u tomonidan ijobiy ta’kidlandi.
Aytish joizki,davlatimiz yoshlar masalasini strategik vazifa
sifatida barcha islohotlarda nazarda tutadi. Chunki ular jamiyatimizda
63 foizini tashkil etadi. Dunyoda ham ular bilan bog`liq muammolar
kam emas. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari jahon minbarlarida
hamisha
yoshlar
masalasiga
doir
fikrlar
bildiradi.
Jumladan, 2017-yilning 19-sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti BMT Bosh Assambleyasida yoshlar huquqlarini ishonchli
himoya qiluvchi mexanizmni tashkil etishda BMTning “Yoshlar
huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish va
qabul qilish tashabbusini oldinga surdi. Ushbu g‘oya jahon
hamjamiyati tomonidan dolzarb masala sifatida qabul qilinib, qo‘llab
quvvatlandi.
Shuningdek, joriy yilning 22-fevral kuni Prezident Shavkat
Mirziyoyev
tomonidan
BMTning
Inson
huquqlari
bo‘yicha
kengashining 46-sessiyasidagi nutqida Yoshlar huquqlari bo‘yicha
156
maxsus ma’ruzachi institutini ta’sis etish taklifi bildirildi. U ham
ma’qullandi.
Yana bir muhim tashabbus, “Markaziy va Janubiy Osiyo:
mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi
xalqaro konferensiyada O‘zbekiston davlati tomonidan Yoshlar
masalasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida doimiy
faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari
Yoshlari
kengashini
tuzish
tashabbusi
ilgari
surildi.
Bunday tashabbuslar bejiz emas. Barcha islohotlar negizida qonuniy
sharoitlar bo‘lishi lozim. Mamlakatimizda yoshlarni huquq va
manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va
imkoniyatlarni yaratish borasida mustahkam huquqiy baza mavjud. U
yildan yilga zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib
borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid
40 dan ortiq qonunlar qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro
huquqiy hujjatlar ratifikasiya qilingan. Ushbu qabul qilingan
hujjatlarning sifatli ijrosi ustidan muntazam ta’sirchan parlament
nazorati o‘rnatilgan.
Yoshlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish va yo‘naltirish
uchun birinchi navbatda, ularda quyidagi xususiyatlarni shakllantirish
kerak:
1.
Axborotni qabul qilish va tahliliy fikrlash.
Har qanday jarayonda qatnashuvchi shaxs analitik fikrlashga ega
bo‘lishi kerak. Voqea-hodisa haqida yetarlicha ma’lumotga ega
bo‘lishi, jarayonning borishini tahlil qilish hamda natijaviy
ko‘rinishini aniq tasavvur qila olishi kerak. Bundan tashqari,
tahlillarga tayangan tarzda ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni
aniqlay olishi hamda differensiyalashi lozim.
2.
Shaxslararo munosabatlarni tashkil qilish malakalari.
Shaxs uchun eng muhim holatlardan biri-kommunikativlikdir.
Chunki shaxslararo munosabatda-shaxsning kirishimligi, bemalol
aloqa o‘rnata olishi muhim ahamiyatga egadir.
3.
Motivatsiya, tashabbus va faoliyatni tashkil eta bilish.
Ijtimoiy jamoada shaxs doimo tashabbus ko‘rsatish va bunga
yarasha intilishga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun shaxs yetarli
bilimga ega bo‘lishi bilan birga, o‘z taktika va strategiyasini tashkil
eta olishi kerak.
4.
Nutqning rivojlanganligi.
157
Shaxsda ijtimoiy aloqalarni yaxshi tashkil eta olishi uchun nutq
har tomonlama rivojlangan bo‘lishi kerak. Ayniqsa “og‘zaki” yoki
“gaplashuv”, “yozma” nutqni boyitish ustida tinimsiz ishlash kerak.
5.
Mustaqil fikrlash.
Jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun shaxsdan mustaqil
fikrlash kuchli talab etiladi. Bundan tashqari mustaqil fikrlash
qobiliyatiga ega shaxslar doimo ijtimoiy guruhda o‘ziga xos mavqeiga
ega bo‘lishadi.
6.
Mustaqil qaror qabul qilish.
Shaxsdan har qanday jarayonda birinchi navbatda, mustaqil fikr
yuritish talab etiladi.
7.
Ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish.
Shaxsda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish shakllangan bo‘lishi
kerak. Hozir paytda shaxsning siyosiy faolligini boshqarish XXI
asrdagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, bu esa siyosiy
jarayonlarda inson omilining oshishi bilan izohlanadi. Insonda
liderlikka erishish, muvaffaqiyatga intilish, o‘z atrofidagilarga tan
oldirish kabi shaxsiy sifatlar siyosiy jarayonlarning borishiga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatishi tabiiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis
palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil
qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol
shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning
madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga
bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
“besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga
oshirilmoqda.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv
yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-
parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi
namunadagi
ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”,
“Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv
sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini
tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
158
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va
yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb
e’lon qilindi
1
.
Ushbu qarorga asosan quyidagi vazifalar belgilandi:
yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
mamlakatda xavfsizlik, ekologik barqarorlik, adolat va teng
huquqlilikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish;
yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-
sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va
sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash;
ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini
ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-
sharoit yaratish;
yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat
va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalash;
yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning
mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning
iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;
yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb
etish,
yoshlarda
axborot
texnologiyalaridan
foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib
qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “besh muhim
tashabbus”ni amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik
uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yo‘qotgan va ota-
ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
salohiyatli yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va davlat fuqarolik
xizmatiga tayyorlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini
ta’minlash;
yosh xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish,
ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan tizimli
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
1
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat
siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 23-son Qarori.
2021 yil 18 yanvar. https://lex.uz/docs/-5234746.
159
yoshlarning g‘oya, taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish
maqsadida yoshlar jamoat tashkilotlari hamda volontyorlar faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash.
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har
tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy
manfaatlarini
himoya
qilish,
mamlakatimiz
istiqboli
uchun
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli
yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |