Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan


Men to ‘g'ri qildimmi, qildimmi xato? Taqdirim qilmasin hech kimga ato



Download 0,98 Mb.
bet17/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

Men to ‘g'ri qildimmi, qildimmi xato? Taqdirim qilmasin hech kimga ato.



«To‘ydan keyin tomosha» asarida dramaturg isrofgarchilik, ortiqcha dabdaba koni ziyon ekanini ko‘rsatish bilan birga, qing‘ir, porok yo‘llar bilan boylik yig‘ishni, shunday boylik hisobiga dabdabali to'ylar qilishni qoralaydi. Bu jihatdan dramadagi eru xotin Fozilxo‘ja va Chamandaxon hayoti diqqatga molik. Fozilxo'ja — sofdil, sodda va halol ziyoli. U isrofgarchilik qilsam, dabdabali katta to‘y bersam: «yo jinni, yo gado bo‘laman»— deydi. U boylikka hirs qo‘ygan, manman, uncha-munchani nazar-pisand qilmaydigan xotini Chamandaxon talablariga qarshilik qiladi.

Chamandaxon — makkor, ayyor, sharm-hayosiz, molparast ayol. U erini aldab, qing‘ir yo'llar bilan bo‘lsa-da, mol-mulk topishga undaydi. Uni porok yo‘llarga sudramoqchi bo‘ladi. Buning ilojini topolmagach, Chamandaxon tusini butunlay o‘zgartirib, erini mensimay qo‘yadi...

Ko'rinadiki, asarda to‘y, to‘yga tayyorgarlik, to‘yni o‘tkazish va to‘ydan so‘nggi mojarolar qiziqarli qilib aks ettirilgan. Hayotdagi ayrim kishilar ongidagi salbiy holatlar ochiq ko'rsatilgan. Davrga munosib, kamtarona, shirin-shakar, madaniy to‘ylar o'tkazib, sevishgan kelin-kuyovlarga oq fotiha berish g‘oyasi olg‘a surilgan.

Mustaqillik davri dramaturgiyasida milliy urf-odatlarga sadoqat mavzusi inson qadr-qimmatini ulug‘lash masalalari bilan uzviy bogiiqlikda aks ettirildi. Erkin Xushvaqtovning «Chimildiq» dramasida bu xususiyat o‘ziga xos bir yo'sinda namoyon boMadi. Asar sujeti bir-birini ilk bor chimildiqda ko‘rayotgan ikki yoshning qalb tug‘yonlari, murosayu muhabbatlari asosiga qurilgan.

Mustaqillik davrida o‘zbek dramaturgiyasida og‘zaki va yozma adabiyotimizda mavjud bo‘lgan sujetlar asosida sahna asarlari yaratish an’anasi ham davom ettirildi. Natijada, Cho‘lponning «Kecha va kunduz», A. Qodiriyning «O'tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», Oybekning «Navoiy», G‘afur G‘ulomning «Shum bola», P. Qodirovning «Yulduzli tunlar», Tohir Malikning «Shaytanat» asarlari asosida yangi-yangi sahna asarlari, kino va telefilmlar maydonga chiqdi.

Umuman olganda, mustaqillik davrida o‘zbek adabiyotida sahna asarlari kam yozilmadi. Biroq tomoshabinlarga har jihatdan manzur bo‘ladigan yuksak sifatli asarlar yetarlicha yaratildi, deb boimaydi. Buning ustiga, ayniqsa, mustaqillik tufayli moddiy va ma’naviy hayotda, odamlarimizning ong- tushunchasi va dunyoqarashida yuzaga kelgan yangiliklarni, tub sifat o‘zgarishlarini yangi zamonda vujudga kelgan yangi qahramonlar timsolida mahorat bilan gavdalantiruvchi yetuk sahna asarlari yetarli emas.

Mustaqillik davridagi o‘zbek adabiyoti milliy so‘z san’atining yangi, sermazmun va porloq sahifasini tashkil qiladi. Bu davr adabiyotining eng katta yutug‘i shu bo'ldiki, o‘zbek adabiyoti hayotni tasvirlashda avvalgi cheklashlardan qutildi. 0‘tgan o‘n yil davomida so‘z san’atining barcha janr va turlarida muayyan yutuqlar qo‘Iga kiritildi. Adabiyot yangi mavzular, yangi g‘oyalar, yangi obrazlar, yangicha talqin va tasvirlar bilan boyidi. Biroq shunga qaramay, adabiyotimizda hanuz badiiy jihatdan qiyomiga yetmagan, o‘rtamiyona asarlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Holbuki, adabiyotning obro‘yini va istiqbolini son emas, sifat hal qiladi. Demak, so‘z san’atida yuksak sifat uchun, yaratilayotgan asarlarning badiiy yetukligi uchun kurashni izchil davom ettirish kerak.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish