Tilimiz bir quyoshki, i kipi tun sochar nur,
U bir gulzorki, so ‘nmas, rangidan yashnar umr,
U bir yerki, o ‘Isak ham, unda yashay olurmiz.
She’rda fikr bir qadar ochiq aytilgan boisa-da, unda o‘zbek tilining har qanday teran fikrni va nozik tuyg‘uni ochiq-oydin ifodalashga qodir ekani ta’sirli ifoda etiladi.
Shunday qilib, mustaqillik davrida o‘zbek she’riyatining mavzu doirasi birinchi navbatda milliy mavzular, milliy xususiyatlar hisobiga kengayib, mundarijasi boyib, yangi-yangi obrazlar va tasvir vositalari bilan to‘lib bordi. O'zbekiston mustaqilligining o‘n yilligiga bag‘ishlab nashr etilgan she’rlar, qasidalar, xususan, «Istiqlol she’rlari», «Istiqlolim — istiqbolim», «Istiqlol umidlari» to‘plamlaridagi xilma-xil asarlar bu fikrni to‘liq tasdiqlaydi. Ularda turli avlod shoirlarining istiqlolni tarannum etuvchi yangi-yangi sara she’riy asarlari jamlangan.
Shoirlarimiz mustaqillikka taalluqli mavzularni tasvirlashda she’riy turkum va qasida janridan unumli foydalandilar. Oydin Hojiyevaning «Ozod so‘z yolqinlar», «Buyuk karvon» qasidalari, Abdulla Oripovning «Jahon ichra tengsiz jahonim», «Bu ko‘proq damning o‘ziga o‘xshar», «Natta gap shunda», Azim Suyunning «Uyqu aro bedorman» she’riy turkumlari shu davrning mahsuli bo‘lib, ular mazmun jihatidan ham, shakl jihatidan ham mukammal va go'zal.
Mustaqillik davrida she’riyatimizda janr, til va uslub jihatidan ham qator yangiliklar sodir bo‘ldi. she’riyat tili dabdabali «qizil» so‘zlardan, ko‘pchiJikka tushunilishi qiyin bo‘lgan arxaizmlardan va chet el terminlaridan qutula borib, xalq jonli tiliga yanada yaqinlashdi. Bu xususiyat ko‘pchilik yosh shoirlar ijodiga xos. Ularning yurak qo‘ri bilan yaratilgan ko‘p asarlari xuddi shu jihatdan ham kitobxonlarga manzur boimoqda.
Bu davrda she’riyatimizning muhim sohasi bo'lgan qo‘shiq janrida ham jiddiy o‘sish-o‘zgarishlar yuz berdi. 0‘zbek qo‘shiqchiligi xazinasi mazmuni ham, shakli ham yangi zamon ruhiga mos bo'lgan «Yurt ishqida yonaman», «0‘zingdan qo'ymasin xalqim», «Vatan aziz», «0‘zbek ayoli», «Temurzoda», «Iftixor», «Sog'inib uyg‘onar tonglar», «E1 omon boisin» singari sermazmun, go‘zal va dilbar qo‘shiqlar bilan boyidi. Bu yangi qo‘shiqlarga xos asosiy xususiyat
ko‘rgan yoriga sadoqat namunasini ko'rsatadi. shundaki, ularda xayoliy-romantik kechinmalar emas, balki ona Vatan, mustaqillik, taraqqiyot va taraqqiyotning asosiy omillari, xalqimizning ajoyib fazilatlari, uning ongi va dunyoqarashidagi buyuk o‘sish-o‘zgarishlar tarannum etildi.
A. Oripov, E. Vohidov, N. Narzullayev, M. Yusuf, U. Azim, H. Xudoyberdiyeva va boshqa iste’dod sohiblari o‘z qo'shiqlarida ona Vatanni, o‘lkamiz mustaqilligini dil-dildan kuyladilar. Ma’rifat va madaniyat, axloq-odob, vijdon va diniy e’tiqod mavzularida ham yangi qo‘shiqlar yaratildi. Ularda istiqlol sharofati bilan yuzi yorug\ iymoni but, qaddi baland bo‘lgan mehnat ahlining kundalik amaliy faoliyati, quvonchu tashvishlari, ruhiyati, orzu-istaklari o‘z ifodasini topdi. Muhammad Yusufning milliy tarovat bilan bezalgan dilbar qo‘shiqlari bunga yorqin misol bo‘ladi.
Qo‘shiqchilik sohasida yutuqlar bilan birga, ayrim nuqsonlar ham mavjud. Eng jiddiy nuqson shundaki, hayotni sayoz, yuzaki, yengil-yelpi aks ettiruvchi qo‘shiqlar hali ham barham topgani yo‘q. Shu sababli ijodkorlar ham, ijrochilar ham, eng avvalo, qo‘shiq matniga, uning shaklan va mazmunan mukammal, go‘zal bo'lishiga e’tiborni yanada kuchaytirishlari kerak.
Mustaqillik davrida bir qator ballada, doston, she’riy roman singari liro-epik asarlar ham yozildi. Liro-epik she’riyat ham yangi zamon ruhini aks ettirdi. Haqqoniylik, oshkoralik, avvallari aytish mumkin bo‘lmagan «qa 11is» gaplarni, murakkab hayotiy muammolarni ko'tarish, odamlar ongiga bor haqiqatni chuqur singdirish tamoyili kuchaydi.
Chunonchi, Azim Suyunning «0‘zbekiston», Xurshid Davronning «Vatan haqida yetti rivoyat», Sulton Akbariyning «Qatag'on», Omon Matjonning «Nega men», Habib Sa’dullaning «Jarohat», Ikrom Otamurodning «Uzoqlashayotgan og‘riq», Jonibek Subhonning «Bezovta ruh», Abdumajid Azimning «Sarbon» dostonlarida yaqin 0‘tmish voqealari, jumladan, shaxsga sig'inish davri fojialari, dushmanlarning yurt mustaqilligiga qarshi qilgan yovuz qilmishlari tasvirlab berilgan. Sulton Akbariyning «Qatag'on» dostonida qatag‘on fojiasi xalqona sodda misralarda ochib tashlangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |